ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🚀 Samarqandda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining 5-Milliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda

📍 Bugun, 20-noyabr kuni Samarqand shahrida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining (TIQQM) 5-Milliy anjumani tashkil etildi.

👥 Anjumanda adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish agentligi, oliy ta’lim muassasalari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

🤝 Tadbir doirasida ikkita muhim hamkorlik bitimi imzolandi. Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi hamda Samarqand yoshlar texnoparki va “INNO” texnoparki o‘rtasida mazkur texnoparklar huzurida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

💡 Anjumanning dastlabki ikki sessiyasida intellektual mulkni tijoratlashtirish, innovatsiyalarni moliyalashtirish, talabalarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish, patent tahlilining ahamiyati hamda hududlarda innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

📊 Shuningdek, TIQQMlar faoliyatining 2026-yil 10 oylik natijalari sarhisob qilinib, hududiy markazlar faoliyati ko‘rib chiqildi.

🔹Anjumanning 3-sessiyada sun’iy intellekt yordamida yaratilgan patent talabnomalaridagi huquqiy va texnik xatolar, shuningdek, ixtirolarga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibidagi yangiliklar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

✅ Mazkur anjuman ilm-fan, innovatsiyalar va intellektual mulk sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏3
#Adliya_xabari

⚖️ LEXHACKATHON 2026: Huquqiy muammolarga innovatsion yechimlar izlanmoqda! 🚀

📍 Bugun, 20-noyabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “LexHackathon 2026” huquqiy yechimlar xakatoni boshlandi.

👥 20–22-noyabr kunlari davom etadigan xakatonda ishtirokchilar huquq va davlat boshqaruvi sohasidagi muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish ustida ishlamoqda.

🎯 Xakaton ikki yo‘nalishda o‘tkazilmoqda:
🔹 Huquqiy xizmatlarni ko‘rsatish;
🔹 Huquqiy targ‘ibot va ta’limni rivojlantirish.

💡 Xakatonning birinchi kunida ochilish marosimi va amaliy seminarlar tashkil etilib, ishtirokchilar xakaton qoidalari hamda yo‘nalishlari bilan tanishtirildi. Jamoalar muammolar kesimida shakllantirilib, mentorlar ko‘magida innovatsion loyihalar ustida ish boshlandi.

📊 Keyingi bosqichlarda jamoalar ishlab chiqqan loyihalar oraliq baholashdan o‘tkaziladi, saralangan jamoalar esa o‘z yechimlarini taqdim etadi.

🏆 G‘oliblar uchun mukofotlar:
🥇 1-o‘rin — 60 mln so‘m
🥈 2-o‘rin — 40 mln so‘m
🥉 3-o‘rin — 25 mln so‘m

🤝 Shuningdek, g‘olib jamoalarga inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida qatnashish, ofis maydonidan foydalanish hamda mentorlik ko‘magini olish imkoniyatlari yaratiladi.

🚀 LexHackathon 2026 davom etmoqda!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari ⚖️ LEXHACKATHON 2026: Huquqiy muammolarga innovatsion yechimlar izlanmoqda! 🚀 📍 Bugun, 20-noyabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “LexHackathon 2026” huquqiy yechimlar xakatoni boshlandi. 👥 20–22-noyabr kunlari davom etadigan xakatonda…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LexHackathon_1_kun

Tanlovning birinchi kuni xakaton ishtirokchilari uchun amaliy seminarlar o‘tkazilib, xakaton qoidalari va yo‘nalishlari tushuntirildi. Shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy muammolar va topshiriqlar e’lon qilindi. Jamoalar mentorlar ko‘magida o‘z loyihalari ustida ish boshlashdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤1👍1
#Adliya_xabari

🇺🇿🇮🇹
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guido De Sanctis bilan uchrashdi.

⬛️Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik 2023-yil 8-iyunda imzolangan O‘zbekiston va Italiya adliya vazirliklari o‘rtasidagi Anglashuv memorandumi asosida izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

⚖️Tomonlar mediatsiya institutini rivojlantirish, yuridik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish hamda ilmiy-akademik hamkorlikni kengaytirish sohalarida natijalarni yuqori baholadilar.

🌫Adliya vaziri Akbar Tashkulov hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan 2027 – 2029-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi loyihasini kelishish va imzolashni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi.

Mazkur dastur notariat, advokatura, yuridik yordam, qonunchilikni takomillashtirish, adliya organlarini raqamlashtirish, sun’iy intellektni joriy etish va xalqaro investitsiya arbitraji sohalarida tajriba almashishni nazarda tutadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4