#Adliya_xabari
⚖️ Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov ishtirokida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari bilan “Yuridik xizmat sohasida erishilgan yutuqlar, muammolar va rejalar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
⚖️Ochiq muloqot doirasida davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylikni ta’minlashda yuridik xizmatning o‘rni, xodimlarning huquqiy maqomi va kasbiy mahoratini oshirish, faoliyatni raqamlashtirish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish orqali huquqiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
💬 Shuningdek, ochiq muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar, ularning yechimlari yuzasidan amaliy takliflar ilgari surildi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan atroflicha fikrlar almashilib, savollarga tegishli javoblar berildi hamda bildirilgan takliflar asosida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
⚖️Ochiq muloqot doirasida davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylikni ta’minlashda yuridik xizmatning o‘rni, xodimlarning huquqiy maqomi va kasbiy mahoratini oshirish, faoliyatni raqamlashtirish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish orqali huquqiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
“Yuridik xizmat sohasida erishilgan yutuqlar, muammolar va rejalar” mavzusidagi ochiq muloqot
👍3❤1👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: Biz bundan buyon ham mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlar uchun ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
⚖️Uchrashuvning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda davlat sektorini transformatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma ish rejasini ishlab chiqish, davlat xizmatlari tizimini yanada takomillashtirish hamda ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikning ustuvor vazifalarini belgilashdan iborat.
➡️ Uchrashuv davomida O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish, ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda fuqarolar va tadbirkorlar uchun xizmatlarning qulayligi va shaffofligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi.➡️ Shuningdek, “FutureGov” qo‘shma loyihasi doirasida davlat xizmatlarini fuqarolarning real ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish, xizmatlar sifatini baholashning yagona standartlarini ishlab chiqish, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish hamda asossiz rad etish holatlarining oldini olish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.➡️ Xususan, hayotiy vaziyat asosida davlat xizmatlarini o‘zaro integratsiyalashgan, kompozit va proaktiv shaklda ko‘rsatishni rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari va olis hududlarda yashovchi fuqarolar uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.➡️ Bundan tashqari, davlat xizmatlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlari va shikoyatlarini tizimli tahlil qilish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonidagi korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish, davlat xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda ayrim xizmatlarni xususiy sektor ishtirokida ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuristlar davrasida ochiq muloqot: muammo, taklif va yechimlar
Bu gal yuristlar boshqalarning emas, o‘z faoliyatidagi muammolar va ularning yechimlarini muhokama qildi.
Uchrashuvda “E-huquqshunos” tizimi, raqamlashtirish, qog‘ozbozlikni kamaytirish va sun’iy intellektdan foydalanish masalalari ko‘tarildi. Bildirilgan takliflar asosida kelgusi vazifalar belgilab olindi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Bu gal yuristlar boshqalarning emas, o‘z faoliyatidagi muammolar va ularning yechimlarini muhokama qildi.
Uchrashuvda “E-huquqshunos” tizimi, raqamlashtirish, qog‘ozbozlikni kamaytirish va sun’iy intellektdan foydalanish masalalari ko‘tarildi. Bildirilgan takliflar asosida kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥3👍2
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
“Qishloq xo‘jaligi yerlariga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish: samarali foydalanish va xususiy mulkchilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1
#Tayinlov
Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ruziyev Behzod Rustamovich Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Behzod Ruziyev 1986-yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodchi, huquqshunos, 2-darajali adliya maslahatchisi. 2006-yilda Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filialini, 2009-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini, 2015-yilda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Adliya vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Adliya vazirligi jamoasi Behzod Ruziyevni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ruziyev Behzod Rustamovich Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Behzod Ruziyev 1986-yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodchi, huquqshunos, 2-darajali adliya maslahatchisi. 2006-yilda Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filialini, 2009-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini, 2015-yilda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
➖ 2007–2021-yillarda Davlat bojxona qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarda;
➖ 2021–2022-yillarda Intellektual mulk agentligi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2022–2023-yillarda Adliya vazirligi Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasi boshlig‘i;
➖ 2023–2025-yillarda Adliya vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi;
➖ 2025–2026-yillarda Adliya vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Adliya vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Adliya vazirligi jamoasi Behzod Ruziyevni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍8❤3
#Adliya_xabari
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish va xususiy mulkchilikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
⚖️ Bugun, 20-noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi yerlariga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish: samarali foydalanish va xususiy mulkchilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
🌐 Konferensiyada Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis, Bosh prokuratura, vazirlik va idoralar, Jahon banki, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar hamda mamlakatimiz olimlari ishtirok etdi.
🔹 Tadbirda adliya vaziri Akbar Tashkulov so‘zga chiqib, yer munosabatlarini takomillashtirish, huquqiy kafolatlarni mustahkamlash va mavjud masalalarga kompleks yondashishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.
🌍 Jahon banki mutaxassislari, xorijiy olimlar va xalqaro ekspertlar tomonidan yer munosabatlarini tartibga solish, xususiy mulkchilikni rivojlantirish hamda yer resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha xalqaro tajriba va ilmiy-amaliy yondashuvlar taqdim etildi.
💬 Konferensiyaning yakuniy qismida ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar tashkil etilib, sohadagi mavjud muammolar va ularning huquqiy yechimlari yuzasidan fikr hamda takliflar almashildi.
✅ Tadbir yakunida bildirilgan ilmiy-amaliy takliflar yer qonunchiligini takomillashtirish, yerga bo‘lgan huquqlar kafolatlarini mustahkamlash hamda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishga oid masalalarni yanada chuqur o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

📌 Konferensiya davomida quyidagi asosiy yo‘nalishlar muhokama qilindi:
🔹 qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona va samarali foydalanishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish;
🔹 qishloq xo‘jaligi yerlariga xususiy mulk huquqini joriy etish imkoniyatlari, ehtimoliy xavflar va huquqiy kafolatlar;
🔹 yer resurslarini boshqarish, kadastr tizimini takomillashtirish va shaffoflikni ta’minlash;
🔹 yer munosabatlarini isloh qilishda Litva, Rossiya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlarning tajribasi;
🔹 yerlarni xususiylashtirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy xavflar, jumladan, suv resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalar.

❤7👍4🔥1