ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🏢 Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi korxonalarda tölovga qobiliyatsizlik jarayonlari örganilişi davom etmoqda

Adliya vaziri o'rinbosari - Tölovga qobiliyatsizlik işlari agentligi direktori N.Muxammadiyev tomonidan Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi tölovga qobiliyatsiz korxonalar faoliyati joyiga chiqqan holda örganildi.

📍 Jumladan, quyidagi korxonalarda örganiş işlari olib borildi:
▪️ “Asl billur” MChJ;
▪️ “Mar-Pak Plus” MChJ;
▪️ “Star casings” MChJ;
▪️ “SM United” MChJ;
▪️ “Universal max trade” MChJ.

🔎 Örganiş davomida har bir korxonaning moliyaviy holati, mavjud mol-mulki va qarzdorligi alohida tahlil qilindi. Korxonalarning mavjud aktivlari va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, kreditorlar talablarini qay darajada qanoatlantiriş mumkinligi körib chiqildi.

📋 Örganişda tugatiş jarayonlarining borişiga ham e’tibor qaratdi. Xususan, jarayonda yuzaga kelayotgan muammolar, ularning iş muddatlariga ta’siri hamda bartaraf etiş yöllari muhokama qilindi. Tugatiş bilan boğliq işlarni belgilangan tartibda taşkil etiş, jarayonning şaffofligini ta’minlaş va kreditorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş masalalari körib chiqildi.


📊 Şuningdek, korxonalarning mavjud iqtisodiy salohiyatini saqlab qoliş imkoniyatlari baholandi. Bunda korxonalarning moliyaviy holati va mavjud resurslaridan kelib chiqib, faoliyatni tiklaş uchun qanday imkoniyatlar borligi hamda moliyaviy soğlomlaştiriş choralarini qöllaş istiqbollari muhokama qilindi.

🤝 Örganiş yakunida mas’ullarga aniqlangan muammolarni öz vaqtida bartaraf etiş, tugatiş jarayonidagi işlarni samarali taşkil qiliş va ularning asossiz chözilişiga yöl qöymaslik yuzasidan tegişli tavsiyalar va körsatmalar berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
#Adliya_e'loni

OAV vakillari va jurnalistlar diqqatiga!

⚖️ Ertaga “LexHackathon 2026” respublika xakatoniga start beriladi!

20–22-noyabr kunlari Toshkent davlat yuridik universitetida huquq va davlat boshqaruvi sohasiga zamonaviy IT va innovatsion yechimlarni joriy etishga qaratilgan “LexHackathon 2026” xakatoni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz: Xakatonda dasturchilar, yuristlar va startapchilardan iborat jamoalar “Huquqiy xizmatlarni ko‘rsatish” hamda “Huquqiy targ‘ibot va ta’limni rivojlantirish” yo‘nalishlari bo‘yicha 250 million so‘mlik umumiy mukofot jamg‘armasi uchun bellashadilar.

📍 Manzil: Toshkent davlat yuridik universiteti 3-binosi
⏰ Boshlanish vaqti: 20-noyabr, soat 10:00

🎥 Tadbirni yoritish istagida bo‘lgan barcha OAV vakillarini taklif etamiz!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Adliya_xabari

⚖️Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov ishtirokida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari bilan “Yuridik xizmat sohasida erishilgan yutuqlar, muammolar va rejalar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

⚖️Ochiq muloqot doirasida davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylikni ta’minlashda yuridik xizmatning o‘rni, xodimlarning huquqiy maqomi va kasbiy mahoratini oshirish, faoliyatni raqamlashtirish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish orqali huquqiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

💬Shuningdek, ochiq muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar, ularning yechimlari yuzasidan amaliy takliflar ilgari surildi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan atroflicha fikrlar almashilib, savollarga tegishli javoblar berildi hamda bildirilgan takliflar asosida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

“Yuridik xizmat sohasida erishilgan yutuqlar, muammolar va rejalar” mavzusidagi ochiq muloqot
👍3❤1👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: Biz bundan buyon ham mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlar uchun ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettiramiz.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
⚖️Adliya vazirligida BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) hamda Jahon banki vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⚖️Uchrashuvning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda davlat sektorini transformatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma ish rejasini ishlab chiqish, davlat xizmatlari tizimini yanada takomillashtirish hamda ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikning ustuvor vazifalarini belgilashdan iborat.

➡️Uchrashuv davomida O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish, ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda fuqarolar va tadbirkorlar uchun xizmatlarning qulayligi va shaffofligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi.

➡️Shuningdek, “FutureGov” qo‘shma loyihasi doirasida davlat xizmatlarini fuqarolarning real ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish, xizmatlar sifatini baholashning yagona standartlarini ishlab chiqish, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish hamda asossiz rad etish holatlarining oldini olish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

➡️Xususan, hayotiy vaziyat asosida davlat xizmatlarini o‘zaro integratsiyalashgan, kompozit va proaktiv shaklda ko‘rsatishni rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari va olis hududlarda yashovchi fuqarolar uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️Bundan tashqari, davlat xizmatlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlari va shikoyatlarini tizimli tahlil qilish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonidagi korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish, davlat xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda ayrim xizmatlarni xususiy sektor ishtirokida ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.


💬Uchrashuv yakunida tomonlar davlat sektorini transformatsiya qilish va davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma ish rejasini ishlab chiqish yuzasidan hamkorlikni davom ettirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda amaliy takliflarni birgalikda ishlab chiqish muhimligini ta’kidladilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Davlat xizmatlari sohasidagi islohotlar



🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1