ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#oyning_eng_yaxshi_xodimi

✅Adliya vazirligining Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash va raqamli huquq boshqarmasi boshlig‘i Burxanov Nasim Eshondedayevich joriy yilning oktabr oyi uchun vazirlik tomonidan "Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi" deb topildi.

🤔Nasim Burxanov 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2000-yilda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlab,

🔵2000-2006-yillarda ushbu boshqarmada boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan;
🔵2007-2024-yillarda turli tashkilotlarda mas'ul rahbarlik lavozimlarida mehnat faoliyatini davom ettirgan;
🔵 2024-2026-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti Qonunchilik hujjatlarining ijtimoiy sohaga taʼsirini baholash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan;
🔵2026-yildan buyon Adliya vazirligi Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash va raqamli huquq boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

➡️Nasim Burxanov tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, ma’muriy qonunchilikni isloh qilish hamda kiberxavfsizlik sohasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
🔷 shaxsga doir ma’lumotlar va tasvirga bo‘lgan huquqlar himoyasi, mulk daxlsizligi, to‘lovga qobiliyatsizlik hamda raqamli kriminalistika sohalaridagi qonun, Prezident farmoni va qarorlari loyihalarini tayyorlashda bevosita muallif hamda hamijrochi sifatida faol ishtirok etdi;
🔷 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh kotibi sifatida mazkur Kodeksning umumiy va protsessual qismlari loyihasini ishlab chiqishda bevosita hissa qo‘shmoqda;
🔷 Shuningdek, kiberjinoyatchilik, kiberzo‘ravonlikka qarshi kurashish, aholini zararli kontentdan himoya qilish hamda sanksiyalar samaradorligini tahlil qilishga qaratilgan 7 ta yirik axborot-tahliliy material va hisobotlarni tayyorlagan holda ushbu yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritilmoqda.


✅Vazirlik jamoasi Nasim Burxanovni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida ulkan zafarlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍3❤2👏2
#oyning_eng_yaxshi_texnik_xodimi

✅Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Xamroyeva Komila Yusuf qizi joriy yilning oktyabr oyi uchun vazirlik tomonidan “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🤔Komila Xamroyeva 2025-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

➡️ K.Xamroyeva vazirlikdagi mehnat faoliyatini 2025-yilning iyun oyida Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida boshlagan.

🔷2025-yilning oktabr oyidan boshlab Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

🔖 K.Xamroyeva ish yurituvida bo‘lgan 15 ta qonunchilik hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazgan, shuningdek "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqib, vazirlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlarda faol ishtirok etib kelmoqda.


✅Vazirlik jamoasi Komila Xamroyevani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13❤5👍4
1-yanvardan davlat xaridlari bo‘yicha uch yillik rejalarni oldindan e’lon qilish boshlanadi. Bu tadbirkorlarga talabni oldindan bilib, ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi uskunalar xarid qilish va investorlar jalb etish imkonini beradi.

Davlat xaridlarida mahsulotning butun xizmat muddati davomidagi xarajatlarni baholash tizimi – “life cost” yondashuvi joriy etiladi. Bunda xarid narxi bilan birga elektr sarfi, ta’mirlash, servis va foydalanish xarajatlari ham hisobga olinadi.

Batafsil

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Xalqchil davlat xizmatlari: qulaylik, tezkorlik va yangi imkoniyatlar


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍2❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mutaxassisfikri

“To’lovga qobiliyatsizlik” tushunchasi bilan “Bankrotlik” tushunchasi o’rtasida qanday farq bor❓

Qodirov G’ayrat Xaydarovich - 12 yillik tajribaga ega sud boshqaruvchisi

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
🇺🇿🇷🇺Toshkentdagi "Hilton Tashkent City" mehmonxonasida boʻlib oʻtayotgan III Oʻzbekiston – Rossiya media forumida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi – Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov forumning ochilish marosimidagi nutq so‘zlab, zamonaviy jurnalistika oldidagi global chaqiriqlar, raqamli transformatsiya hamda axborot xavfsizligini taʼminlash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdi.

🤔Shuningdek, tadbir doirasida ikki davlat oʻrtasidagi media hamkorlikni yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va feyk axborotlarga qarshi birgalikda kurashish kabi strategik yoʻnalishlar muhokama qilinmoqda.

Batafsil

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar bosh rejasi haqida


🎙 "BIZDAN ESHITING" — dolzarb savollarga birinchi manbadan javob!

🏗 Qurilish (no)qonuniymi? Yangi xarid qilayotgan uyingiz kafolatli (mi)? Uylar eskirdi (mi)? Yangilash (Renovatsiya) vaqti keldi (mi)?

Bu va boshqa dolzarb savollarga mas'ul idoralar axborot xizmati rahbarlari bilan suhbatimizda javob beramiz.

"Bizdan eshiting" — taxminlar emas, aniq ma’lumotlar va ishonchli javoblar!

❗️Podkastni tomosha qiling, fikr va takliflaringizni izohlarda qoldiring!

Videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=D-8I6Fyu7eU

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍👩‍👧‍👦 Davlat xizmatlari bilan bolalarni bogʻchaga joylashtirish juda oson!


✅ Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun:

📱 my.gov.uz;

⌨️ Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

⏱ Arizada koʻrsatilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻsh oʻrin boʻlmaganda bolalar navbatga qoʻyiladi.

💸 Xizmat uchun toʻlov undirilmaydi.

✨ Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2🔥1
#Adliya_xabari

✅ Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yerevan shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Adliya vazirlari kengashining 20-majlisida ishtirok etdi

🤝 Hamdo‘stlik tashkil topganining 35 yilligiga to‘g‘ri kelgan yubiley majlisida Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston adliya vazirlari, Qirg‘iziston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari, MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari hamda notariat va advokatura bo‘yicha tayanch tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.

📋 Majlisda Armanistonning 2026-yilda Kengashdagi raisligi yakunlari, FHDY organlari Metodik kengashini tashkil etish, adliya organlari faoliyatini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.

🎤 Akbar Tashkulov o‘z nutqida O‘zbekistonda adliya sohasidagi islohotlar, elektron huquqiy xizmatlar va sun’iy intellektni joriy etish tajribasi haqida so‘zlab berdi.

🤔 Bundan tashqari, Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan MDH adliya vazirliklari o‘rtasida axborot almashish yagona elektron tizimi konsepsiyasi bo‘yicha "yo‘l xaritasi" doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

🗓 Majlis yakunida Kengash emblemasi va "MDHga a’zo davlatlarda huquqiy ma’rifat yili – 2027" ramzlari tasdiqlandi, Kengashning 2027-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi qabul qilindi. Rejaga 2027-yil may oyida Toshkentda o‘tkaziladigan "Tashkent Law Spring" xalqaro yuridik forumi ham kiritildi.

✍️ Shuningdek, MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirliklarining hamkorligi to‘g‘risidagi Bitim imzolandi. Mazkur Bitim qonunchilik faoliyati, huquqiy axborot, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤7🔥2
Nogironligi bor talabgorlar uchun chet tili imtihoni bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etildi


📆 Koʻzi ojiz, gapirish va eshitishda nuqsoni bor hamda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlarga chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi. Unga ko‘ra, imtihonlar 2026-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

🆔 Imtihon joyi va aniq vaqti ruxsatnomada ko'rsatilgan bo'lib, talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.

🆔 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/13112026-11-10

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1