ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Buxoro shahridagi adliya muassasalari faoliyati bilan tanishdi


📌O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulovning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Buxoro shahar adliya bo‘limi, DXM, FHDY bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti, “Intellektual mulk markazi” Buxoro viloyat filiali hamda O‘zbekiston sud boshqaruvchilari palatasi Buxoro viloyati hududiy bo‘limi faoliyati bilan tanishildi.

🔹Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, elektron davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada soddalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

📍Yuridik xizmat ko‘rsatish markazida davlat tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifati, huquqiy hujjatlarni tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish jarayonlari hamda markaz faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan tanishish davomida aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Buxoro viloyat filialida hududiy filial faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, joriy yilda Buxoro viloyatida 2 ta geografik ko‘rsatkich davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Bular — G‘ijduvon kulolchiligi va Buxoro sho‘rdanaklari bo‘lib, mazkur natijalar hududning o‘ziga xos mahsulotlari va milliy hunarmandchilik an’analarini huquqiy muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida notariat tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, notarial xizmatlar sifatini oshirish va raqamlashtirish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2
Adliya vaziri Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi

📌O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov arxiv sohаsida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

🟢Tashrif davomida arxivlarda saqlanayotgan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni raqamlashtirish, ularning elektron nusxalarini yaratish, hujjatlarning uzoq muddat saqlanishini ta’minlash hamda elektron arxiv bazalarini shakllantirish borasidagi ishlar joyida o‘rganildi.

✅Shuningdek, Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi uchun yangi bino qurilishi jarayoni bilan ham tanishildi. Xususan, arxiv hujjatlarini uzoq muddat va talab darajasida saqlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 360 mingta hujjat saqlashga mo‘ljallangan saqlovxona qurilishi ishlari ko‘zdan kechirildi.

💬Mazkur yangi saqlovxonaning barpo etilishi arxiv fondlarini kengaytirish, mavjud hujjatlarni belgilangan talablar asosida saqlash, ularning butligini ta’minlash hamda kelgusida arxiv xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Qurilish ishlarining sifatli tashkil etilishi va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishiga e’tibor qaratildi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasining moddiy-texnik bazasi kuchaytirilmoqda


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida adliya vaziri Akbar Tashkulovning Buxoro viloyati adliya boshqarmasi yosh xodimlari bilan uchrashuvi tafsilotlari


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏥 Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sanatoriylarda davolanishga yoʻllanma olish tartibini bilasizmi?


🌐 Xizmatdan foydalanish uchun:

- my.gov.uz;
- Davlat xizmatlari markazlari;
- “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi;
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari
orqali murojaat qilishingiz mumkin.

✅ Yoʻllanmalar sanatoriylarning mavjud oʻrinlaridan kelib chiqqan holda ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida navbat asosida beriladi.

🗓 Yoʻllanmalar 10 kunga beriladi.

⚖️ Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 693-son qarori

✨Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning oktabr oyida respublika bo‘ylab o‘tkazilgan “Mualliflik huquqini himoya qilish oyi” yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tafsilotlari


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📌 Huquqiy bilim — barchaga birdek zarur!

Har bir inson o‘z huquqlarini bilishi va ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.


Aynan shu maqsadda, barcha uchun, avvalo imkoniyati cheklangan, nogironligi bo'lgan shaxslar uchun huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan Telegram kanal faoliyat yuritmoqda.

Ushbu loyiha bilan tanishing va foydali huquqiy ma’lumotlardan boxabar bo‘ling!

📱Kanalga ulanish👇👇👇
t.me/huquqiyaxborot_plus

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥3👏1