#Adliya_xabari
Adliya vaziri Buxoro shahridagi adliya muassasalari faoliyati bilan tanishdi
📌O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulovning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Buxoro shahar adliya bo‘limi, DXM, FHDY bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti, “Intellektual mulk markazi” Buxoro viloyat filiali hamda O‘zbekiston sud boshqaruvchilari palatasi Buxoro viloyati hududiy bo‘limi faoliyati bilan tanishildi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

🔹Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, elektron davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada soddalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
📍Yuridik xizmat ko‘rsatish markazida davlat tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifati, huquqiy hujjatlarni tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish jarayonlari hamda markaz faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan tanishish davomida aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Buxoro viloyat filialida hududiy filial faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, joriy yilda Buxoro viloyatida 2 ta geografik ko‘rsatkich davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Bular — G‘ijduvon kulolchiligi va Buxoro sho‘rdanaklari bo‘lib, mazkur natijalar hududning o‘ziga xos mahsulotlari va milliy hunarmandchilik an’analarini huquqiy muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida notariat tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, notarial xizmatlar sifatini oshirish va raqamlashtirish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2
Adliya vaziri Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi
📌O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov arxiv sohаsida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
🟢Tashrif davomida arxivlarda saqlanayotgan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni raqamlashtirish, ularning elektron nusxalarini yaratish, hujjatlarning uzoq muddat saqlanishini ta’minlash hamda elektron arxiv bazalarini shakllantirish borasidagi ishlar joyida o‘rganildi.
✅Shuningdek, Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi uchun yangi bino qurilishi jarayoni bilan ham tanishildi. Xususan, arxiv hujjatlarini uzoq muddat va talab darajasida saqlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 360 mingta hujjat saqlashga mo‘ljallangan saqlovxona qurilishi ishlari ko‘zdan kechirildi.

💬Mazkur yangi saqlovxonaning barpo etilishi arxiv fondlarini kengaytirish, mavjud hujjatlarni belgilangan talablar asosida saqlash, ularning butligini ta’minlash hamda kelgusida arxiv xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Qurilish ishlarining sifatli tashkil etilishi va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishiga e’tibor qaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏥 Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sanatoriylarda davolanishga yoʻllanma olish tartibini bilasizmi?
🌐 Xizmatdan foydalanish uchun:
- my.gov.uz;
- Davlat xizmatlari markazlari;
- “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi;
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
✅ Yoʻllanmalar sanatoriylarning mavjud oʻrinlaridan kelib chiqqan holda ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida navbat asosida beriladi.
🗓 Yoʻllanmalar 10 kunga beriladi.
⚖️ Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 693-son qarori
✨Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2👏1