ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qiziqarli_fakt

❓ Birinchi o'zbek advokati haqida bilasizmi?

⚖️ O‘zbek advokaturasi va milliy matbuotining peshqadamlaridan biri - Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'ja o'g'li (Ubaydulla Xo'jayev) (1878-1937) 1878-yili Toshkent shahrida tug'ilgan.

🎓 Saratov universitetining huquqshunoslik fakultetini muvaffaqiyatli tamomlab, dastlabki o‘zbek advokatlaridan biri sifatida faoliyat yuritgan. Toshkent okrug sudida advokat bo‘lib ishlagan davrida chor ma’murlarining poraxo‘rligi va zulmiga qarshi qat’iy kurash olib borgan.

1914-yil 4-aprelda “Sadoi Turkiston” gazetasiga asos solib, unga muharrirlik qilgan. Ushbu nashr Turkistonda milliy uyg‘onish va jadidchilik g‘oyalarining keng yoyilishida muhim o‘rin tutgan.

“Umid” (keyinchalik “Taraqqiyparvar”) tashkilotiga yetakchilik qilgan, “Turon” jamiyatining asoschilaridan biri bo‘lgan hamda 1917-yilda Turkiston Muxtoriyatining Harbiy noziri etib saylangan.


🇺🇿 U milliy taraqqiyot, adolat va mustaqillik g‘oyalari yo‘lida fidokorona xizmat qilgan. Ubaydulla Xo‘jayev nomi — adolat, jasorat va milliy uyg‘onish timsolidir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7❤4👏3👍2
#Qiziqarli_fakt

"Zolushka" ertagiga ishora: Christian Louboutin qizil taglikni qanday qilib o'z brendiga aylantirgan?


™️Baland poshna va yarqirab turgan qizil rangli taglik — bu shunchaki chiroyli dizayn emas, balki rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan tasviriy tovar belgisidir. Bu oʻrinda shunchaki qizil rangning oʻzi emas, balki poyabzalning qolgan qismi bilan kontrast hosil qiluvchi qizil rangli taglikning tasviriy elementi muhofazaga olingan.

Hammasi qanday boshlangan?
👠1993-yilda dizayner Christian Louboutin yangi tufli namunasidan koʻngli toʻlmay turganda, assistenti tirnoqlariga yorqin qizil lak surtayotganini koʻrib qoladi. Louboutin lakni olib, tuflining qora tagligini qizilga boʻyaydi. Shu tariqa afsonaviy «Red Sole» paydo boʻladi.

⚖️ YSL bilan milliardlik «sud jangi» (2011–2012)

Lubuten qizil rangni (Pantone 18-1663 TPX) tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazdi. Yves Saint Laurent (YSL) toʻliq qizil tufli chiqargach, katta sud jarayoni boshlandi. Sud qarori: Agar tuflining usti boshqa rangda (masalan, qora yoki bej) boʻlib, tagligi qizil boʻlsa — bu faqat Christian Louboutin brendiga tegishli!


❗️Boshqa brendlar faqat butunlay monoxrom (toʻliq qizil) tufli ishlab chiqarishi mumkin.

💡 Nima uchun bu muhim?
✅ Tovar belgisi — shunchaki logotip emas: Mahsulotning maʼlum bir qismidagi rang va shakl ham tovar belgisi boʻla olishi isbotlandi.
✅ Kichik gʻoyadan — milliardlik aktiv: Oddiy tirnoq lakidan boshlangan tushuncha brendning asosiy kapitaliga aylandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8