ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishdi

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Qarshi shahridagi “PREMIUM CAPITAL GROUP” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari, korxonaning ishlab chiqarish salohiyati, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari hamda sohada uchrayotgan muammolar muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk huquqlarini ishonchli himoya qilish, tovar belgilaridan qonuniy foydalanishni ta’minlash va brendlarning huquqiy muhofazasini kuchaytirish biznes faoliyatining barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif yakunida tadbirkorning tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berilib, ushbu jarayonda amaliy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Rahbar va yoshlar uchrashuvi
bo‘lib o‘tdi

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamovning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Qashqadaryo viloyat akademik litseyi o‘quvchilari bilan muloqot qilindi.

Suhbat davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi, kelgusidagi maqsadlari hamda huquqshunoslik sohasida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘quvchilarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda huquqiy bilimlarini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2❤1
#Adliya_xabari

🏢 Kegeyli tumanida Davlat xizmatlari markazining Xalqabad filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi Davlat xizmatlari markazining Xalqabad filiali uchun barpo etilgan yangi bino foydalanishga topshirildi.

🎉 Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar, innovatsiya va turizm masalalari qo‘mitasi raisi B. Seytnazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E. Tursunov hamda tuman hokimi A. Kamalov ishtirok etib, yangi binoning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.


Ta’kidlanganidek, zamonaviy binoning foydalanishga topshirilishi aholiga davlat xizmatlarini qulay va sifatli ko‘rsatish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ularning vaqtini tejashga xizmat qiladi.

✅ Aholiga qulaylik yaratish, davlat xizmatlarini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz ko‘rsatish va davlat idoralarini fuqarolarga yanada yaqinlashtirish — adliya organlarining ustuvor vazifalaridan biridir.

website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Liftlar, attraksionlar va ishlab chiqarish obyektlari xavfsizligi: qanday o‘zgarishlar taklif etilmoqda?


Adliya vazirligi tashabbusi bilan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini kuchaytirish, avariyalarning oldini olish hamda inson hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥3👏1