ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida O‘zbek tili bayrami


21-oktyabr kuni yurtimizda O‘zbek tili bayrami keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Adliya vazirligi markaziy apparatida “Sen borki, xalq bo‘lib birlashamiz biz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Ko‘chimov, taniqli shoir, jurnalist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukur hamda taniqli shoira, jurnalist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zebo Mirzo ishtirok etdi.

Uchrashuvda qonun hujjatlari tilining aniqligi va ravonligi, yoshlar orasida ona tiliga e’tibor va hurmatni kuchaytirish, shuningdek, o‘zbek tilining xalqimizni birlashtiruvchi, hamjihatlik va milliy birdamlikni mustahkamlovchi umummilliy qadriyat sifatidagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Tadbir ustozlar va yoshlar o‘rtasidagi samimiy, sermazmun muloqotga ulanib, ona tilimizning buguni va kelajagi haqidagi mushohadalar, qiziqarli savol-javoblar bilan yanada mazmunli tus oldi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1
#Til_test

🖌 O‘zbek tili bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan onlayn testda ishtirok eting va bilimingizni sinab ko‘ring.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1🔥1👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4
📍 Jizzaxda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalar holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh Jizzax viloyatidagi to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lgan korxonalar faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🏢 Xususan, “KARBONAT” AJ, “GOLDFIBER PRO” MCHJ, “JIZZAX YO‘L QURISH-TA’MIRLASH” MCHJ hamda “GOLD FISH AGRO EXPORT” MCHJning joriy holati tahlil qilindi.

🔎 O‘rganish davomida:
— to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining qonunchilik talablariga muvofiqligi;
— korxonalarga tegishli mol-mulklarning mavjudligi va saqlanishi;
— mol-mulklarni inventarizatsiya qilish, baholash, ijaraga berish va realizatsiya qilish jarayonlari;
— kreditorlik qarzdorliklari;
— ishlarning davomiyligi va ularning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgan omillar ko‘rib chiqildi.

📈 Shuningdek, korxonalar faoliyatini tiklash, moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish, ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish va mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.


🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini samarali tashkil etish hamda ularning asossiz cho‘zilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Asosiy maqsad — korxonalarni imkon qadar tiklash, ish o‘rinlarini saqlash va kreditorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash.

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#Adliya_xabari

✨ Davlat xizmatlarini qanday qilib yanada inklyuziv qilamiz?

✅ Davlat xizmatlarini taqdim etishda eng muhimi fuqaroning muammosi tinglanishi, unga tushunarli javob berilishi va zarur yordam koʻrsatilishidir.

🔸 Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarining 6 ta pilot tumanidan kelgan 18 nafar ishtirokchi uchun Namangan shahrida "Inklyuziv va genderga sezgir davlat xizmatlarini sifatli ko‘rsatishda Xotin-qizlar maslahat guruhlarining rolini oshirish" mavzusida treninglar tashkil etilmoqda.

🤝 Treninglar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Tadbirni:
Adliya vazirligi Departament rahbari Eldor Mahkamov;
Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi rahbari o'rinbosari Renata Vrobel;
Latviyaning O'zbekistondagi elchisi Girts Yaunzems;
Namangan viloyati hokimi o'rinbosari Dinara Yakubova ochib berishdi.

🔸Trening davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlardagi amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda:

✔️ my.gov.uz portali orqali elektron xizmatlardan foydalanishda fuqarolarga ko‘maklashish;
✔️ Genderga asoslangan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va jabrlanganlarni tegishli xizmatlarga yo‘naltirish;
✔️ Mahalliy nizolarni hal etish va mediatsiya;
✔️ Kasbiy emotsional charchashning oldini olish.


✅ Treninglar Latviyaning MARTA markazi ekspertlari hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan o'tkazilmoqda.

🗓 Joriy yilning 22-oktyabridan treninglar Buxoro viloyatida davom ettiriladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤1
💥Live
Ayni vaqtda Qo'shrabot tumanining "Shavona" mahallasida adliya vaziri Akbar Tashkulov fuqarolarni sayyor tarzda qabul qilmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1