ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Xalqaro adliya sammitida ishtirok etdi


Adliya vaziri Akbar Tashkulov Istanbul shahrida 8-9-oktyabr kunlari bo’lib o’tayotgan Xalqaro adliya sammitida ishtirok etdi.

Sammit huquqiy tizimlarda yuzaga kelayotgan zamonaviy muammolarni muhokama qilish, ularning samarali yechimlarini ishlab chiqish hamda xalqaro tajriba almashishga qaratilgan.


Tadbirda turli davlatlarning adliya vazirlari, oliy sud organlari vakillari, xalqaro tashkilotlar, yetakchi olimlar va huquqshunoslar ishtirok etdi.

Sammit doirasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, arbitraj, sud-huquq tizimini raqamlashtirish, sun’iy intellektni tartib solish, migratsiya, energetika huquqi hamda yuridik kasblarning kelajagi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥5👏3❤1
#Adliya_xabari

Rahbar va yoshlar kuni: yoshlar bilan ochiq muloqot

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov xizmat safari doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Qashqadaryo viloyat akademik litseyi o‘quvchilari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi, kasb tanlashi va kelgusidagi maqsadlari bilan bog‘liq fikr-mulohazalari tinglandi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim va kelajakdagi faoliyatlariga oid takliflarini bildirdilar.


Shuningdek, akademik litseyda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, zamonaviy o‘quv xonalari hamda yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

Muloqotda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️O‘qituvchi huquqi — jamiyat kelajagi va ta’lim sifatining muhim kafolati

Pedagoglarning huquqiy bilim va himoyasini kuchaytirishga qaratilgan “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi doirasida Farg'ona shahridagi 25-umumta'lim maktabida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o'qituvchilarning huquq va majburiyatlari yuzasidan seminar-trening hamda pedagoglarning tizimli muammolari o‘rganilib, ularni hal etish choralari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.


Sayyor qabul davomida 20 dan ortiq o'qituvchining turli huquqiy murojaatlari qabul qilinib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Shuningdek, samarali mehnat faoliyati, yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishda qo'shayotgan hissasi uchun bir guruh ustozlarga adliya boshqarmasi boshlig'ining faxriy yorlig'i va esdalik sovg'alari topshirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4❤2👏2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
#Adliya_xabari

⚖️ Iqtidorli yoshlarni topish — kuchli kadrlar zaxirasini bugundan shakllantirish demak

⚡️Toshkent davlat yuridik universitetida o‘tkazilgan “Karyera kuni”da Adliya vazirligi vakillari istiqbolli yosh huquqshunoslar bilan bevosita muloqot qildi.

Adliya vazirligida kadrlar siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri — bilimli, tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni talabalik davridayoq aniqlash, ularning salohiyatini o‘rganish va kelgusida tizimga jalb etishdir.


📖 Suhbatlarda talabalarning huquqiy bilimlari, tahliliy fikrlashi, kasbiy qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 O‘z bilimi, dunyoqarashi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan talabalar aniqlanib, ular bilan kelgusida tizimli ishlash uchun dastlabki ma’lumotlar shakllantirildi.

📘 Shuningdek, yoshlarga adliya organlari va muassasalaridagi faoliyat yo‘nalishlari, kasbiy rivojlanish, amaliyot va martaba imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

🎓 Adliya vazirligi uchun istiqbolli kadrlarni izlash diplom olgandan keyin emas, talabalik davridayoq boshlanishi muhim.

Bu yondashuv iqtidorli yoshlarni erta aniqlash, ular bilan tizimli ishlash va kelgusida eng munosib nomzodlarni ochiq tanlov asosida adliya tizimiga jalb etish imkonini kengaytiradi.

❗️Bugungi iqtidorli talaba — ertangi kuchli huquqshunos va salohiyatli rahbar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2🔥2👏1
🛡 1 KUN — 1 YECHIM

#13_kun

“Nega bunday bo‘ldi?” emas, “Nega bunga imkon bo‘ldi?” degan savol muhim

Korrupsiyaga qarshi kurashishda faqat sodir etilgan holatga (oqibatga) munosabat bildirish yetarli emas.

🔹 Uning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni ham aniqlash zarur.

✅ Yechim: korrupsiyaviy holatlarning sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish.

🎯 Natija: bir xil xavfning qayta takrorlanishining oldini olish imkoniyati yaratiladi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
👍2❤1
#Adliya_xabari

Yuridik xizmat xodimlari bilan ochiq muloqot o'tkazildi


Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari davomida tuman va shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar, shuningdek, faoliyat samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda xodimlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ish jarayonlarini takomillashtirish, sohani yanada rivojlantirish hamda aholiga va tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Bildirilgan fikr va takliflar yuridik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, faoliyat samaradorligini oshirish hamda sohada mavjud masalalarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥1👏1