ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sud_ex_konferensiya

75 yillik tarix, xalqaro tajriba va sud ekspertizasining kelajagi: konferensiyaning birinchi kuni qanday o'tdi?


X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bag'ishlangan «Sud ekspertizasining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida qanday masalalar muhokama qilindi:

Birinchi muhim masala — ekspert xulosasining ortida turgan mas'uliyat

Ikkinchi muhim masala — sud va ekspert o'rtasidagi hamkorlik

Uchinchi yo'nalish — sun'iy intellekt va raqamli ekspertiza
Shveysariyaning "Tecan" xalqaro biotexnologiya korporatsiyasi katta menejeri Stepan Kulyomin bilan intervyuda muhim fikr yangradi: sun'iy intellekt inson ekspertining o'rnini bosa olmaydi, ammo uning imkoniyatlarini kengaytiradi.


To'rtinchi yo'nalish
— xalqaro tajribani amaliy natijaga aylantirish
O'zbekistonda joriy etilgan "E-ekspertiza" elektron platformasi, yangi tadqiqot turlari va sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish borasidagi islohotlar ham xalqaro muloqotning muhim mavzularidan bo'ldi.

Birinchi kundan asosiy xulosa: sud ekspertizasining kelajagi — inson tajribasi, ilm-fan, raqamli texnologiyalar va xalqaro hamkorlik uyg'unligida.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sud_ex_konferensiya

Sud ekspertini kuchli qiladigan nima: bilimmi yoki shubha?
Sun'iy intellekt kelajakda sud ekspertining o'rnini egallay oladimi?
Sud ekspertizasi sohasi mutaxassislariga shu va boshqa qiziqarli savollar bilan yuzlandik. Javoblar kutilmagan bo'lishi mumkin!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya

O‘zbekiston – Turkiya: sud ekspertizasida yangi hamkorlik


Hizir Asliyuksek - Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi Sud-tibbiyot instituti boshlig'i

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida sud ekspertizasi sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Xadicha Sulaymonova nomidagi Sud ekspertizasi markazi hamda Turkiya tomoni o‘rtasida, xususan, sud informatikasi yo‘nalishida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv tajriba almashinuvi, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston va Turkiya adliya vazirlari ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Istanbul shahrida bo'lib o'tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti Adliya vazirlari kengashining uchinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov Turkiya Respublikasi Adliya vaziri Akin Gyurlek bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida adliya va sud-huquq sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar, xususan, 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi, mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish, advokatura va davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish, yuridik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda huquqiy axborot sohalaridagi hamkorlik masalalariga e’tibor qaratdilar.


Shuningdek, mediatsiya va ADR tizimini rivojlantirish, mediatorlarni tayyorlash, sudgacha va sud jarayonlarida mediatsiyadan foydalanish hamda ushbu sohani raqamlashtirish bo‘yicha tajriba almashish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan Turkiya Adliya akademiyasi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro o‘quv tashriflari, stajirovkalar va qo‘shma seminarlarni tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3🔥3👏1
#12_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Korrupsiyaning oldini olish — kundalik xulq-atvordan boshlanadi

Davlat xizmatchisining xizmatdagi xatti-harakati, fuqarolar bilan munosabati va qaror qabul qilishdagi xolisligi muhim ahamiyatga ega.

✅ Yechim: odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.

🎯 Natija: xizmat faoliyatida halollik, xolislik va mas’uliyat tamoyillari mustahkamlanadi.

Halollik — faqat talab emas, kundalik tamoyil.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
🔥3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sud_ex_konferensiya

"SIga qarshi SI" poygasi: Ekspert qanday yo‘l tutadi?

Jinoyat ishida video asosiy dalil. Soxta videoni ham sun’iy intellekt tayyorlagan, agarda sud ekspertizaga sun’iy intellekt joriy qilinsa uni tekshirishni ham AI bajarishi kerak. Bu "SIga qarshi SI" poygasiga aylanib ketmaydimi? Ekspert bu holatda qanday yo‘l tutadi?

Kelajakda sud eksperti faqat laboratoriyada ishlaydigan mutaxassis emas, balki sun’iy intellekt va dasturlar qanday yaratilishini belgilashda ishtirok etadigan mutaxassisga ham aylanadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥2
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Xalqaro adliya sammitida ishtirok etdi


Adliya vaziri Akbar Tashkulov Istanbul shahrida 8-9-oktyabr kunlari bo’lib o’tayotgan Xalqaro adliya sammitida ishtirok etdi.

Sammit huquqiy tizimlarda yuzaga kelayotgan zamonaviy muammolarni muhokama qilish, ularning samarali yechimlarini ishlab chiqish hamda xalqaro tajriba almashishga qaratilgan.


Tadbirda turli davlatlarning adliya vazirlari, oliy sud organlari vakillari, xalqaro tashkilotlar, yetakchi olimlar va huquqshunoslar ishtirok etdi.

Sammit doirasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, arbitraj, sud-huquq tizimini raqamlashtirish, sun’iy intellektni tartib solish, migratsiya, energetika huquqi hamda yuridik kasblarning kelajagi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4👏3❤1
#Adliya_xabari

Rahbar va yoshlar kuni: yoshlar bilan ochiq muloqot

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov xizmat safari doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Qashqadaryo viloyat akademik litseyi o‘quvchilari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi, kasb tanlashi va kelgusidagi maqsadlari bilan bog‘liq fikr-mulohazalari tinglandi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim va kelajakdagi faoliyatlariga oid takliflarini bildirdilar.


Shuningdek, akademik litseyda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, zamonaviy o‘quv xonalari hamda yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

Muloqotda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2