ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Samarqandda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalar holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N. Muxammadiyev tomonidan Samarqand viloyatida joylashgan to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi "SAMARQAND DORI-DARMON" AJ faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur korxonaning joriy holati, to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishi, korxonalarga tegishli mol-mulklarning mavjudligi, saqlanishi va ulardan foydalanish samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mol-mulklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, baholash, ijaraga berish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq jarayonlar, mavjud kreditorlik qarzdorliklari hamda to‘lovga qobiliyatsizlik ishlarining davomiyligi va ularning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgan omillar tahlil qilindi.

Bundan tashqari, korxonalar faoliyatini tiklash, moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini samarali tashkil etish va ularning asossiz cho‘zilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Tashkulov TDTga a’zo davlatlar Adliya vazirlari kengashining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etdi


Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar Adliya vazirlari kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov nutq bilan ishtirok etib, mamlakatimizda adliya va huquq sohasini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilgan natijalar haqida ma’ruza qildi.

Vazir o‘z nutqida TDT doirasida huquq va adliya sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta’kidlab, sud ekspertizasi, notariat, muqobil nizolarni hal etish va mediatsiya yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi ishlarni qayd etdi. Shuningdek, Adliya vazirligi tizimida joriy etilgan sun’iy intellekt yechimlari hamda yuridik xizmatlar, notariat va advokatura sohalarini raqamlashtirish natijalari haqida ma’lumot berildi.


Yig‘ilish yakunida TDTga a'zo davlatlarning kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi Qo‘shma kommunike imzolandi.

Shuningdek, Kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2027-yilda Qirg‘iz Respublikasida o‘tkazilishi belgilandi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
#Adliya_xabari

Turkiy davlatlar tashkiloti Adliya vazirlari kengashining uchinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov Qirg‘iz Respublikasi Adliya vaziri Almaz Ayilchiyev bilan qisqa ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston adliya vazirliklari o‘rtasida shakllangan hamkorlikni yuqori baholab, uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.


Shuningdek, amaliy aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish hamda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini kengaytirishga tayyorlik bildirildi.

Akbar Tashkulov Almaz Ayilchiyevni Qirg‘iz Respublikasi Adliya vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabriklab, faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1
#11_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Korrupsiyaning oldini olish bilimdan boshlanadi

Xodim korrupsiyaviy xavflarni qanchalik yaxshi bilsa, ularni oldindan aniqlash va ulardan qochish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

🔹 Shu sababli xodimlar uchun muntazam ravishda tushuntirish va o‘quv tadbirlari tashkil etiladi.

✅ Yechim: korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq masalalari bo‘yicha xodimlarning bilimini oshirish.

🎯 Natija: korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllanadi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
Samarqandda yana bir korxonaning to‘lovga qobiliyatsizlik jarayoni o‘rganildi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N. Muxammadiyev tomonidan Samarqand viloyatida to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi “SAM VAVILON TEKS” MCHJ faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida korxonaning joriy moliyaviy holati, mavjud mol-mulki, kreditorlik qarzdorliklari hamda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonining borishi ko‘rib chiqildi.
🔹Shuningdek, korxona faoliyatini tiklash, mavjud mol-mulk va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
🔹O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2