ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Xorazmda to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.

✅ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari, To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N.Muxammadiyevning Xorazm viloyatiga xizmat safarining 2-kunida Xorazm markazidan uzoq va chekka hududida joylashgan to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.

🔹 Xususan, Tuproqqal'a tumanidagi "NUR MUXAMMAD ISLOM OBOD" MCHJ, Bog`ot tumanidagi "PERFECT LOGISTIK" MCHJ, "DAVRONBEK AMIRBEK ISSIQXONASI"MCHJ hamda boshqa to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonalarning moliyaviy holati, mavjud qarzdorliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash hamda to‘lov qobiliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mas’ullarga korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.


📌 Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish, ish o‘rinlarini saqlab qolish va kreditorlar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤2
#Adliya_xabari

❗️
Navoiyda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalar holati joyida o‘rganildi

✅ To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatining Nurota tumani va Navoiy shahrida to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi 4 ta korxonaning faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida korxonalarga tegishli mol-mulkning tarkibi, saqlanishi va undan foydalanish holati, mol-mulkni baholash, ijaraga berish va savdoga chiqarish jarayonlari, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining davomiyligi va uning cho‘zilish sabablari tahlil qilindi.

📌 Shuningdek, korxonalar faoliyatini tiklash va moliyaviy sog‘lomlashtirish, mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Bunday o‘rganishlarning amaliy ahamiyati shundaki, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarining samarali va qonuniy tashkil etilishi orqali korxonalarni imkon qadar faoliyatini davom ettirish, ish o‘rinlarini saqlab qolish, kreditorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud mol-mulkdan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi.

📌 Natijada bu jarayon fuqarolar uchun ish o‘rinlarining saqlanishi, tadbirkorlik subyektlari va kreditorlar uchun manfaatlarning ta’minlanishi, davlat uchun esa iqtisodiy faollik va mulkiy manfaatlarning himoya qilinishiga xizmat qiladi.

🔎 O‘rganish ishlari davom etmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1