ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri ishchi guruh faoliyati va davlat xizmatlari sifati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi 937-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlikda tashkil etilgan ishchi guruh faoliyati bilan tanishdi. Jarayonda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, vazir Situatsion markaz faoliyati bilan tanishib, Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlariga tashrif buyuruvchi aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi va samaradorligini o‘rgandi.

Tashrif davomida aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3👏3❤2
#Adliya_xabari

🇺🇿 🇰🇷 Qonunchilikni tahlil qilish va tartibgа solish ta'sirini baholash instituti rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya Osiyo qonunchilik institutlari kengashi Bosh Assambleyasi (CALI) hamda 14-Osiyo qonunchilik ekspertlari (ALES) simpoziumida ishtirok etdi.


✅Joriy yilning 16-18-sentyabr kunlari Institut direktori Sh.Rabiyev Osiyo davlatlarining qonun ijodkorligi va huquqiy axborot tizimlari borasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida Koreya Respublikasining Seul shahrida xizmat safarida bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, CALI 2025-yilda Koreya Respublikasi, Mongoliya, Tailand va O‘zbekistonning tegishli qonunchilik institutlari tomonidan tashkil etilgan hukumatlararo maslahatlashuv organi bo‘lib, uning faoliyati qonunchilik siyosati va amaliyoti bo‘yicha tajriba almashish, huquqiy axborotni tarqatish hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Tadbirlar doirasida:
✅ CALI faoliyatining 2026-yil yakunlari va 2027-yilgi ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi;
✅ tashkilotning yangi a’zolarini qabul qilish va rahbariyatini saylash masalalari ko‘rib chiqildi;
✅raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Xalqaro uchrashuvda Institut direktori tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarini CALI faoliyatiga keng jalb etish, shuningdek, CALI a’zolari va manfaatdor davlatlar vakillarini Tashkent Law Spring xalqaro huquqiy forumiga taklif etish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish tashabbuslari ilgari surildi.

🤝 Mazkur tashrif O‘zbekistonning qonunchilik sohasidagi xalqaro hamkorligini kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va uni milliy qonunchilik amaliyotiga tatbiq etish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

📣 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating !

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3🔥2👏1
#Adliya_xabari

📌O‘ZBEKISTON SUD BOSHQARUVCHILARI PALATASI YANGI MAQOMDA FAOLIYAT YURITADI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmoni ijrosi doirasida sud boshqaruvchilari institutini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim tashkiliy choralar amalga oshirilmoqda.

⚖️Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi negizida barcha sud boshqaruvchilarining a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etilishi belgilangan.

📋Shu munosabat bilan, Adliya vazirining 2026-yil 15-sentyabrdagi tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi nomi bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🔹Yangi maqomda Palata sud boshqaruvchilarini birlashtiruvchi yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida faoliyat yuritadi.

🎯Palataning asosiy vazifalari:

▫️ sud boshqaruvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish;
▫️ ularning malakasini oshirish;
▫️ kasbiy standartlarni takomillashtirish;
▫️ sohada o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini rivojlantirish;
▫️ sud boshqaruvchilari instituti samaradorligini oshirish.


🔄Shuningdek, O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

✨Palataning yangi maqomda tashkil etilishi to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, sud boshqaruvchilarining professional korpusini shakllantirish va sohada zamonaviy o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

🤝O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi o‘z faoliyatini qonun ustuvorligi, professionallik, mas’uliyat va ochiqlik tamoyillari asosida amalga oshiradi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
#Adliya_xabari

❗️Xalqaro hamkorlik kengaymoqda.

⚡️Ayni damda Turkiyaning Antaliya shahrida “The International 21st Forensic Medicine Congress/ Xalqaro 21-sud tibbiyoti kongressi” bo’lib o’tmoqda. Unda Adliya vazirligi, jumladan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Mazkur Kongress 21-27-sentyabr kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan bo'lib, tadbirning birinchi kunida Kongress doirasida plenar sessiyalar bo'lib o'tdi. Shuningdek, Turkiyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda aloqador tashkilotlari bilan Kongressga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar delegatsiyalari va boshqa nufuzli tashkilotlar vakillari o'rtasida tanishtiruv uchrashuvi bo'lib o'tdi.


✔️ Uchrashuv davomida Adliya vazirligi delegatsiyasi vakillari tomonidan yurtimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida ma'lumotlar berildi.

✔️ Shuningdek, tadbir davomida bir qator xorijiy tashkilotlar, xorijiy sud ekspertiza muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, sud ekspertiza sohasida keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama etildi.

✔️Кongress o'z ishini davom ettirmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
#Adliya_xabari

🇺🇿🤝🇨🇳 XALQARO HAMKORLIK — HUQUQIY TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI

Toshkent viloyati adliya boshqarmasida Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Adliya departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, advokatura institutining investorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.

📌 Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Toshkent viloyatida Xitoy Xalq Respublikasi ishtirokidagi 1 500 ga yaqin korxona savdo, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qurilish va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda faoliyat yuritmoqda.

⚖️ Muloqotda investorlarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish, shartnomaviy munosabatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash, ularning huquqlarini sud va arbitraj jarayonlarida himoya qilishda advokaturaning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.


Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, tomonlar huquqiy sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish va tajriba almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

🤝 Muloqot yakunida kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
#Adliya_xabari

🎬 “MATONAT MALIKASI” — HAYOT VA MATONAT TIMSOLI

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan akademik litseyga atoqli huquqshunos, fidoyi ustoz va jamoat arbobi Halima Muhitdinovaning nomi berildi. H.K.Muhitdinovaning xotirasini abadiylashtirish maqsadida akademik litseyda olimaning byusti o'rnatildi hamda muzeyi tashkil etildi.

Shu bilan birga atoqli huquqshunosning ibratli hayoti va sermazmun faoliyatiga bag‘ishlangan “Matonat malikasi” nomli hujjatli film yaratildi.

Mazkur filmda Halima Muhitdinovaning huquqshunoslik sohasidagi ko‘p yillik faoliyati, ilm-ma’rifat va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi, hayot yo‘li hamda el-yurt oldidagi xizmatlari aks ettirilgan.

🎞 “Matonat malikasi” — nafaqat bir insonning hayot yo‘li, balki o‘z kasbiga sadoqat, ilmga fidoyilik, matonat va Vatanga xizmat qilishning yorqin namunasi haqida hikoya qiluvchi hujjatli asardir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥3
#Adliya_xabari

🇺🇿🇹🇷O‘zbekiston va Turkiya adliya vazirliklari o‘rtasida huquqiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

✔️Bugun, 22-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov Turkiya adliya vaziri o‘rinbosari Burak Djeyxan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

📌Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, mediatsiya, nizolarni muqobil hal etish (ADR), advokatura, davlat hisobidan yuridik yordam va yuridik kadrlar malakasini oshirish yo‘nalishlarida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

❗️Shuningdek, O‘zbekistonda mediatsiya institutini rivojlantirish, ADR tizimini raqamlashtirish va sohada ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Turkiya delegatsiyasi tomonidan e’tirof etildi.


⏩Kelgusida ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida muntazam ekspert muloqotlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma seminarlar, o‘quv dasturlari va tajriba almashuvlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

🇺🇿Maqsad — O‘zbekistonda huquqiy hamkorlikni yanada kengaytirish, mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini rivojlantirish hamda ilg‘or tajribani amaliyotga joriy etish.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👏4👍1🔥1
#Adliya_xabari

❗️Paxtaobod tumanida adliya tizimi faoliyati o‘rganildi

📍 O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari
N. Muxammadiyevning Andijon viloyatiga xizmat safari davomida Paxtaobod tuman adliya bo‘limi va uning tuzilmalari faoliyati o‘rganildi.

🔹 Xizmat safari davomida Davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda adliya bo‘limida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligi, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🔹 Kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari ham alohida tahlil qilinib, fuqarolarga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 Oʻrganish yakunida mas’ullarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤5🔥1
#Adliya_xabari

TDYUda Turkiya Respublikasi
Adliya vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun 22-sentyabr kuni, Toshkent davlat yuridik universitetida Turkiya Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Burak Djeyxan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda TDYU rektori B. Xodjayev, universitet rahbariyati va mas’ul xodimlari, shuningdek, Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi hamda Prezident Administratsiyasining yuqori lavozimli vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda yuridik ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ta’lim sifatini oshirish, amaliyotga yo‘naltirilgan va dual ta’lim tizimini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator takliflar ilgari surildi. Jumladan, TDYU talabalarining Turkiyadagi Xalqaro arbitraj va mediatsiya markazida qisqa muddatli amaliyot va stajirovka o‘tashini yo‘lga qo‘yish, TDYU bazasida “Turk-O‘zbek huquq markazi”ni tashkil etish, “Uzbek-Turk International Legal Forum” xalqaro akademik forumini o‘tkazish hamda Turkiyaning yetakchi universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.


Turkiya tomoni mazkur takliflarni qo‘llab-quvvatlab, kelgusida hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
#Adliya_xabari

❗️Andijonda to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.

✅ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari, To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N. Muxammadiyev tomonidan Andijon viloyatiga xizmat safari doirasida Andijonda to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.

🔹 Xususan, Paxtaobod tumanidagi “MEGA ZIROAT” MChJ, Xonobod shahridagi “WATER LIFE MINERAL” MChJ hamda boshqa to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonalarning moliyaviy holati, mavjud qarzdorliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash hamda to‘lov qobiliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mas’ullarga korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

📌 Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish, ish o‘rinlarini saqlab qolish va kreditorlar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐website  📱facebook  📱instagram  📱linkedIn  📱youtube📱twitter
👍8❤5
#Adliya_xabari

🏭 Andijonda tadbirkorlik subyekti faoliyati o‘rganildi

✅ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulov Andijon tumanidagi “Maxsus sanoat zonasi”da joylashgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

🔹 Xususan, hududdagi “KVANJIN AUTOSYSTEMS” MChJ faoliyati o‘rganilib, korxonada mavjud muammo va masalalar yuzasidan tadbirkor bilan ochiq muloqot qilindi.

📌 Xizmat safari davomida ishlab chiqarish jarayonlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar hamda ularning huquqiy muammolariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Tadbirkor tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, aniqlangan muammolarni qonunchilik doirasida hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

⚖️ Tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va hal etishga ko‘maklashish — adliya organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤2
#Adliya_xabari

Shahrixonda yangi binoda ish boshlagan
adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi

⌛ Adliya vaziri A. Tashkulov Andijon viloyatiga xizmat safari doirasida Shahrixon tumani adliya bo‘limining yangi binosida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

✅ Jarayonda Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda FHDY bo‘limi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.

Xususan, fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni, aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.


🔖 Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qulayligi va sifatini yanada oshirish, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

📌 Yangi binoda fuqarolar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratilgan.
🔹Jumladan:
➖ infokiosk orqali elektron talon olish;
➖ kutish zalidagi monitorlar orqali navbat va murojaat qilinadigan mutaxassis haqida ma’lumot olish;
➖ bolalar maydonchasi;
➖ ona va bola xonasi;
➖ tibbiy xizmat xonasi;
➖ kafe;
➖ kitob javoni tashkil etilgan.

🏢 Adliya bo‘limining yangi va zamonaviy binoda faoliyat boshlashi, avvalo, aholiga yanada qulay, tezkor va sifatli davlat hamda huquqiy xizmatlar ko‘rsatish uchun muhim sharoit yaratadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3🔥2
#Adliya_xabari

❗️Andijonda to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish jarayonlari o‘rganildi.

✅Adliya vaziri o‘rinbosari, To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N. Muxammadiyevning Andijon viloyatiga xizmat safari davomida to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Andijon tumanidagi “EMERY PHARMA” MChJ, Xo‘jaobod tumanidagi “GSR BUILDING MATERIALS” MChJ hamda to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan boshqa korxonalarning faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida korxonalarning moliyaviy ahvoli, mavjud qarzdorliklarni kamaytirish va bartaraf etish, ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash, shuningdek, to‘lov qobiliyatini tiklash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mas’ullarga korxonalarni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish, aniqlangan muammolarni hal etish hamda faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifa va tavsiyalar belgilab berildi.


📌 Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish, mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlarning manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida urg‘u berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3
#Adliya_xabari

❗️Andijon viloyat adliya boshqarmasida asosiy faoliyat yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi

✅O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulov Andijon viloyat adliya boshqarmasida adliya organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida erishilishi lozim bo‘lgan natijalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Xususan, taqdimotda tomonidan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish va aniqlangan huquq buzilishlarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarning qonuniylikni ta’minlashdagi o‘rni, huquqiy ekspertiza va huquqiy xulosalar sifatini oshirish borasidagi natijalar ko‘rib chiqildi.

Huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Jumladan, aholining turli qatlamlariga huquqiy axborotni yetkazish, zamonaviy media va raqamli platformalardan samarali foydalanish, huquqiy targ‘ibot tadbirlarining manzilliligini ta’minlash bo‘yicha erishilgan natijalar taqdim etildi.

Shu bilan birgalikda, huquqni qo‘llash amaliyotini yagona metodik yondashuv asosida shakllantirish, qonunchilik normalarining hududlarda bir xil va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni tizimli tahlil qilish hamda amaliyotga yagona yondashuvlarni joriy etish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

Taqdimotning yana bir muhim yo‘nalishi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlandi. Ushbu yo‘nalishda intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, mualliflar va huquq egalari manfaatlarini himoya qilish, intellektual mulkdan qonuniy foydalanish madaniyatini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.


✅ Taqdimot davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud natijalar bilan bir qatorda, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, raqamli imkoniyatlardan keng foydalanish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan istiqboldagi vazifalar belgilandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤7🔥3
#Adliya_xabari

🏢 Korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish — faoliyatni saqlab qolish va ish o‘rinlarini asrashga xizmat qiladi

To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalarni joyiga chiqib o‘rganish orqali ularning faoliyatini qayta tiklash, mavjud mol-mulkdan samarali foydalanish, yangi imkoniyatlarni aniqlash hamda ish o‘rinlarini saqlab qolish va kreditorlar manfaatlarini ta’minlash uchun zarur choralarni belgilash mumkin.

Buxoroda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalar holati joyida o‘rganildi

✅ To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi vakillari tomonidan Buxoro viloyatining Kogon, Qorovulbozor, Jondor va Qorako‘l tumanlarida to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi 5 ta korxona faoliyati joyida o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida korxonalarga tegishli mol-mulkning tarkibi, saqlanishi va undan foydalanish holati, mol-mulkni baholash, ijaraga berish va savdoga chiqarish jarayonlari, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining davomiyligi hamda uning cho‘zilish sabablari tahlil qilindi.

📌 Shuningdek, korxonalar faoliyatini tiklash va moliyaviy sog‘lomlashtirish imkoniyatlari, mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 O‘rganish natijalari asosida korxonalarni sog‘lomlashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi.

O‘rganish ishlari davom etmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

⚔️Adliya organlari va muassasalarida yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

✅Qoraqalpog'iston Respublikasi “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

✅Andijon viloyati: O'quvchi yoshlar bilan yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

✅Farg'ona viloyati: Shohimardonlik yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi

✅Jizzax viloyati: Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

✅Xorazm viloyati: “Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

✅Qashqadaryo viloyati: «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» tashkil etildi

✅Samarqand viloyati: Huquqiy bilim, ochiq muloqot va yoshlar nigohidagi muhim masalalar muhokama qilindi

✅Surxondaryo viloyati: Termiz davlat universiteti talabalari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

✅Toshkent shahar: Toshkent shahar adliya boshqarmasida yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

✅Navoiy viloyati: Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" hamda "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏2❤1🔥1
#Adliya_xabari

Raqamli davlat: yagona yondashuv, zamonaviy boshqaruv va fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar

ICT WEEK Uzbekistan 2026 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish, idoralararo integratsiyani kuchaytirish hamda aholi uchun qulay va zamonaviy davlat xizmatlarini rivojlantirishga bag'ishlangan amaliy sessiya bo'lib o'tdi.

📌 Mazkur tadbirda Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig'i Eldor Maxkamov ishtirok etib, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va aholining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr bildirdi.

Sessiya davomida quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
➖ davlat axborot tizimlarini yagona raqamli muhitga integratsiya qilish;
➖ fuqarolar ehtiyojlaridan kelib chiqib proaktiv va kompleks davlat xizmatlarini joriy etish;
➖ davlat boshqaruvida sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish;
➖ raqamli identifikatsiya va shaxsiy ma'lumotlarni ishonchli himoya qilish.


🏆 Tadbir doirasida Adliya vazirligi davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi faolligi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun "Raqamli integratsiya va strategik hamkorlik bo'yicha eng yaxshi tashkilot" nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Raqamli transformatsiyaning asosiy maqsadi — texnologiyalarni joriy etishning o'zi emas, balki ular orqali fuqarolar uchun yanada qulay, tezkor, ochiq va samarali davlat xizmatlarini yaratishdir.

#ICTWeek2026 #RaqamliDavlat #AdliyaVazirligi #DavlatXizmatlari

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
👏5❤2👍2🔥1
#Adliya_xabari

Buxoroda intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ullari ishtirokida intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbirlarda Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi vakillari, Buxoro davlat universiteti va Buxoro davlat muhandislik universiteti olimlari, ixtirochilar, yosh tadqiqotchilar hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuvlarda ixtiro va foydali modellarni amaliyotga joriy etish, ishlab chiqarishga tatbiq qilish, patentlash, huquqiy muhofaza va tijoratlashtirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilarga ilmiy ishlanmalarni amaliy mahsulot va xizmatlarga aylantirish hamda bozorga olib chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Yakunida intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish va patentlash bo‘yicha 10 dan ortiq shartnoma tuzish yuzasidan kelishuvlarga erishildi hamda keyingi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
❤1
#Adliya_xabari

❗️ Andijon viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

✅ Andijon viloyatida Adliya vaziri A. Tashkulov, Oliy sud raisi R. Maxmudova hamda Prezident huzuridagi tadbirkorlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil – Biznes-ombudsman A. Bo'riyev tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni bevosita tadbirkorlarning o‘zidan eshitish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, mavjud masalalarni vakolatli tashkilotlar ishtirokida muhokama qilish hamda amaliy yechimlarini belgilashdan iborat bo‘ldi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan yer va mulk munosabatlari, davlat xizmatlaridan foydalanish, soliq va moliyaviy masalalar, tadbirkorlik faoliyatiga oid ma’muriy to‘siqlar, sud-huquq masalalari, shuningdek, turli tashkilotlar bilan munosabatlarda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.


🌀 Shuningdek, tadbirkorlarning murojaatlari mas’ullar tomonidan bevosita tinglanib, ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi. Bunda tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, faoliyat yuritishi uchun qulay huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, tadbirkorlarning murojaatlariga tezkor va samarali munosabat bildirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Muloqot so'ngida tadbirkorlarning murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi. Unda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining individual murojaatlari tinglanib, har bir masala bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi hamda yechimi alohida o‘rganishni talab etadigan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Yuridik_xizmat_5_yil

❗️ ISHONCH VA HAMKORLIK YILLARI !!!

📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ–5168-son qarori asosida tashkilotlarga yuridik xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilganiga joriy yil oktyabr oyida 5 yil to‘ladi.

🤝Besh yil davomida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan tashkilotlarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatilib, qonuniylikni ta’minlash va huquqiy masalalarni hal etishda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

❓ Tashkilotlar biz haqimizda qanday fikrda?

🔴 Yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar vakillari 5 yillik hamkorlik va markazlar faoliyati haqidagi fikrlarini bildirishdi.

❗️Andijon viloyati Paxtaobod tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi faoliyati misolida yuqoridagi videolavha bilan tanishishingiz mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1🔥1👏1