ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚖️ “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 17-sentabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi yoshlarning intellektual mulk sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sohaga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

📌 Tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, “Millat umidi maktabi” xususiy ta’lim muassasasi o‘quvchilari hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari ishtirok etdilar.Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun “Intellektual mulk markazi” binosida tashkil etilgan maxsus ko‘rgazma burchaklari orqali interaktiv ekskursiyalar tashkil etildi.

🟦Bunda o‘quvchilarga quyidagi intellektual mulk obyektlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi:

Ixtiro va foydali modellar — ularning yaratilishi, huquqiy muhofazasi va amaliyotdagi ahamiyati;
Seleksiya yutuqlari (o‘simlik navlari va hayvon zotlari), sanoat namunalari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari — mazkur obyektlarning qo‘llanish sohalari va huquqiy asoslari;
Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari — brend va mahsulot identifikatsiyasidagi roli, kontrafakt mahsulotlardan farqi;
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlari — ijodiy faoliyat natijalari, ularni himoya qilish mexanizmlari va mualliflik huquqini buzish holatlari.


✔️ Tadbir ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda “Millat umidi maktabi” xususiy ta’lim muassasasi o‘quvchilari, ikkinchi bosqichda esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari ko‘rgazma burchaklari bilan tanishdilar.

🟦Har bir guruhga markaz mutaxassislari tomonidan qiziqarli tarzda ma’lumotlar taqdim etildi, savol-javoblar o‘tkazildi.

Ishtirokchilar tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori darajada tashkil etilgani va axborotlarga boy bo‘lgani alohida ta’kidlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥43👏1
#Adliya_xabari
#Adliya_bilan_bir_kun

⚔️ Bir kun Adliyada — kasbga boshqacha nigoh

Toshkent davlat yuridik universitetining 100 nafar talabasi Adliya vazirligida o‘tkazilgan “Adliya bilan bir kun” ochiq eshiklar kunida ishtirok etdi.

Talabalar vazirlik faoliyati bilan shunchaki tanishib qolmadi. Ular adliya xodimlari mehnatining mazmuni, ish jarayonlari, hujjatlar tayyorlanishi, huquqiy axborot va kommunikatsiya ishlari qanday tashkil etilishini bevosita ko‘rdi.

⚖️ Kun davomida ular departament va boshqarmalar faoliyati, multimedia markazi ish jarayoni, vazirlik muzeyi hamda adliya tizimida amaliyot o‘tash, ish boshlash va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

💬 Ochiq muloqot esa talabalar uchun eng qiziqarli qismlardan biri bo‘ldi. Ular davlat xizmati, kasbiy o‘sish va adliya tizimidagi faoliyat haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Eng muhimi, “Adliya bilan bir kun” talabalarda tizimga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi, ayrimlarida esa kelajak faoliyatini aynan adliya bilan bog‘lash istagini uyg‘otdi.

Ba’zan bir kunlik tanishuv ham kelajak kasbini tanlashga jiddiy turtki bo‘lishi mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥4👍1👏1
#Adliya_xabari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini Adliya vazirligi xodimlariga yetkazish, unda ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatini tushuntirish maqsadida bugun Adliya vazirligida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

📌O‘quv-seminar davomida Prezident nutqida belgilangan ustuvor vazifalar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda ularning mamlakat taraqqiyoti, jamiyat hayoti va aholining farovonligini ta’minlashdagi ahamiyati haqida xodimlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

❗️Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan fikr almashilib, nutqda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, adliya organlari va muassasalari oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5