ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Yangi o‘quv yili — ezgu tilaklar va katta maqsadlar bilan boshlandi


Bugun, 2-sentabr kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov Toshkent shahridagi 294-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yilini boshlayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida vazir maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda yosh avlodga bildirilgan ezgu tilaklar, ta’lim olish, bilim va kasb-hunar egallash yo‘lida ulkan imkoniyatlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng Akbar Tashkulov maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularga ta’limning inson hayotidagi o‘rni, zamonaviy kasblarni egallash, huquqiy bilim va dunyoqarashni kengaytirishning ahamiyati haqida so‘zlab berdi. O‘quvchilarning savollariga javob berib, kelajakdagi maqsadlari va orzulari bilan qiziqdi.


Vazir maktabning 1-sinf o‘quvchilari uchun ham dars mashg‘ulotida ishtirok etdi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularni maktab hayotidagi ilk qadamlari bilan tabrikladi va bilim olishga, kitob o‘qishga hamda ustozlarini hurmat qilishga chorladi.

Yangi o‘quv yilining ilk kunida bunday uchrashuvlar o‘quvchilarga nafaqat katta motivatsiya, balki kelajak sari dadil qadam tashlash, o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘yish va ularga erishishga intilish uchun qo‘shimcha ruh bag‘ishlaydi.

Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin! Barcha o‘quvchilarga mustahkam bilim, yuqori marralar va yorqin kelajak tilaymiz! 📚

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥43
Forwarded from Rasmiy axborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. 2026-yil 1-sentabr.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan chorak asr davomida Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘zining zarurligi va samaradorligini namoyon etdi, teng huquqli muloqotni ta’minladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning izchil rivojlanishiga ko‘maklashdi.

Время доказало востребованность и эффективность Шанхайской организации сотрудничества, которая обеспечила равноправный диалог, содействовала региональной стабильности и устойчивому развитию наших стран.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4
#Adliya_xabari

🇺🇿 “oriGIn Uzbekistan” nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-son qarori ijrosi doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti, Savdo-sanoat palatasi hamda “Hunarmand” uyushmasi muassisligida tashkil etilgan “oriGIn Uzbekistan” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🌐Tashkilotning asosiy maqsadi geografik ko‘rsatkichlarni rivojlantirish va keng targ‘ib qilish, milliy mahsulotlarni xorijiy bozorlarda ilgari surish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlarga geografik ko‘rsatkichlarni aniqlash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda tijoratlashtirish jarayonlarida huquqiy va uslubiy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.

“oriGIn Uzbekistan” faoliyati doirasida:

istiqbolli geografik ko‘rsatkichlarni aniqlash va ularni ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish;
milliy geografik ko‘rsatkichlarni mamlakatimizda va xorijda targ‘ib qilish;
geografik ko‘rsatkichlardan foydalanish bo‘yicha tadbirkorlar birlashmalarini rivojlantirish;
milliy mahsulotlarni tijoratlashtirish va xalqaro bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish;
geografik ko‘rsatkichlarga bag‘ishlangan festival, ko‘rgazma-yarmarka va boshqa targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish nazarda tutilgan.

“oriGIn Uzbekistan” milliy mahsulotlarning o‘ziga xosligi va kelib chiqishini xalqaro miqyosda tanitish, ularning iqtisodiy qiymatini oshirish hamda “Made in Uzbekistan” brendining nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам выведения на новый этап работы по сокращению бедности и повышению доходов населения.

Facebook|Instagram|X
👍1
#Videoselektor_yig‘ilishidan

“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi.
👍3
Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi.

Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan.

Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi.

Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi.

Facebook|Instagram|X
2👍1
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.

Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.

Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.

Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,

– dedi davlatimiz rahbari.

Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.

Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.

Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Facebook
|Instagram|X
👍2🔥1🎉1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

⚔️Adliya organlari va muassasalarida yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Andijon viloyati: Buloqboshi tumani Shirmonbuloq MFYda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Fargʻona viloyati: Ijodiy intellekt – huquqiy himoyada: Farg‘onada "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyati: “Jamoamizda korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida ochiq davra suhbati o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Qoraqalpog'iston Respublikasi Yuridik texnikumida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Samarqand viloyati: Samarqand viloyatida “Ijodiy intellekt – huquqiy himoyada” shiori ostida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati: Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 43-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi o‘quvchilar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati: Yoshlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni doirasida IT sohasidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73👏2🔥1