ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

⚔️O‘zbekiston va Gonkong adliya sohasida hamkorlikni rivojlantiradi
 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi Adliya kotibi Pol Lam boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Muloqot davomida ikki tomonlama huquqiy hamkorlikni rivojlantirish, qonun ijodkorligi, huquqiy xizmatlar, adliya tizimini raqamlashtirish hamda mutaxassislar malakasini oshirish yo‘nalishlarida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

🌐Shuningdek, tomonlar xalqaro arbitraj va nizolarni muqobil hal etish sohasida o‘zaro tajriba almashish, ekspertlar va mutaxassislar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi Adliya departamenti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔹Mazkur memorandum huquqiy sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab, tajriba va ekspertlar almashinuvi, qo‘shma tadbirlar hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_35

🇺🇿 Mustaqillik nima? Vatan nima?

Bu savollarga Adliya vazirligi xodimlari o‘z qalbidagi eng samimiy javoblarni berdi.

🎥 Mustaqillik va Vatan haqidagi fikrlar — videoda.

Vatan — faxrimiz. Mustaqillik — bebaho ne’matimiz.
👍6🎉41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_solnomasi_shonli_35_yil

Vatan qayerdan boshlanadi?

Mustaqillik qanday ne’mat? O‘zbekman deganda yurakdan qanday tuyg‘ular kechadi? Turli kasb egalarining Vatan haqidagi samimiy fikrlari, dil kechinmalarini tinglang.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!

Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!

Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!

Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.

Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!

Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!

Yashasin O‘zbekiston xalqi!


Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!

Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!

Слава нашему народу – созидателю независимости!

С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан.

Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток!

Да здравствует Республика Узбекистан!

Да здравствует народ Узбекистана!


Шавкат Мирзиёев,
Президент Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
6👍1
#Adliya_xabari

Yangi o‘quv yili — ezgu tilaklar va katta maqsadlar bilan boshlandi


Bugun, 2-sentabr kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov Toshkent shahridagi 294-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yilini boshlayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida vazir maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda yosh avlodga bildirilgan ezgu tilaklar, ta’lim olish, bilim va kasb-hunar egallash yo‘lida ulkan imkoniyatlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng Akbar Tashkulov maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularga ta’limning inson hayotidagi o‘rni, zamonaviy kasblarni egallash, huquqiy bilim va dunyoqarashni kengaytirishning ahamiyati haqida so‘zlab berdi. O‘quvchilarning savollariga javob berib, kelajakdagi maqsadlari va orzulari bilan qiziqdi.


Vazir maktabning 1-sinf o‘quvchilari uchun ham dars mashg‘ulotida ishtirok etdi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularni maktab hayotidagi ilk qadamlari bilan tabrikladi va bilim olishga, kitob o‘qishga hamda ustozlarini hurmat qilishga chorladi.

Yangi o‘quv yilining ilk kunida bunday uchrashuvlar o‘quvchilarga nafaqat katta motivatsiya, balki kelajak sari dadil qadam tashlash, o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘yish va ularga erishishga intilish uchun qo‘shimcha ruh bag‘ishlaydi.

Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin! Barcha o‘quvchilarga mustahkam bilim, yuqori marralar va yorqin kelajak tilaymiz! 📚

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥43
Forwarded from Rasmiy axborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. 2026-yil 1-sentabr.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan chorak asr davomida Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘zining zarurligi va samaradorligini namoyon etdi, teng huquqli muloqotni ta’minladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning izchil rivojlanishiga ko‘maklashdi.

Время доказало востребованность и эффективность Шанхайской организации сотрудничества, которая обеспечила равноправный диалог, содействовала региональной стабильности и устойчивому развитию наших стран.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4