ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
“Buxoro sho‘rdanaklari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

📌 Buxoro sho‘rdanaklari — ko‘p asrlik o‘zbek milliy pazandachilik va dehqonchilik an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘ziga xos ta’mi, sifati va tayyorlash usuli bilan ajralib turadigan an’anaviy mahsulotlardan biridir. Sho‘rdanak tayyorlash madaniyati Buxoro vohasida avloddan-avlodga o‘tib, bugungi kungacha saqlanib kelmoqda.

🌿 “Buxoro sho‘rdanaklari”ning o‘ziga xos xususiyatlari hududning tabiiy-iqlim sharoiti, mahalliy xomashyo hamda uni tayyorlashning an’anaviy usullari bilan chambarchas bog‘liq. Tarixan ushbu mahsulot Buxoro vohasida tayyorlanib, turli hududlarga keng tarqalgan.

⚖️ “Buxoro sho‘rdanaklari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ushbu nomning huquqiy muhofazasini ta’minlaydi.

🔒 Natijada:
mahsulotning Buxoro hududiga mansubligi va o‘ziga xos xususiyatlari himoya qilinadi;
iste’molchilar uchun mahsulotning kelib chiqishi va haqiqiyligini aniqlash imkoniyati oshadi;
Buxoro sho‘rdanaklarini mahalliy va xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish uchun huquqiy asos mustahkamlanadi.

📈 Mazkur geografik ko‘rsatkichning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi Buxoro viloyatining milliy gastronomik merosini asrash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, hududiy brendni rivojlantirish hamda mahsulotning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

📚 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan geografik hududga mansubligini hamda uning sifati, obro‘si yoki boshqa xususiyatlari aynan shu hududga xos tabiiy sharoitlar yoki inson omillari bilan bog‘liqligini ifodalovchi intellektual mulk obyektidir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Adliya_xabari

⚔️ Sifatli ta’lim — avvalo, munosib sharoitdan boshlanadi

Yangi o‘quv yilida o‘quvchi darsga kirganda uni zamonaviy, qulay va sifatli ta’lim olish uchun tayyor muhit kutib olishi kerak.

🏫 Shu maqsadda TDYU huzuridagi Samarqand viloyati akademik litseyida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rilib, o‘quv binosida ta’mirlash va sharoitlarni yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

📚 Natijada o‘quvchilar uchun:
🔹 qulay va munosib ta’lim muhiti yaratiladi;
🔹 o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish uchun sharoitlar yaxshilanadi;
🔹 yangi o‘quv yilini yangilangan va tayyor binoda boshlash imkoniyati ta’minlanadi.

⚔️Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muxammadiyev amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, asosiy e’tiborni ta’mirlashni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratishga qaratdi.

💬 Chunki ta’limdagi har bir yaxshilangan sharoit — yoshlarning bilim olishi, rivojlanishi va kelajagi uchun yaratilgan imkoniyatdir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi.

Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.

Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!

– dedi Prezidentimiz.

O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi.

Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi.

Facebook|Instagram|X
👍2
#Adliya_xabari

⚔️ FHDY xizmatlari yangi modelga o‘tmoqda: davlat xizmati fuqaroning o‘ziga yaqinlashmoqda

Raqamlashtirishning haqiqiy natijasi — xizmatning shunchaki onlayn bo‘lishida emas.

Fuqaroning vaqti tejalishi, navbat va ortiqcha ovoragarchilik kamayishi, xizmatning tez va qulay ko‘rsatilishida.


📊 2026-yilning birinchi yarim yilligida:
🔹 FHDY tizimi orqali qariyb 600 mingta xizmat ko‘rsatildi;
🔹 nikohni qayd etish uchun arizalarning 40 foizdan ortig‘i onlayn topshirilmoqda;
🔹 92 mingdan ortiq nikoh rasmiy qayd etildi;
🔹 393 mingdan ortiq tug‘ilish holati qayd etildi;
🔹 Shayxontohur tumanida nikohni qayd etish uchun ariza berish jarayoni tajriba tariqasida 100 foiz onlayn shaklga o‘tkazildi.

💻 Bugun elektron ariza, avtomatlashtirilgan ma’lumot almashinuvi va yagona elektron arxiv orqali “fuqaro davlat idorasiga boradi” degan eski modeldan “davlat xizmati fuqaroning o‘ziga yaqinlashadi” degan yangi modelga o‘tilmoqda.

📖 FHDY tizimida yana qanday raqamli imkoniyatlar yaratilmoqda? Bu o‘zgarishlar fuqarolarning vaqti va xarajatini qanchalik tejaydi?

Yangi O‘zbekistonda inson manfaati uchun yangilanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimi” maqolasida batafsil tanishing.

👉 Maqolani to‘liq o‘qish

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1👏1🎉1
Auksionda yer sotib olgan tadbirkor qurilishni boshlash uchun 6 oydan 1 yilgacha hujjat yig‘ib yurishiga barham beriladi. Endi hokimlar yerni qurilish ruxsati, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va loyihasi bilan “tayyor paket” shaklida savdoga chiqaradi.

Bunday yerni olgan tadbirkor qurilishni darhol boshlashi mumkin bo‘ladi. Infratuzilma yig‘imi bo‘yicha avans ham 20 foizdan 5 foizga tushiriladi.

Banklar balansidagi 9 trillion so‘mlik 2,5 mingta mulkni chegirmali narxda, boshlang‘ich to‘lovsiz va foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi. Uni sotib olgan tadbirkor bir yil yer va mulk solig‘ini to‘lamaydi.

Birinchi navbatda mahalliylashtiriladigan 50 ta mahsulot ro‘yxati shakllantirildi. Ularni o‘zlashtirish uchun Navoiy, Jizzax, Namangan, Urgut va Hazorasp maxsus iqtisodiy zonalarining bir qismida “Bond sanoat zonalari” tashkil etiladi.

Bu zonalarga xomashyo va butlovchi qismlarni olib kirishda barcha soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Mahalliylashtirish darajasi 30-40 foizdan oshsa, mahsulotni ichki bozorga chiqarishda ham imtiyozli shartlar qo‘llanadi.

“Bond sanoat zonalari”da zamonaviy R&D markazlari, laboratoriya, muhandislik va texnologik xizmatlar yagona zanjirda ishlaydi. Tadbirkorlarga infratuzilmali tayyor binolar taqdim etish uchun 50 million dollar ajratiladi.

Facebook|Instagram|X
2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

⚔️ Intellektual mulk nizolarini sudgacha, tezkor va kelishuv asosida hal etish imkoniyati kengaymoqda

Adliya vazirligi, Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti hamda Toshkent mediatsiya markazi hamkorligida respublika bo‘ylab “IP Mediation” loyihasiga start berilmoqda.

⚖️ Loyiha intellektual mulk bilan bog‘liq nizolarni tomonlar uchun qulay, tezkor va o‘zaro kelishuv asosida hal etishga xizmat qiladi.

Bu esa huquq egalari va tadbirkorlar uchun nizolarni ortiqcha vaqt va xarajatlarsiz, murosaga asoslangan tartibda hal etishning yana bir samarali mexanizmini yaratadi.

🎥 “IP Mediation” qanday ishlaydi? Batafsil — videoda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4👍1👏1😢1
#Adliya_xabari
#100_ta_yangi_brend

⚔️ Farg‘onada 100 ta yangi brend yaratiladi

Mahsulot ishlab chiqarishning o‘zi yetarli emas. Uni tanitish, o‘z brendini yaratish va eng muhimi — huquqiy himoya qilish biznesning bozordagi o‘rnini mustahkamlaydi.

📍 Shu maqsadda Farg‘ona shahridagi Ekoshaharda joylashgan Ekspo markazida “Farg‘onaning 100 ta yangi brendi” seminar-treningi boshlandi.

⚔️Adliya vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov ochib berdi.

Loyiha tadbirkorlarga nima beradi?
🔹 o‘z mahsuloti uchun kuchli va taniladigan brend yaratish;
🔹 brend identifikatsiyasi va dizaynini takomillashtirish;
🔹 tovar belgisini milliy va xalqaro darajada huquqiy himoya qilish;
🔹 yaratilgan logotiplarni mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish;
🔹 mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligi va tanilishini oshirish imkoniyatini beradi.

🎯 Maqsad aniq — Farg‘onada huquqiy himoyalangan, raqobatbardosh va bozorda o‘z o‘rniga ega 100 ta yangi brend yaratish.

💬 Mahalliy mahsulot — kuchli brendga aylanishi, kuchli brend esa katta bozorga chiqishi kerak.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Etirof

⚔️ Qonuniy huquq — ko‘ngilga xotirjamlik

💬 “Uyimizning kadastri yo‘q edi. Birov kelib nimadir desachi, degan qo‘rquv bilan yashardik. Endi qo‘rqmaymiz.”


❗️Yillar davomida o‘z uy-joyiga bo‘lgan huquqini qonuniy rasmiylashtira olmay kelgan fuqarolar uchun “E’tirof” jarayoni shunchaki hujjat olish emas — o‘z mulkiga nisbatan ishonch va xotirjamlikka ega bo‘lishdir.

🏡 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning e’tirof etilishi natijasida fuqarolar o‘z mulkidan qonuniy asosda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Eng muhimi, bu o‘zgarishlarning haqiqiy natijasini raqamlardan ko‘ra, huquqi e’tirof etilgan insonlarning o‘zi yaxshiroq ifodalaydi.

🎥 Qonuniy huquqqa ega bo‘lish ularning hayotida nimani o‘zgartirdi?

Odamlarning o‘zidan eshiting — videoda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Mustaqillik_35

🇺🇿 Mustaqillik — o‘z g‘oyangni yaratish va uni himoya qila olish huquqidir

Bugun O‘zbekiston intellektual mulk sohasida xalqaro “qora ro‘yxat”dan chiqdi. Bu — yillar davomida amalga oshirilgan tizimli islohotlarning muhim natijasi.

⚖️ So‘nggi yillarda sohani takomillashtirishga qaratilgan 50 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, O‘zbekistonning intellektual mulkni himoya qilish borasidagi xalqaro ko‘rsatkichlari yaxshilandi.

🚀 Ammo haqiqiy natija faqat raqamlarda emas. Muallif, ixtirochi va tadbirkorning o‘z g‘oyasi va ijod mahsuli himoyalanishiga bo‘lgan ishonchi, yangi investitsiyalar uchun yaratilayotgan muhit hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mustahkamlanib borayotgan imiji — islohotlarning amaliy ifodasidir.

💡 Chunki intellektual mulkni himoya qilish — shunchaki bir g‘oya yoki brendni himoya qilish emas. Bu insonning aqliy mehnati, ijodi va tashabbusini qadrlash demakdir.

🇺🇿 Mustaqil davlatning kuchi faqat tabiiy boyliklarida emas, o‘z xalqining g‘oyasi, ijodi va intellektual salohiyatini qadrlashi va himoya qila olishida ham namoyon bo‘ladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥61👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Yarim soat ham ketmadi: pasport oldim”

⚔️Bir paytlar pasport olish yoki almashtirish, haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish kabi xizmatlar uchun bir necha idoraga borish va kunlab vaqt sarflashga to‘g‘ri kelardi.

Bugun esa bu xizmatlardan Davlat xizmatlari markazlarida tez va qulay foydalanish mumkin.

⏱️ Fuqaro uchun buning eng katta natijasi — kamroq navbat, kamroq ovoragarchilik va tejalgan vaqt.

💬 “Yarim soat ham ketmadi: pasport oldim” — davlat xizmatlaridagi o‘zgarishning eng muhim bahosi ham aslida shu: odamning o‘zi natijani his qilmoqda.

🎥 Davlat xizmatlaridagi qulayliklarni fuqarolarning o‘zidan eshiting — videoda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍1