ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚔️ Xorazmda to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi muammolar joyida o‘rganildi

⚔️Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Maxmud Istamov ishtirokida Xorazm viloyatida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi.

👥 Qabulda 20 dan ortiq tadbirkorlik subyekti vakillari va sud boshqaruvchilari ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan masalalar hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

📌 Xususan, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi amaliy muammolar, davlat organlari axborot tizimlari integratsiyasi, mol-mulkni realizatsiya qilishga doir taqiqlar, shuningdek, banklar va ijro organlari
bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

⚖️ Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish hamda tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

📊 Sayyor qabul yakunida:
3 ta murojaat joyida hal etildi;
💬 7 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi;
📝 14 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

🤝 Mazkur sayyor qabul tadbirkorlar va sud boshqaruvchilarini qiynayotgan masalalarni bevosita eshitish, ularga amaliy yechim topish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi tizimli muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Adliya_xabari

⚔️ Xorazmda intellektual mulk masalalari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov ishtirokida Xorazm viloyatida fuqarolar va tadbirkorlarning intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi.

⚖️ Qabul davomida intellektual mulk sohasidagi murojaatlar bevosita tinglanib, ularni hal etish yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy ko‘mak berildi.

📊 Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:
🔹 9 nafar jismoniy va yuridik shaxsga tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtiro, foydali model va sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirishda amaliy yordam ko‘rsatildi;
🔹 7 nafar tadbirkorga intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
🔹 6 ta yozma murojaat joyida qabul qilinib, belgilangan tartibda rasmiylashtirildi;
🔹 qabulda 30 ga yaqin fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha huquqiy maslahat oldi.

Sayyor qabul fuqarolar va tadbirkorlarning intellektual mulk bilan bog‘liq masalalarini bevosita o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda intellektual mulk huquqlarining ishonchli himoyasini ta’minlashga xizmat qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥1
#Adliya_xabari

⚖️ Advokat mehnat shartnomasi asosida yuridik xizmat xodimi sifatida ishlashi mumkin emas!

📌 Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaviy sudning 2026-yil 12-iyundagi KSQ-4-son qaroriga ko‘ra, advokat davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat muassasalari va tashkilotlarida yuridik xizmat xodimi sifatida faoliyat yuritishi mumkin.

❗️Ammo bunda muhim jihat bor: advokat mazkur faoliyatni mehnat shartnomasi asosida emas, balki shartnomaviy-huquqiy asosda olib borishi mumkin.

☝🏻Ya’ni, sodda qilib aytganda, advokat tashkilot shtatiga xodim sifatida ishga qabul qilinmaydi, balki shartnoma asosida yuridik xizmat ko‘rsatadi. Bunday faoliyat advokatning davlat xizmatida ishlashi deb hisoblanmaydi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_ogohlantiradi

📞 “DXX xodimiman…” degan qo‘ng‘iroqlarga aldanmang!


Firibgarlar o‘zlarini davlat idorasi xodimi deb tanishtirib, bank ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishga urinishlari mumkin.

⚠️ Esda tuting:
🔹 SMS-kod, karta raqami va CVV-kodni hech kimga aytmang.
🔹 Shubhali qo‘ng‘iroqni darhol yakunlang.
🔹 Ma’lumotni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.

🛡 Ogoh bo‘ling — mablag‘laringizni himoya qiling!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
“TEKIN” MASHINA KERAKMI?

Bu — kiberjinoyatchilarning eng xavfli, zamonaviy qopqoni. Bu shunchaki “aksiya” emas — bu saboq. Adliya vazirligi huquqiy ong va kiberxavfsizlikni noodatiy formatda tushuntirdi. “Tekin” mashinaga ishonganlar haqiqatni anglab yetdi. Siz esavideoni ko‘rib, xulosa chiqaring!

Videoni ko‘rish 👉 https://www.youtube.com/watch?v=mxAJQlKSr3U
😢4
#adliya_aralashgach

⚔️ Adliya aralashuvi bilan fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanmoqda

Farg‘ona viloyati: Adliya bo‘limining sudga kiritgan da’vosi asosida fuqaroning ish staji bilan bog‘liq masala hal etilib, unga pensiya tayinlandi.

Samarqand viloyati: Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan fuqaro sud qarori bilan lavozimiga tiklanib, uning foydasiga 44,5 million so‘mdan ortiq ish haqi undirilishi belgilandi.

Sirdaryo viloyati: 72 yoshli fuqaroning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi tiklanib, undagi xato bartaraf etildi hamda yangi guvohnoma xonadonida topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi ko‘magida fuqaro foydasiga kompensatsiya pullari undirib berildi.

Jizzax viloyati: Zarbdor tumani adliya bo‘limi ko‘magida fuqarolarning uzoq yillardan buyon yechimini kutgan muammosi hal etildi.

Surxondaryo viloyati: Adliya aralashuvi bilan farzandining oliy ta’lim xarajatlari uchun fuqaroning daromadiga soliq imtiyozi qo‘llanilishiga erishildi.

Navoiy viloyati: Karmana tumanidagi yoshlar yetakchilarining oylik ish haqi biriktirilgan mahallalardagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda, qonunchilik talablariga muvofiq to‘lanishi ta’minlanadigan bo‘ldi.

Namangan viloyati: Adliya aralashuvi bilan fuqaroga 6 million 740 ming so‘m homiladorlik va tug‘ish nafaqasi tayinlanib, to‘liq to‘lab berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avval va hozir: Toshkentning tarixiy kurantlari

Siz eski Toshkentni qanday eslaysiz? Yana qaysi manzillarni ikki xil davrda ko‘rishni xohlaysiz? Izohlarda yozib qoldiring!

Ko‘proq foydali videolar: 👉
https://www.instagram.com/adliyatv/

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2👏2👍1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik

Men mustaqillik tengdoshiman

Setora Musayeva - Qarshi shahar FHDY bo'limi inspektori


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avval va hozir: huquqlarni eʼtirof etishda aholiga qanday yengilliklar yaratilgan?

Soʻnggi yillarda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida aholi va tadbirkorlarga bir qator qulayliklar yaratildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥52
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik

🇺🇿 70 yil oralig‘idagi ikki kadr: tarix asraladi, shahar yangilanadi

📸 1956-yilda u shaharga ko‘rk bergan. 2026-yilda esa shahar bilan birga o‘zi ham yanada ko‘rkam.

Bir qarashda — o‘sha tanish qiyofa. Ammo ikki kadr orasida 70 yillik tarix, bunyodkorlik va avlodlar mehnati mujassam.

🏛 Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri o‘zining tarixiy me’moriy nafosatini asragan holda, bugungi zamonaviy Toshkent qiyofasi bilan hamohang yashamoqda.

1956-yilgi suratdagi go‘zallik bugun shunchaki arxiv xotirasi emas — u hamon poytaxtimizning qoq markazida yashayapti.

👥 Bir avlod bunyod etdi.
🤲 Keyingi avlodlar asradi va sayqalladi.
🌱 Bugun esa biz bu merosni yanada ko‘rkam holda kelajak avlodlarga yetkazmoqdamiz.

🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi — bunyodkorlik, yangilanish va tarixiy merosimizga ehtirom timsolidir.

Vaqt go‘zallikni asramaydi. Uni insonlar asraydi. Vaqt esa bu mehnatning qadrini ko‘rsatadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👏21
Internet orqali xarid qilish tajribasini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 🛒📱

📣 Hurmatli fuqarolar!

Bugungi kunda internet saytlari, mobil ilovalar, internet-do‘konlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tovar va xizmatlar xarid qilish keng tarqalmoqda.

Mazkur so‘rovnoma internet orqali xarid qilish tajribasi, iste’molchilar duch kelayotgan muammolar, murojaat qilish amaliyoti hamda fuqarolarning o‘z huquqlarini bilish darajasini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalari elektron tijorat sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi

.👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola
:
🔗 https://forms.gle/hvKsk5s4D2P5kyTTA

🔒 So‘rovnoma anonim bo‘lib, olingan ma’lumotlar faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi.
❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim

🙌 Ishtirokingiz uchun rahmat!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3