#Adliya_xabari
⚔️ Adliya vaziri "Barkamol" mahallasida xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
📊 Taqdimotda "Manzilli dastur" doirasida amalga oshirilgan ishlar va ularning amaliy natijalari namoyish etildi.
📌 Xususan:
🔹 huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar kuchaytirildi;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj va nazoratdagi shaxslar bilan manzilli ishlar yo‘lga qo‘yildi;
🔹 kam ta’minlangan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi;
🔹 mahallaga qo‘shimcha kuzatuv kameralari va tashvish tugmalari o‘rnatildi;
🔹 tungi vaqtda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘cha yoritish tizimi kengaytirildi;
🔹 fuqarolar, yoshlar va xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi oshirildi;
🔹 obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.
✅ Amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida "Barkamol" mahallasi xavfsizlik darajasi bo‘yicha "qizil" toifadan "sariq" toifaga o‘tdi. Shuningdek, joriy yilning iyun–iyul oylarida mahalla hududida birorta ham jinoyat sodir etilmagani qayd etildi.
💬 Akbar Tashkulov bunday ijobiy tajribalarni boshqa hududlarda ham keng joriy etish muhimligini ta’kidlab, aholi uchun xavfsiz va huquqiy jihatdan barqaror muhitni ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
📊 Taqdimotda "Manzilli dastur" doirasida amalga oshirilgan ishlar va ularning amaliy natijalari namoyish etildi.
📌 Xususan:
🔹 huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar kuchaytirildi;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj va nazoratdagi shaxslar bilan manzilli ishlar yo‘lga qo‘yildi;
🔹 kam ta’minlangan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi;
🔹 mahallaga qo‘shimcha kuzatuv kameralari va tashvish tugmalari o‘rnatildi;
🔹 tungi vaqtda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘cha yoritish tizimi kengaytirildi;
🔹 fuqarolar, yoshlar va xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi oshirildi;
🔹 obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.
💬 Akbar Tashkulov bunday ijobiy tajribalarni boshqa hududlarda ham keng joriy etish muhimligini ta’kidlab, aholi uchun xavfsiz va huquqiy jihatdan barqaror muhitni ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤2
#oyning_eng_yaxshi_xodimi
✅ Adliya vazirligining Intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va rivojlantirish boshqarmasi Intellektual mulkni tahlil qilish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Abbasov Boburxon Bosit o‘g‘li joriy yilning iyul oyi uchun vazirlik tomonidan "Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi" deb topildi.
🤔 Boburxon Abbasov 2012-yilda Rossiya davlat intellektual mulk akademiyasi bakalavr bosqichini tamomlagan.
⚖️ Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2019-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining Sanoat namunalari bo‘limida ilmiy-texnikaviy va patent hujjatlarini qayta ishlash bo‘yicha mutaxassisi lavozimidan boshlagan.
🔵 2025-yildan buyon Intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va rivojlantirish boshqarmasi Intellektual mulkni tahlil qilish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
✔️ Boburxon Abbasov tomonidan intellektual mulk sohasini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘nalishida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, BIMT, KOICA, Yevrosiyo patent tashkiloti hamda xorijiy davlatlarning vakolatli patent idoralari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Xalqaro hamkorlik doirasida 7 ta ikki tomonlama anglashuv memorandumi loyihasini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etilgan bo‘lib, ularning 5 tasi imzolangan;
✔️ Shuningdek, Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida Umumturk patent tashkilotini ta’sis etish bo‘yicha ishchi guruh faoliyatida ishtirok etib, intellektual mulk sohasiga oid takliflarni ishlab chiqishga hissa qo‘shmoqda.
✔️ Bundan tashqari, Intellektual mulk sohasi mutaxassislarining malakasini oshirishga qaratilgan xalqaro seminar va treninglarni tashkil etishda faol ishtirok etish, BIMT bilan hamkorlikda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, intellektual mulkni samarali boshqarish hamda “100 ta yangi brend” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritilmoqda.
🔖 Faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarib, sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
✅ Vazirlik jamoasi Boburxon Abbasovni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
▪️2022-yilda Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasining Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari bo‘limi yetakchi maslahatchisi;
▪️2022-2024-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasining Geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomi, sanoat namunalari, EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari bo‘limi bosh maslahatchisi;
▪️2022-2024-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasining Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi bosh maslahatchisi;
▪️2024-yilda Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasining Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi bosh maslahatchisi;
▪️2024-2025-yillarda Adliya vazirligining Intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va rivojlantirish boshqarmasi Tahlil va rivojlantirish bo‘limi yetakchi maslahatchisi;
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤7👏2🔥1
#oyning_eng_yaxshi_texnik_xodimi
✅ Adliya vazirligi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Abdupataxova Omina Rustamovna joriy yilning iyul oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.
🤔 Omina Abdupataxova 2008-yilda Toshkent yuridik kollejini tamomlagan. Hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichi talabasi.
✔️ Omina Abdupataxova Adliya vazirligida o'z mehnat faoliyatini 2008-yilda Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlab, hozirda Inson resurslari boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida ish faoliyatini davom etirib kelmoqda.
➡️ Omina Abdupataxova tomonidan Adliya vazirligida kadrlar bilan ishlash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirish, adliya organlari va muassasalarining 1 998 nafar xodimiga xizmat guvohnomalari berish, vazirlik markaziy apparati xodimlarining tabeli va kunlik mehnat intizomi “MinJustHR” dasturi orqali nazorat qilish, xodimlarning mehnatga layoqatsizlik varaqalari, xizmat safarlari bilan bog‘liq hujjatlari hamda vazir buyruqlari tegishli elektron tizimlarda yuritish, xodimlarning shaxsiy yig‘ma jildlari va mehnat daftarchalari belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda 80 dan ortiq xodimga berilgan martaba darajalari bo‘yicha ko‘chirmalar taqdim etish kabi yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
🔖 Faoliyati davomida fidokorona mehnati, intizomi va tashabbuskorligi bilan, hujjatlarning sifati va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlashda ham yuqori mas’uliyat va fidoyilik namunasini ko‘rsatmoqda.
✅ Vazirlik jamoasi Omina Abdupataxovani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👏14🔥7👍6
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk
⚔️ Intellektual mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yanada qulay
✅ Endilikda tovar belgilari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun talabnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham topshirish mumkin.
❗️Intellektual mulk — sizning bilimingiz, mehnatingiz va kelajakka qoʻshgan hissangizdir. Uni qonun bilan himoya qiling.
🎥 Batafsil maʼlumot — videoda.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
❗️Intellektual mulk — sizning bilimingiz, mehnatingiz va kelajakka qoʻshgan hissangizdir. Uni qonun bilan himoya qiling.
🎥 Batafsil maʼlumot — videoda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤1👍1👏1
#Adliya_xabari
Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi
🟢 Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
🟢 Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 5 tasiga joyida tushuntirish berilib, qolgan murojaatlar ijro uchun qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🟢 Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi
Xususan, joriy yilning 7-avgust kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 30 nafar (4 nafari onlayn tarzda) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarining notariat, mehnat qonunchiligi, davlat xizmatlari, nodavlat notijorat, tadbirkorlik, kadastr, uy-joy va boshqa masalalariga oid murojaatlari tinglandi.
⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi 🟢 Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2
#Adliya_xabari
Aholining ijtimoiy muammolariga amaliy yechim
Adliya vaziri tomonidan Yashnobod tumani Ahmad Yassaviy mahalla fuqarolar yig‘inida o'tkazilgan sayyor qabulda bildirilgan aholi muammolari joyiga chiqqan holda o'rganildi.
Jumladan, joriy yilning 8-avgust kuni mazkur mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning maishiy muammolari o‘rganilib, ularga homiylar yordamida qurilish materiallari taqdim qilindi.
Mazkur amaliy ko‘mak fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda xavfsiz va farovon muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

2👍7❤2🔥2