ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari ⚔️ Adliya vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi 📊 Majlisda 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlari sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi. ⭐️ Ta’kidlanganidek, “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤5🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Farg'ona shahrida Adliya vazirligi tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Davlat idoralarining rahbarlari, avvalo, fuqarolarni eshitishi, muammosini hal qilishi kerak — adliya vaziri Akbar Tashkulov
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
🔥8👍6👏4❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
⚔️ Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning vazifamiz!
❗️Pora talab qilish, noqonuniy xatti_harakatlar yoki boshqa korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, bu haqda darhol xabar bering.
📞 Ishonch telefoni: +998 71 207-04-64 (1321, 1322, 1323, 1324)
🤖 Telegram bot: @anticorbot
⚔️ Halollik va qonun ustuvorligini birgalikda ta'minlaylik!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
❗️Pora talab qilish, noqonuniy xatti_harakatlar yoki boshqa korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, bu haqda darhol xabar bering.
📞 Ishonch telefoni: +998 71 207-04-64 (1321, 1322, 1323, 1324)
🤖 Telegram bot: @anticorbot
🔒 Murojaat qiluvchining shaxsi va taqdim etilgan ma'lumotlarning maxfiyligi kafolatlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤4🔥4😢1
Forwarded from To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi
Qabul ikki formatda tashkil etildi:
• Adliya vazirligi binospida bevosita (offlayn);
• Hududlardagi tadbirkorlar va sud boshqaruvchilari ishtirokida videokonferensaloqa orqali.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7❤5
#Adliya_xabari
⚔️ Davlat boshqaruvida Big Data va sun’iy intellektdan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda
✅Adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev ishtirokida "Dalillarga asoslangan davlat boshqaruvi uchun katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt" mavzusidagi uch kunlik seminar-trening boshlandi.
🤝 Seminarda davlat organlari va mahalliy hokimiyatlardan 35 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etib, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish hamda dalillarga asoslangan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.
📌 Ta’kidlanganidek, seminar-treningning asosiy maqsadi davlat xizmatchilarida ma’lumotlarga asoslangan fikrlash madaniyatini shakllantirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishda samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
✅Adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev ishtirokida "Dalillarga asoslangan davlat boshqaruvi uchun katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt" mavzusidagi uch kunlik seminar-trening boshlandi.
🤝 Seminarda davlat organlari va mahalliy hokimiyatlardan 35 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etib, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish hamda dalillarga asoslangan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.
💬 "Bugungi kunda davlat organlarida juda katta hajmdagi ma’lumotlar shakllanmoqda. Ularning haqiqiy qiymati esa ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish, to‘g‘ri talqin etish va ular asosida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda namoyon bo‘ladi." — Nu'mon Muxammadiyev.
📌 Ta’kidlanganidek, seminar-treningning asosiy maqsadi davlat xizmatchilarida ma’lumotlarga asoslangan fikrlash madaniyatini shakllantirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishda samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
❗️Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyiha doirasida tashkil etilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍7🔥3
#Adliya_xabari
⚔️ Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
✅Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Intellektual mulk obyektlarining fuqarolik muomalasidagi aylanmasi oshirilishi va patent vakillarining huquqlari kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
📌 Qonun loyihasida quyidagi asosiy yangiliklar nazarda tutilmoqda:
🔹 Intellektual mulk obyektlarini garov predmeti sifatida qo‘llash mexanizmi joriy etiladi.
Bunda, Fuqarolik kodeksi va “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga mulkiy huquqning bekor bo‘lishi yoki qiymatining kamayishi bilan bog‘liq munosabatlarni aniq tartibga soluvchi normalar kiritilmoqda.
🔹 Patent vakillarining vakolatlari kengaytiriladi.
Ular fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarida shartnoma asosida (ixtiyoriy) vakil sifatida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
🔹 Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
Bu, ayniqsa, hududlardagi ixtirochilar, ijodkorlar, hunarmandlar va tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Mazkur qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida intellektual mulk obyektlarining bozor qiymati va fuqarolik muomalasidagi ishtiroki oshishi, tadbirkorlarning moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengayishi, sudlarda intellektual mulkka oid nizolarni ko‘rib chiqish sifati yaxshilanishi hamda davlat xizmatlarining hududiy qamrovi kengayishi kutilmoqda.

❤8👍4
#adliya_hudud
⚔️ Adliya organlari — huquq va manfaatlaringiz himoyasida
⚔️ Jizzax viloyati: G‘allaorolda fermerning dala shiyponini kadastrdan o‘tkazish bo‘yicha to‘rt marta asossiz rad etilgan murojaatini qonuniy hal qilish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
⚔️ Sirdaryo viloyati: Adliya aralashuvi bilan noqonuniy ishdan bo‘shatilgan fuqaro lavozimiga tiklanib, unga 18,5 million so‘mdan ortiq ish haqi to‘lanishi ta’minlandi.
⚔️ Namangan viloyati: Chortoq tumanida buzilgan bino-inshootlar uchun tadbirkor foydasiga 423 million so‘mdan ortiq kompensatsiya undirildi.
⚔️ Farg‘ona viloyati: Adliya aralashuvi bilan tadbirkorga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanmay kelgan 69 million 608 ming so‘m mablag‘ to‘liq undirib berildi.
⚔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus shahar adliya bo‘limi fuqaro manfaatida sudga murojaat qilib, uning foydasiga 4 million 84 ming so‘m ta’til puli va 17 million 164 ming so‘m kompensatsiya undirilishiga erishdi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari ⚔️ Davlat boshqaruvida Big Data va sun’iy intellektdan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda ✅Adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev ishtirokida "Dalillarga asoslangan davlat boshqaruvi uchun katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤5