ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bir_murojaat_izidan

⚔️Pensiyaga chiqa olmagan o't o'chiruvchi

Xatirchilik Sobir aka 25 yil oʻt oʻchiruvchi boʻlib ishlagan. Qonunchilikka koʻra, bunday fuqarolar 10 yil oldin pensiyaga chiqish huquqiga ega. Ammo unga imtiyozli pensiyaga chiqish rad etildi. Sobir aka orqaga chekinmadi, toʻgʻri Adliya boʻlimiga bordi...

Voqeaning davomini videoda koʻring.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1
#Adliya_xabari

⚔️10 ta hududda yana 18 298 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi

🔹Surxondaryo viloyati: Yana 3 286 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 13 895 nafarga yetdi.

🔸Xorazm viloyati: 1 509 nafar fuqaroning yer uchastkasiga ijara hamda undagi bino-inshootlarga mulk huquqi e’tirof etildi. 2025–2026-yillarda bunday fuqarolar soni 8 254 nafarni tashkil etdi.

🔹Andijon viloyati: Yana 4 650 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 12 080 nafarga yetdi.

🔸Farg‘ona viloyati: Yana 2 050 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 15 003 nafarga yetdi.

🔹Samarqand viloyati: Yana 1 525 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 13 587 nafarga yetdi.

🔸Qashqadaryo viloyati: Yana 1 780 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 13 529 nafarga yetdi.

🔹 Buxoro viloyati: Yana 951 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 7 641 nafarga yetdi.

🔸 Navoiy viloyati: Yana 703 nafar fuqaroning uy-joy va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 3 039 nafarga yetdi.

🔹 Sirdaryo viloyati: Yana 814 nafar fuqaroning uy-joylariga mulk hamda yer uchastkalariga ijara huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 3 594 nafarga yetdi.

🔸 Jizzax viloyati: Yana 1 030 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 6 091 nafarga yetdi.
Bularning barchasi, avvalo, inson manfaatini ta’minlash, fuqarolarning yillar davomida yechimini kutgan mulkiy masalalariga qonuniy yechim berish va ularning ertangi kunga ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Kodeks aka”ning hayratlanarli hayot yoʻli

Ushbu koʻrsatuvda Mirfayoz ota va umr yoʻldoshi Muhabbat ayaning mashaqqatli hayoti, Adliya vazirligidagi mehnat faoliyati, sabr, halollik va oilaviy qadriyatlar haqida samimiy hikoya qilinadi.

Bu oddiy insonlarning gʻurur, mehnat va matonatga toʻla hayot yoʻli sizni befarq qoldirmaydi.

https://youtu.be/xaTlbTOfEl4
8🔥4👏2
Forwarded from Rasmiy axborot
🎗 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Qirgʻiz Respublikasining yuksak mukofotini davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov topshirdi.

Oʻzbekiston yetakchisi qardosh Qirgʻiziston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlar hamda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan mushtarak intilishlarning yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.


❗️Ma’lumot uchun: 1996-yilda taʼsis etilgan “Manas” ordeni Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va oʻzaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🔥1
#Adliya_xabari

⚔️ Adliya vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi

📊 Majlisda 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlari sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.

⭐️ Ta’kidlanganidek, “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida 41 ta davlat organi orasida Adliya vazirligi “namunali vazirlik” deb e’tirof etildi.

📈 Hisobot davrida erishilgan asosiy natijalar:

⚖️ 840 ta normativ-huquqiy hujjat davlat hisobiga olindi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21 foizga ko‘p.

📑 Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar soni 1,5 baravar oshib, 301 taga yetdi.

🔍 1 700 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat loyihasi tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazilib, 229 ta korrupsiyaviy omil aniqlandi.

📋 Majburiy talablar reyestri doirasida 42 mingta majburiy talab qayta ko‘rib chiqilmoqda.

💻 40 ta davlat xizmati soddalashtirildi. Natijada kompozit davlat xizmatlari soni 128 taga, proaktiv xizmatlar esa 33 taga yetkazildi.

🏢 Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni 75 taga oshirilib, 592 tani tashkil etdi.

👶 Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma endilikda 100 foiz avtomatik, xodim ishtirokisiz onlayn rasmiylashtirilmoqda.

✍️ Onlayn rasmiylashtirilgan notarial harakatlar soni 4 baravar oshib, 463 mingdan ortiqni tashkil etdi.

🤝 Mediatsiya kelishuvlari soni ham 4 baravar oshib, 18 mingdan ortiq rasmiylashtirildi.

🔗 “E-notarius” axborot tizimining boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyasi 95 foizga yetkazildi.

⚖️ Davlat hisobidan ko‘rsatilayotgan bepul yuridik yordam hajmi yiliga 80 ming xizmatga yetdi.

👨‍⚖️ Har 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan advokatlar soni 14 nafardan 20 nafarga oshdi.

📄 Yuridik xizmat markazlari tomonidan davlat tashkilotlarining 4,3 millionta hujjat loyihasiga huquqiy xulosalar berildi. Bunda xulosa berish muddati 46 soatdan 2 soatgacha qisqartirildi.

📜 Ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyektlari soni 1,5 baravar oshib, 15 mingdan ortiqni, huquqiy himoyasi ta’minlangan obyektlar soni esa 2 baravar oshib, 3,1 mingtani tashkil etdi.

⏱️ Byurokratik bosqichlarni qisqartirish hisobiga vazirlikning ichki jarayonlaridagi vaqt sarfi 45 foizga optimallashtirildi.

📌 Ijro intizomi 99,59 foizni tashkil etdi.

🔹 Majlisda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍114🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Farg'ona shahrida Adliya vazirligi tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.

Davlat idoralarining rahbarlari, avvalo, fuqarolarni eshitishi, muammosini hal qilishi kerak — adliya vaziri Akbar Tashkulov

                                                
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
🔥8👍6👏41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚔️ Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning vazifamiz!

❗️Pora talab qilish, noqonuniy xatti_harakatlar yoki boshqa korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, bu haqda darhol xabar bering.

📞 Ishonch telefoni: +998 71 207-04-64 (1321, 1322, 1323, 1324)
🤖 Telegram bot: @anticorbot

🔒 Murojaat qiluvchining shaxsi va taqdim etilgan ma'lumotlarning maxfiyligi kafolatlanadi.


⚔️Halollik va qonun ustuvorligini birgalikda ta'minlaylik!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥4😢1
💼 Muammolar tinglandi, yechimlar ustida ish boshlandi: Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

📌 3-avgust kuni Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov tomonidan shaxsiy qabul tashkil etildi.

Qabul ikki formatda tashkil etildi:
• Adliya vazirligi binospida bevosita (offlayn);
• Hududlardagi tadbirkorlar va sud boshqaruvchilari ishtirokida videokonferensaloqa orqali.

📩 Qabul davomida 30 dan ortiq tadbirkorlar va sudboshqaruvchilari tomonidan ko‘tarilgan murojaatlaratroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, to‘lovgaqobiliyatsizlik sohasida uchrayotgan amaliy muammolar, qonunchilikni takomillashtirish, davlat organlari axborot tizimlari integratsiyasi, mol-mulkni realizatsiya qilishga doir taqiq bilan yuzaga kelayotgan masalalar, bank va ijro organlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan takliflar bildirildi.

⚖️Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi, tizimli muammolarni bartaraf etish va ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Agentlik faoliyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini bevosita o‘rganish hamda amaliy yechimlarni ishlab chiqish ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥75
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚔️Yuzlab qo‘ng‘iroqlar. Minglab savollar. Bitta maqsad — fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish.

❗️Adliya vazirligining 1008 ishonch telefoni call-markazi faoliyati bilan tanishing.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍4
#Adliya_xabari

⚔️ Davlat boshqaruvida Big Data va sun’iy intellektdan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev ishtirokida "Dalillarga asoslangan davlat boshqaruvi uchun katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt" mavzusidagi uch kunlik seminar-trening boshlandi.

🤝 Seminarda davlat organlari va mahalliy hokimiyatlardan 35 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etib, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish hamda dalillarga asoslangan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.

💬 "Bugungi kunda davlat organlarida juda katta hajmdagi ma’lumotlar shakllanmoqda. Ularning haqiqiy qiymati esa ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish, to‘g‘ri talqin etish va ular asosida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda namoyon bo‘ladi." — Nu'mon Muxammadiyev.


📌 Ta’kidlanganidek, seminar-treningning asosiy maqsadi davlat xizmatchilarida ma’lumotlarga asoslangan fikrlash madaniyatini shakllantirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishda samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

❗️Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyiha doirasida tashkil etilmoqda.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍7🔥3