ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#muhim_yangilik
#Adliya_xabari

⚔️ "Bir ariza – bir natija" (1-0-1): endi 3 ta hujjatni apostil bilan olish uchun bitta ariza kifoya

📑 Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida "Chet elga taqdim etiladigan hujjatlarni kompozit apostil qilish" xizmati ishga tushirildi.

Endilikda fuqarolar my.gov.uz portali orqali bitta ariza yuborish orqali quyidagi hujjatlarni apostil qo‘yilgan holda rasmiylashtirishi mumkin:
• sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma;
• ruhiy kasalliklar dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma;
• narkologiya dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma.

💻 Yangi xizmat "Bir ariza – bir natija" (1-0-1) tamoyili asosida ishlaydi. Fuqarodan faqat bitta elektron ariza talab etiladi. Qolgan barcha jarayonlar tegishli davlat organlari o‘rtasidagi elektron axborot almashinuvi orqali, fuqaroning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi.

📌 Avval ushbu xizmatdan foydalanish uchun fuqaro:
• Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilishi;
• tegishli ma'lumotnomani alohida olishi;
• hujjatga imzo va muhr qo‘ydirishi;
• apostil qo‘yish uchun yana alohida ariza topshirishi;
• apostil natijasini olish uchun qayta murojaat qilishi lozim edi.

Endi esa ushbu 5 bosqichning barchasi bitta ariza orqali amalga oshiriladi. Natijada fuqarolarning vaqti tejaladi, ortiqcha hujjatbozlik va takroriy murojaatlarga ehtiyoj qolmaydi.

🌐 Xizmatdan foydalanish: https://my.gov.uz/uz/service/1486

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
103🔥2👍1
#Adliya_xabari
#muhim_yangilik

⚔️ "Bir ariza – bir natija" (1-0-1 tamoyili): endi bolani bog‘chaga joylashtirish uchun barcha jarayonlar to'liq avtomatlashdi

Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish jarayoni "Bir ariza – bir natija" (1-0-1) tamoyili asosida to‘liq raqamlashtirildi.

💻 Endilikda ota-onalar my.gov.uz portali orqali quyidagi xizmatlarning barchasidan yagona tizim orqali foydalanishi mumkin:
bolani bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanma rasmiylashtirish;
zarurat bo‘lmaganda yo‘llanmani bekor qilish;
tibbiyot muassasasiga elektron yo‘llanma olish va tibbiy ma’lumotnomani rasmiylashtirish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan shartnomani elektron shaklda imzolash.

🔄 Barcha jarayonlar turli idoralarga alohida murojaat qilmasdan, yagona platformada amalga oshiriladi.

⚙️ Shuningdek, bolani tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayoni ham to‘liq avtomatlashtirildi. Endilikda ushbu jarayon inson omilisiz va real vaqt rejimida amalga oshiriladi.

📌 Avvallari ota-onalar ushbu jarayonni yakunlash uchun 20 kungacha vaqt sarflar, bir nechta idoraga murojaat qilishlariga to‘g‘ri kelar, hujjatlarni kelishish va rasmiylashtirish esa inson omili ishtirokida amalga oshirilardi.

🚀 Endi esa barcha bosqichlar yagona raqamli tizimga birlashtirildi. Natijada bog‘chaga joylashtirish tartibi ota-onalar uchun yanada qulaylashdi, vaqt va ortiqcha hujjatbozlik kamaydi, xizmatlarning shaffofligi hamda tezkorligi oshirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
#muhim_yangilik

⚔️ Advokatura: raqamlashtirish yangi bosqichga chiqmoqda

Endilikda advokatlar jazoni ijro etish muassasalariga kirish uchun elektron navbatni onlayn olishi mumkin.

💻 "Yuridik yordam" va "E-mahkum" axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasi natijasida advokat E-advokat.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali himoyasi ostidagi shaxs bilan uchrashish sanasi va vaqtini mustaqil belgilab, elektron navbatni rasmiylashtiradi.

📌 Shuningdek, advokatlar jazoni ijro etish muassasasiga kirishda advokatlik guvohnomasi va elektron orderni qog‘oz yoki alohida elektron shaklda taqdim etish majburiyatidan ozod etildi.

🔄 Mazkur hujjatlar endilikda idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik tekshiriladi.

Natijada advokatlar uchun byurokratik jarayonlar qisqarib, jazoni ijro etish muassasalariga kirish tartibi yanada qulay, tezkor va shaffof bo‘ldi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥1