ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Sayyor_qabul

⚔️ Sayyor qabulda 7 ta murojaat joyida hal etildi

📍 Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Sirdaryo tumanidagi "Ilg‘or" mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

👥 Qabulda 34 nafar fuqaro ishtirok etib, kadastr, ishga joylashish, kommunal xizmatlar, moddiy yordam, mulkiy huquqlar hamda boshqa huquqiy masalalarga oid murojaatlarini bildirdi.

Murojaatlar natijasiga ko‘ra:
7 ta murojaat joyida hal etildi;
15 ta murojaat ish yurituviga olindi;
12 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

🏛 Shuningdek, sayyor qabul doirasida fuqarolarga davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi. Bank, ijtimoiy himoya va notariat sohasi vakillarining ishtiroki murojaatlarning ayrimlarini joyida hal etish imkonini berdi.

🏠 Sayyor qabuldan so‘ng viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i fuqarolardan birining murojaati yuzasidan uning yashash manziliga chiqib, vaziyatni joyida o‘rgandi. Murojaatning qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilishi ta’minlanishi belgilandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
#muhim_yangilik
#Adliya_xabari

⚔️ "Bir ariza – bir natija" (1-0-1): endi 3 ta hujjatni apostil bilan olish uchun bitta ariza kifoya

📑 Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida "Chet elga taqdim etiladigan hujjatlarni kompozit apostil qilish" xizmati ishga tushirildi.

Endilikda fuqarolar my.gov.uz portali orqali bitta ariza yuborish orqali quyidagi hujjatlarni apostil qo‘yilgan holda rasmiylashtirishi mumkin:
• sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma;
• ruhiy kasalliklar dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma;
• narkologiya dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma.

💻 Yangi xizmat "Bir ariza – bir natija" (1-0-1) tamoyili asosida ishlaydi. Fuqarodan faqat bitta elektron ariza talab etiladi. Qolgan barcha jarayonlar tegishli davlat organlari o‘rtasidagi elektron axborot almashinuvi orqali, fuqaroning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi.

📌 Avval ushbu xizmatdan foydalanish uchun fuqaro:
• Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilishi;
• tegishli ma'lumotnomani alohida olishi;
• hujjatga imzo va muhr qo‘ydirishi;
• apostil qo‘yish uchun yana alohida ariza topshirishi;
• apostil natijasini olish uchun qayta murojaat qilishi lozim edi.

Endi esa ushbu 5 bosqichning barchasi bitta ariza orqali amalga oshiriladi. Natijada fuqarolarning vaqti tejaladi, ortiqcha hujjatbozlik va takroriy murojaatlarga ehtiyoj qolmaydi.

🌐 Xizmatdan foydalanish: https://my.gov.uz/uz/service/1486

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
103🔥2👍1
#Adliya_xabari

⚔️ Yashnoboddagi mehnat yarmarkasida 11 nafar fuqaro ishga joylashtirildi

📍 Adliya vazirligi tashabbusi bilan aholining bandligini ta’minlash hamda ularni barqaror daromad manbaiga ega qilish maqsadida Yashnobod tumanida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.

🏢 TEXNOPARK MCHJda o‘tkazilgan yarmarkada 130 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi.

Yarmarka yakunlariga ko‘ra:
🔹 11 nafar fuqaro ishga joylashtirildi;
🔹 35 nafari ishga yo‘naltirildi;
🔹 9 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi;
🔹 35 nafar fuqaro ishga kirish uchun anketa to‘ldirdi.

🤝 Mazkur yarmarka fuqarolarni munosib ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda ish beruvchilar bilan bevosita bog‘lash orqali yangi mehnat imkoniyatlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Adliya_xabari

Bugungi kunda, siz, quyidagi elektron tizimlar (sahifalar) orqali o'z huquqiy bilimlaringizni boyitib borishingiz va huquqiy yordam olishingiz mumkin.


https://lex.uz — o'zingizga kerakli bo'lgan qonunchilik ma'lumotlari, huquqiy tushuntirishlar va qo'llanmalar bilan bepul tanishib borishingiz mumkin.

https://t.me/huquqiyaxborot — qonunchilikdagi yangiliklardan oson, sodda va xalqchil tilda tanishib borishingiz mumkin.

Adliya Plus mobil ilovasi — Adliya vazirligi xizmatlarining raqamli platformasi. Ilova orqali 100 tadan ortiq xizmatlardan masofadan foydalanish mumkin.

Huquq maktabi mobil ilovasi — huquqiy bilimlarni malakali mutaxassislardan bepul o'rganish mumkin.

https://huquqiyportal.uz — o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob va bepul huquqiy maslahatlar olishingiz mumkin.

https://test.adliya.uz — huquqiy bilimingizni sinovdan o'tkazib borishingiz mumkin.

https://kurslar.huquqiyportal.uz — mavzulashtirilgan kurslar orqali huquqiy bilimingizni bepul oshirib borishingiz mumkin.

https://advice.uz — kundalik hayotingizdagi huquqiy muammolarga amaliy misollar orqali yechim topishingiz mumkin.

https://b-advice.uz — o'z biznesingizni boshlamoqchimisiz, unda ushbu platforma sizga bepul huquqiy maslahatlar berib boradi.

https://yurxizmat.uz — o'zingizga kerakli bo'lgan hujjat loyihalarini (ariza, da'vo ariza, buyruq, shartnoma va h.k) mustaqil tayyorlashingiz mumkin.

https://e-notarius.uz — o'zingiz istagan notariusni izlab topishingiz, shuningdek notarial harakatlar uchun qancha to'lov qilishingizni mustaqil bilib olishingiz mumkin.

https://e-advokat.uz — respublikaning istalgan hududidan o'zingizga kerakli bo'lgan advokatni topishingiz mumkin.

https://bolahuquqlari.uz — farzandingizning huquqiy savodxonligini bolalikdan boshlab oshirib borishingiz mumkin. Bolalar tilida huquqiy ma'lumotlar bazasi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_Adliya_oilasimiz

⚔️ Adliya — shunchaki ish joyi emas.

Bu — bilim bilan erishiladigan imkoniyat, mehnat bilan bosib o‘tiladigan yuksalish yo‘li, xalq roziligi bilan o‘lchanadigan sharafli xizmat.

Bizni qonuniylik, insonparvarlik, halollik, professionallik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviylik birlashtiradi.

Biz Adliya oilasimiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34👍18🔥11👏3🎉2
#Adliya_xabari
#muhim_yangilik

⚔️ "Bir ariza – bir natija" (1-0-1 tamoyili): endi bolani bog‘chaga joylashtirish uchun barcha jarayonlar to'liq avtomatlashdi

Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish jarayoni "Bir ariza – bir natija" (1-0-1) tamoyili asosida to‘liq raqamlashtirildi.

💻 Endilikda ota-onalar my.gov.uz portali orqali quyidagi xizmatlarning barchasidan yagona tizim orqali foydalanishi mumkin:
bolani bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanma rasmiylashtirish;
zarurat bo‘lmaganda yo‘llanmani bekor qilish;
tibbiyot muassasasiga elektron yo‘llanma olish va tibbiy ma’lumotnomani rasmiylashtirish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan shartnomani elektron shaklda imzolash.

🔄 Barcha jarayonlar turli idoralarga alohida murojaat qilmasdan, yagona platformada amalga oshiriladi.

⚙️ Shuningdek, bolani tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayoni ham to‘liq avtomatlashtirildi. Endilikda ushbu jarayon inson omilisiz va real vaqt rejimida amalga oshiriladi.

📌 Avvallari ota-onalar ushbu jarayonni yakunlash uchun 20 kungacha vaqt sarflar, bir nechta idoraga murojaat qilishlariga to‘g‘ri kelar, hujjatlarni kelishish va rasmiylashtirish esa inson omili ishtirokida amalga oshirilardi.

🚀 Endi esa barcha bosqichlar yagona raqamli tizimga birlashtirildi. Natijada bog‘chaga joylashtirish tartibi ota-onalar uchun yanada qulaylashdi, vaqt va ortiqcha hujjatbozlik kamaydi, xizmatlarning shaffofligi hamda tezkorligi oshirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Bir_murojaat_izidan

⚔️ 4 avlod va 100 dan ortiq merosxo‘rni sarson qilgan qariyb bir asrlik muammo adliya ko‘magida hal etildi

📍 Farg‘ona viloyatida fuqaroning bobosi 1940-yilda Ikkinchi jahon urushiga ketib halok bo‘lgan. Biroq uning shaxsiga hamda vafotiga oid ma’lumotlar 1953-yildagi ro‘yxatga olish hujjatlarida aks etmagani sababli meros huquqlarini rasmiylashtirish masalasi yillar davomida yechimsiz qolib kelgan.

🏡 Natijada 4 avlod va 100 dan ortiq merosxo‘r o‘z mulkiy huquqlarini qonuniy rasmiylashtira olmagan.

🤝 Muammo yechimini topa olmagan fuqaro Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

🔍 Adliya xodimlari uzoq yillarga oid arxiv hujjatlarini sinchiklab o‘rganib, zarur dalillarni to‘pladi hamda masalani qonuniy hal etish uchun sudga murojaat qildi.

Sud taqdim etilgan dalillarni ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qildi.

🎉 Natijada qariyb bir asr davomida yechilmay kelgan meros masalasi o‘z yechimini topdi. Endilikda 100 dan ortiq merosxo‘r o‘z mulkiy huquqlarini notarial tartibda rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Adliya_aralashgach

⚔️ Adliya aralashuvi bilan xodimning 52,5 million so‘mlik ish haqi undirildi

📍 Namangan viloyatida fuqaro D. Kamalova o‘ziga tegishli ish haqi uzoq vaqt davomida to‘lanmayotgani yuzasidan adliya organlariga murojaat qildi.

🔍 Murojaat adliya organlari tomonidan qonunchilik talablari asosida o‘rganilib, "Namangan viloyati suv ta’minoti" AJ hujjatlari tahlil qilindi.

📄 O‘rganish davomida korxona tomonidan fuqaro oldida 52 million 510 ming 724 so‘m miqdorida ish haqi qarzdorligi mavjudligi tasdiqlandi.

⚖️ Shundan so‘ng adliya organlari tomonidan fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi.

Sud qaroriga asosan fuqaro foydasiga 52 million 510 ming 724 so‘m miqdoridagi ish haqi undirib berilishi ta’minlandi.

🤝 Adliya organlari fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va buzilgan huquqlarini tiklash borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Adliya_aralashgach

⚔️ Samarqand viloyatida 6 nafar xodim foydasiga 64 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi

📍 Jomboy tuman sport maktabining 6 nafar xodimi ish haqlari to‘liq to‘lanmagani yuzasidan adliya organlariga murojaat qildi.

🔍 Murojaatlar adliya organlari tomonidan o‘rganilib, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida sudga da’vo arizalari kiritildi.

⚖️ Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining hal qiluv qarorlariga asosan xodimlar foydasiga:
💵 22 million 175 ming 640 so‘m ish haqi;
💵 42 million 120 ming so‘m kompensatsiya va moddiy yordam puli undirilishi ta’minlandi.

Natijada adliya aralashuvi bilan 6 nafar xodimning mehnat huquqlari tiklandi hamda ularning foydasiga jami 64 million 295 ming 640 so‘m mablag‘ undirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7