#Adliya_xabari
#Sayyor_qabul
⚔️ Sayyor qabulda 7 ta murojaat joyida hal etildi
📍 Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Sirdaryo tumanidagi "Ilg‘or" mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
👥 Qabulda 34 nafar fuqaro ishtirok etib, kadastr, ishga joylashish, kommunal xizmatlar, moddiy yordam, mulkiy huquqlar hamda boshqa huquqiy masalalarga oid murojaatlarini bildirdi.
✅ Murojaatlar natijasiga ko‘ra:
• 7 ta murojaat joyida hal etildi;
• 15 ta murojaat ish yurituviga olindi;
• 12 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
🏛 Shuningdek, sayyor qabul doirasida fuqarolarga davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi. Bank, ijtimoiy himoya va notariat sohasi vakillarining ishtiroki murojaatlarning ayrimlarini joyida hal etish imkonini berdi.
🏠 Sayyor qabuldan so‘ng viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i fuqarolardan birining murojaati yuzasidan uning yashash manziliga chiqib, vaziyatni joyida o‘rgandi. Murojaatning qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilishi ta’minlanishi belgilandi.
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
#muhim_yangilik
#Adliya_xabari
⚔️ "Bir ariza – bir natija" (1-0-1): endi 3 ta hujjatni apostil bilan olish uchun bitta ariza kifoya
📑 Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida "Chet elga taqdim etiladigan hujjatlarni kompozit apostil qilish" xizmati ishga tushirildi.
✅ Endilikda fuqarolar my.gov.uz portali orqali bitta ariza yuborish orqali quyidagi hujjatlarni apostil qo‘yilgan holda rasmiylashtirishi mumkin:
• sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma;
• ruhiy kasalliklar dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma;
• narkologiya dispanserida ro'yxatda turmaslik haqida ma'lumotnoma.
💻 Yangi xizmat "Bir ariza – bir natija" (1-0-1) tamoyili asosida ishlaydi. Fuqarodan faqat bitta elektron ariza talab etiladi. Qolgan barcha jarayonlar tegishli davlat organlari o‘rtasidagi elektron axborot almashinuvi orqali, fuqaroning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi.
📌 Avval ushbu xizmatdan foydalanish uchun fuqaro:
• Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilishi;
• tegishli ma'lumotnomani alohida olishi;
• hujjatga imzo va muhr qo‘ydirishi;
• apostil qo‘yish uchun yana alohida ariza topshirishi;
• apostil natijasini olish uchun qayta murojaat qilishi lozim edi.
✨ Endi esa ushbu 5 bosqichning barchasi bitta ariza orqali amalga oshiriladi. Natijada fuqarolarning vaqti tejaladi, ortiqcha hujjatbozlik va takroriy murojaatlarga ehtiyoj qolmaydi.
🌐 Xizmatdan foydalanish: https://my.gov.uz/uz/service/1486

10❤3🔥2👍1
#Adliya_xabari
⚔️ Yashnoboddagi mehnat yarmarkasida 11 nafar fuqaro ishga joylashtirildi
📍 Adliya vazirligi tashabbusi bilan aholining bandligini ta’minlash hamda ularni barqaror daromad manbaiga ega qilish maqsadida Yashnobod tumanida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
🏢 TEXNOPARK MCHJda o‘tkazilgan yarmarkada 130 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi.
✅ Yarmarka yakunlariga ko‘ra:
🔹 11 nafar fuqaro ishga joylashtirildi;
🔹 35 nafari ishga yo‘naltirildi;
🔹 9 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi;
🔹 35 nafar fuqaro ishga kirish uchun anketa to‘ldirdi.
🤝 Mazkur yarmarka fuqarolarni munosib ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda ish beruvchilar bilan bevosita bog‘lash orqali yangi mehnat imkoniyatlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

❤3
#Adliya_xabari
Bugungi kunda, siz, quyidagi elektron tizimlar (sahifalar) orqali o'z huquqiy bilimlaringizni boyitib borishingiz va huquqiy yordam olishingiz mumkin.
✅ https://lex.uz — o'zingizga kerakli bo'lgan qonunchilik ma'lumotlari, huquqiy tushuntirishlar va qo'llanmalar bilan bepul tanishib borishingiz mumkin.
✅ https://t.me/huquqiyaxborot — qonunchilikdagi yangiliklardan oson, sodda va xalqchil tilda tanishib borishingiz mumkin.
✅ Adliya Plus mobil ilovasi — Adliya vazirligi xizmatlarining raqamli platformasi. Ilova orqali 100 tadan ortiq xizmatlardan masofadan foydalanish mumkin.
✅ Huquq maktabi mobil ilovasi — huquqiy bilimlarni malakali mutaxassislardan bepul o'rganish mumkin.
✅ https://huquqiyportal.uz — o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob va bepul huquqiy maslahatlar olishingiz mumkin.
✅ https://test.adliya.uz — huquqiy bilimingizni sinovdan o'tkazib borishingiz mumkin.
✅ https://kurslar.huquqiyportal.uz — mavzulashtirilgan kurslar orqali huquqiy bilimingizni bepul oshirib borishingiz mumkin.
✅ https://advice.uz — kundalik hayotingizdagi huquqiy muammolarga amaliy misollar orqali yechim topishingiz mumkin.
✅ https://b-advice.uz — o'z biznesingizni boshlamoqchimisiz, unda ushbu platforma sizga bepul huquqiy maslahatlar berib boradi.
✅ https://yurxizmat.uz — o'zingizga kerakli bo'lgan hujjat loyihalarini (ariza, da'vo ariza, buyruq, shartnoma va h.k) mustaqil tayyorlashingiz mumkin.
✅ https://e-notarius.uz — o'zingiz istagan notariusni izlab topishingiz, shuningdek notarial harakatlar uchun qancha to'lov qilishingizni mustaqil bilib olishingiz mumkin.
✅ https://e-advokat.uz — respublikaning istalgan hududidan o'zingizga kerakli bo'lgan advokatni topishingiz mumkin.
✅ https://bolahuquqlari.uz — farzandingizning huquqiy savodxonligini bolalikdan boshlab oshirib borishingiz mumkin. Bolalar tilida huquqiy ma'lumotlar bazasi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Bugungi kunda, siz, quyidagi elektron tizimlar (sahifalar) orqali o'z huquqiy bilimlaringizni boyitib borishingiz va huquqiy yordam olishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_Adliya_oilasimiz
⚔️ Adliya — shunchaki ish joyi emas.
Bu — bilim bilan erishiladigan imkoniyat, mehnat bilan bosib o‘tiladigan yuksalish yo‘li, xalq roziligi bilan o‘lchanadigan sharafli xizmat.
Bizni qonuniylik, insonparvarlik, halollik, professionallik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviylik birlashtiradi.
Biz Adliya oilasimiz!

❤34👍18🔥11👏3🎉2