#Sayyor_qabul
⚔️ Furqat tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
⚖️ Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Furqat tumanining "Chirkay" mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
📝 Qabul davomida uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya olish, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaat qabul qilindi.
✅ Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar esa belgilangan tartibda nazoratga olindi.
💼 Shuningdek, tadbir davomida fuqarolarga 30 dan ortiq sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi.
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1🎉1🙏1
Forwarded from “O‘ZARXIV” AGENTLIGI
#live
Ayni paytda, “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Jizzax viloyatidagi Yosh arxivchi xodimlar bilan uchrashuv o'tkazmoqda.
📄Jizzax viloyatida yosh arxivchilar bilan boʻlib oʻtayotgan uchrashuvda yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan ijtimoiy tadbirlarni yanada koʻproq tashkil etilishi, soha rivoji uchun yoshlar tomonidan berilayotgan takliflar va savollarga atroflicha javob berilmoqda hamda fikr va takliflar bildirilmoqda.
✅Qayd etish kerakki, Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida jami 66 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ushbu xodimlarning 24 nafarini yoshlar tashkil etadi.
📝Mazkur uchrashuv davomida arxivchi yoshlar o'zlarining innovatsion g'oyalari va tashabbuslarini ilgari surishdi. Xususan, uch nafar yosh xodimlar tomonidan sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan "Arxiv karvoni", "Eng yaxshi tuman arxivlari reytingi" kabi loyihalar taqdimoti o'tkazildi.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati

❤1
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni
⚔️ "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi
📍 Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ bog‘ida "Yoshlar kuni" doirasida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida o‘quv markazida tahsil olayotgan 50 nafardan ortiq yosh bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
💬 Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilinib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar yuzasidan fikr almashildi.
🎙 Tadbir doirasida "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida taniqli tadbirkor Akbar Maxmudov ham ishtirok etib, o‘zining hayotiy tajribasi, erishgan yutuqlari va bosib o‘tgan yo‘li haqida yoshlarga so‘zlab berdi.
🏆 Uchrashuv yakunida faol ishtirok etgan yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✅ Bunday uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda davlat organlari va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

👍3