#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni
⚔️ "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida yoshlar bilan motivatsion uchrashuv o‘tkazildi
📍 Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan "Yoshlar kuni" doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi hamda "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida motivatsion muloqot tashkil etildi.
🤝 Tadbirda adliya tizimi xodimlari, tajribali advokatlar, mehnat faxriylari, hududiy adliya organlari yoshlari hamda yuridik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.
💬 Uchrashuv davomida yoshlarga yuridik sohada muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari, halollik va mas’uliyatning ahamiyati haqida tavsiyalar berildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga hayotiy misollar va amaliy tajribalar asosida javob qaytarildi.
👤 Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi birinchi o‘rinbosari yoshlarga mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, adliya tizimidagi islohotlar hamda kasbiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirdi.
✅ "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusidagi muloqot yoshlarni yuksak marralar sari ruhlantirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda adliya tizimi uchun malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qildi.
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni
🤝 Yosh arxivchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
📍 "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Jizzax viloyatidagi yosh arxivchi xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
💬 Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tadbirlarni yanada kengaytirish, arxiv sohasini rivojlantirish, shuningdek, "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida kasbiy tajriba va tavsiyalar yuzasidan fikr almashildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
📊 Qayd etilganidek, Jizzax viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida 66 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shundan 24 nafari yoshlar hisoblanadi.
💡 Uchrashuv yakunida yosh arxivchilar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini taqdim etdi. Xususan, "Arxiv karvoni" hamda "Eng yaxshi tuman arxivlari reytingi" loyihalari sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar sifatida taqdim qilindi.

#Rahbar_va_yoshlar
⚔️ "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri tomonidan Qo‘ng‘irot tumanidagi Yoshlar markazida "Payshanba – yoshlar kuni" doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
💬 Ochiq muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy sharoitlari va kelajakdagi rejalari yuzasidan fikrlari tinglandi. Shuningdek, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida samimiy suhbat tashkil etilib, hayotiy tajribalar va tavsiyalar ulashildi.
📝 Uchrashuvda yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilinib, ularning murojaatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
✅ Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi maqsadlariga erishishda motivatsiya berishga xizmat qilmoqda.

👍2🔥2❤1
#Adliya_va_yoshlar
⚔️ Jazoni ijro etish muassasasidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
📍 Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Xavfsiz va sog‘lom yurt" maxsus profilaktik tadbiri doirasida Uychi tumanidagi 6-son tergov hibsxonasida jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
⚖️ Muloqot davomida yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash, sodir etilgan xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish hamda ozodlikka chiqqach jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.
💬 Shuningdek, yoshlarga mamlakatimizda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi hamda "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida hayotda munosib o‘rin topishga xizmat qiladigan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
📚 Tadbir yakunida jazoni ijro etish muassasasiga yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladigan huquqiy adabiyotlar jamlanmasi topshirildi.
✅ Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni jamiyatga muvaffaqiyatli qayta integratsiya qilishga xizmat qilmoqda.