ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#advokatura_statistika

⚔️ Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimida muhim natijalar qayd etildi

👨‍⚖️ "Yuridik yordam" axborot tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlarni tasodifiy generatsiya (random) asosida tanlash tartibining yo‘lga qo‘yilishi natijasida "cho‘ntak advokatlar" faoliyatiga chek qo‘yildi.

📊 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra:
🔹 Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzgan advokatlar soni 2 517 nafarni tashkil etdi;
🔹 Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha 39 656 ta so‘rov kelib tushdi. Shundan:
▫️ 15 646 tasi — sudlardan;
▫️ 23 665 tasi — surishtiruv-tergov organlaridan;
▫️ 345 tasi — fuqarolar tomonidan yuborilgan.

📌 Mazkur so‘rovlar asosida:
▫️ 32 695 ta holatda Jinoyat-protsessual kodeksining 51 va 52-moddalariga muvofiq gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi shaxslarga;
▫️ 6 770 ta holatda kam ta’minlangan shaxs sifatida "Ijtimoiy himoya" yagona reyestrida turgan shaxslarga;
▫️ 162 ta holatda psixiatriya yordami ko‘rsatilayotgan shaxslarga;
▫️ 29 ta holatda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilgan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatildi.

💰 Iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tomonidan 31 064 ta ish uchun 21,5 mlrd so‘m miqdorida to‘lovlar amalga oshirildi.

⚔️ Jazoni ijro etish muassasalariga kirish uchun onlayn navbat olish tartibi joriy etildi.

🔄 "Yuridik yordam" axborot tizimi va Jazoni ijro etish departamentining "E-mahkum" axborot tizimi o‘zaro integratsiya qilindi.

📲 Bugungi kunga kelib, 622 nafar advokat himoyasi ostidagi shaxslar bilan uchrashish uchun elektron navbat olish tizimidan foydalandi.

⚔️ Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha elektron reyestr yuritish yo‘lga qo‘yildi.

🎓 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan advokatlar uchun zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.

📋 2026-yilning birinchi yarmida 35 nafar advokat mazkur elektron reyestrga kiritildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1🎉1