ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚖️ Adliya vaziri o‘rinbosari jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tizimlar faoliyatini o‘rgandi

📍 Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev Toshkent shahrining Yashnabod tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tizimlar faoliyati bilan joyida tanishdi.

🔍 O‘rganishlar davomida mahallalarda o‘rnatilgan “tashvish tugmalari”ning ishchanlik holati, jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarda tashkil etilgan profilaktika ishlari hamda “Huquq-tartibot maskani” faoliyati ko‘zdan kechirildi.

🚔 Shuningdek, xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari bilan muloqot qilinib, ularning faoliyati hamda vaqtincha saqlash xonalaridagi sharoitlar o‘rganildi.

📌 O‘rganishlar yakunida profilaktika tadbirlari samaradorligini yanada oshirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥42
#Adliya_xabari

⚔️Iste’dod va imkoniyatlar bir maydonda jam bo‘ldi

🎨 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Nogironlar jamiyati hamkorligida “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida “Maftunkor ranglar jilosi” VIII Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

👥 Tanlovda respublikamizning barcha 14 ta hududidan 28 nafar ishtirokchi qatnashib, shundan 14 nafari tasviriy san’at, yana 14 nafari esa shaxmat yo‘nalishida o‘z iste’dodi va mahoratini namoyon etdi.

Mazkur ko‘rik-tanlov nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini rag‘batlantirish hamda inklyuziv muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🤝 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi, IT ta’lim uyushmasi, “Ona” jamoat fondi hamda Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi ko‘magida tashkil etildi.


🏆 Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar shuningdek, barcha ishtirokchilar diplomlar, qimmatbaho sovg‘alar hamda esdalik sovrinlari bilan taqdirlandi.

💬 Har bir iste’dod e’tirofga, har bir inson esa teng imkoniyatga loyiq.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Adliya vaziri Akbar Tashkulovning vazirlik binosida tashkil etilgan shaxsiy qabuli


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9🔥5👍43
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Maftunkor ranglar jilosi" VIII respublika tanlovi


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53👍2
#Adliya_xabari

⚔️ Yuridik shaxslar uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

⚖️ Adliya vazirligi tashabbusi bilan vakolat.adliya.uz tizimida yuridik shaxslar uchun avtotransport moduli joriy etildi.

💻 Endilikda yuridik shaxslar o‘ziga tegishli yoki ijara shartnomasi asosida foydalanayotgan avtotransport vositalarini boshqarish uchun ishonchnomalarni vakolat.adliya.uz hamda new.birdarcha.uz axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirishi mumkin.

🔄 vakolat.adliya.uz hamda Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilingan.

📲 Shu bois rasmiylashtirilgan elektron ishonchnomalar real vaqt rejimida yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining planshetlarida aks etadi. Bu esa ishonchnomalarni tezkor tekshirish, ortiqcha hujjat aylanishini kamaytirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚔️Andijonda oʻqituvchi ayol oʻz ishiga qaytarilishi ta'minlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41
#Intellektual_mulk

⚔️ "YAGONA" tovar belgisi huquqiy himoya qilindi

📍 Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro A.B.ning "YAGONA" tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish yuzasidan murojaati o‘rganildi.

🔍 O‘rganishlar davomida "C.D" oilaviy korxonasi tomonidan "YAGONA" tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash nom ostida pista mahsuloti ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.

⚖️ Holat yuzasidan huquqbuzar yuridik shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, ya’ni 82 million 400 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

📞 Hurmatli tadbirkorlar! O‘z tovar belgingizni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazing. Agar brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelsangiz, Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥯“Agar Samarqand nonini Nyu-Yorkda pishirsak, uni Samarqand noni deb atash mumkinmi?”

Xo‘sh, aslida-chi⁉️

Nega har qanday pishirilgan nonni Samarqand noni deb atab bo‘lmaydi ⁉️

Bu nomning qadri va himoyasi nimada⁉️

Bunga javob siz o‘ylagandan ham qiziqroq. Videoni tomosha qiling.‼️

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥98👏3👍1🙏1
📢 DIQQAT, SHAXSIY QABUL!

👥 Tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari diqqatiga!

📄 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF–78-son Farmoni va PQ–172-son qaroriga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida maxsus vakolatli davlat organi – To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etildi.


🤝 Tadbirkorlik subyektlari hamda sud boshqaruvchilari faoliyatida uchrayotgan muammolarni bevosita oʼrganish va ularni hal etish choralarini koʼrish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʼrinbosari M. Istamov tomonidan shaxsiy qabul oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

📲 Shaxsiy qabulga yozilish istagida boʼlgan tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari +998 91 137-20-73 yoki +998 99 838-78-18 telefon raqamlari hamda Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi @sayyor_qabul_bot orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

📅 Roʻyxatga olish 2026-yil 22-iyul kuniga qadar davom etadi.

📍 Shaxsiy qabulda:
🏢 Toshkent shahridan ishtirok etuvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida;
🏛 Qoraqalpogʻiston Respublikasidan ishtirok etuvchilar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida;
💻 Viloyatlardan ishtirok etuvchilar — tegishli viloyat adliya boshqarmalari binolarida videokonferensaloqa rejimida qatnashishlari mumkin.
ℹ️ Shaxsiy qabul reja asosida hududlar kesimida navbatma-navbat tashkil etiladi. Uning kuni va vaqti haqida roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar bilan ular uchun qulay vaqt va shaklda bevosita bogʻlanilib, xabardor qilinadi.


🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi


📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☀️Jazirama kunlarda Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilayotgan fuqarolarga salqin ichimliklar tarqatildi.

💙 Inson qadri va fuqarolar qulayligi — ustuvor maqsadimiz.
10👏3🔥2
#So'rovnoma

📣 Hurmatli kuzatuvchi, adliya organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!

💬 So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu 👉 havolaning 👈 ustiga bosing!

❗️Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1