ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 "Yoshlar kuni" doirasida Samarqand viloyati Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida Samarqand shahrining 30 dan ortiq mahallasidan kelgan 60 nafardan ziyod yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilinib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning huquq va manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan islohotlar yuzasidan fikr almashildi.

🧠 Tadbir doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida "Zakovat" intellektual turniri ham o‘tkazildi.

🏆 Qizg‘in bahslarga boy o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib jamoalar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-
quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda davlat organlari bilan ochiq va samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida "Adolat" milliy huquqiy axborot markazida yoshlar uchun "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

🎓 Uchrashuvda yuridik fanlari doktori, Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti dekani ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordi.

💬 Muloqot davomida ezgu maqsad sari intilish, bilim va malakani muntazam oshirish, o‘z ustida ishlash, mas’uliyat va intizom kabi fazilatlarning hayotda va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

📚 Shuningdek, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undash hamda doimiy izlanish va rivojlanishga intilish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yoshlarni yangi marralar sari ruhlantirish, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda ochiq muloqot orqali hayotiy tajribalarni ulashish uchun muhim maydon bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

🤝 "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi

📍 "Yoshlar kuni" doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan Taxtako‘pir tumani Yoshlar markazida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

💬 Ochiq muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda kelajak rejalari bilan bog‘liq fikr va takliflari tinglandi.

⚖️ Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

📌 Tadbir yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni amaliyotga joriy etish hamda ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda davlat organlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi boshqaruv modeli: 980 turdagi xizmatlar mahallaga tushirildi

👍O‘zbekistonda ilk bor boshqaruvning eng quyi bog'ini — mahallada, zamonaviy boshqaruv modeli "Mahalla axborot va xizmat markazi" ish boshladi.

Endilikda 8 ta mahallada yashovchi 27 mingdan ortiq aholi 980 turdagi davlat, bank, kadastr, agro va boshqa xizmatlardan "bir qadam" tamoyili asosida foydalanishi mumkin.

🌍Ma'lumot uchun, Markaz konsepsiyasi Xitoy va Vengriyaning ilg‘or tajribalari asosida ishlab chiqilib, milliy mahalla tizimiga moslashtirildi.

#BoshqaruvSamaradorligi
#ZamonaviyBoshqaruvModeli #DavlatXizmatlari #SmartVillage

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_kuni

Beshariq tumanini online davlat xizmatlaridan foydalanish ko'nikmasi bo'yicha "namunaviy tuman"ga aylantirish reja qilinganligi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi davomida e'lon qilindi

Bu borada, Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Beshariq tumanidagi mahalla yettiligi a'zolari, shuningdek, barcha davlat idora va tashkilotlari xodimlarining my.gov.uz ilovasidan foydalanish ko'nikmasi shakllantiriladi.

Shu maqsadda, Beshariq tumanidagi hokim yordamchilari bilan suhbat va amaliy seminar o'tkazildi.

Ular ertadan boshlab, o'z hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar, xususan, yoshlar va tadbirkorlik subyektlariga my.gov.uz ilovasidan foydalanishning afzalliklari, qulayliklari tushuntiriladi va mazkur ilovadan foydalanish bo'yicha ko'nikmalari shakllantiriladi.

Mazkur tajribaviy amaliyot, viloyatning barcha tuman va shaharlarida bir vaqtda o'tkaziladi.

Navbatdagi o'zaro hamkorlik, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
🔥31👍1👏1🎉1