ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

📍 "Yoshlar kuni" doirasida Xorazm viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Yangibozor tumanida yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar, qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat xizmatlaridan foydalanish, kredit olish hamda litsenziyalash tartiblari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

⚖️ Shuningdek, ochiq muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan huquqiy masalalar muhokama qilinib, ularning savollariga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning
biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Adliya_xabari

❗️Fermer xo'jaliklari faoliyatini yuritishda huquqni qo'llash amaliyotidagi ayrim huquqiy muammolar o'rganildi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida Farg'ona shahri va shaharga yaqin hududlarda faoliyat yuritayotgan fermerlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda fermerlarning mavjud muammolari va takliflari o'rganildi.

Fermerlar tomonidan suvdan foydalanishdagi noreal qarzdorliklar, urug'chilik xo'jaliklaridagi shaffof mexanizmning mavjud emasligi, ikkilamchi ijaraga berishda huquqiy bo'shliqlarning mavjudligi yuzasidan takliflar berildi.

Uchrashuv so'ngida mazkur yo'nalishlar bo'yicha monitoring o'tkazish belgilab olindi.
👍41🔥1
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ Yosh tadbirkorlar bilan "Biznesning oshkora sirlari" formatida ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 "Yoshlar kuni" munosabati bilan Sirdaryo viloyatida yosh tadbirkorlar ishtirokida "Biznesning oshkora sirlari" formatida ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, bojxona, soliq organlari hamda Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi mas’ullari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

📊 Tadbir davomida ishtirokchilarga bojxona va soliq imtiyozlari, kredit olish tartibi, litsenziyalash, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish bo‘yicha amaldagi imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot va huquqiy tushuntirishlar berildi.

💬 Muloqotning "Biznesning oshkora sirlari" qismida tajribali tadbirkor o‘zining biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishdagi tajribasi bilan o‘rtoqlashib, yoshlarning savollariga amaliy tavsiyalar berdi.

Tadbir yakunida yosh tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi hamda ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tavsiyalar bildirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAVBATDAGI EKSPERIMENT XATIRCHIDA!

⚡️ Bugungi kunda kiberjinoyatlar ko‘paymoqda va achinarlisi, odamlar shoshib qolib, o‘z shaxsiy ma’lumotlari hamda plastik karta kodlarini o‘z qo‘llari bilan jinoyatchilarga topshirib qo‘yishmoqda.

Aynan mana shunday aldovlarning oldini olish maqsadida adliya organlari tomonidan mutlaqo yangi "Huquqiy eksperiment" loyihasi hayotga joriy etilmoqda. Ushbu loyiha doirasida fuqarolar real hayotda jinoyatchilar ishlatadigan sun’iy vaziyatlarga tushirib ko‘riladi va shu orqali ularning xatolari o‘zlariga ko‘rsatilib, huquqiy bilimlari jonli tarzda oshiriladi.

🗺 Respublika bo'ylab tashkil etilayotgan mazkur eksperiment Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida ham bo'lib o'tdi. Unda 50 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, afsuski, ularning qariyb 48 foizi shaxsiy ma’lumotlariga ulanish imkonini beruvchi maxfiy kodni taqdim etdilar.

💭 Unutmang, bank xodimlari hech qachon telefonda SMS kod so‘ramaydi, shuning uchun har qanday shubhali havola va qo‘ng‘iroqlarga ishonmay, shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga bermaslik orqali o‘zingizni kiberjinoyatchilardan himoya qiling.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Huquqiy_eksperiment

Namangan shahar davlat xizmatlari markazida “Huquqiy eksperiment” tashkil etildi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan adliya boshqarmasi tomonidan kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va aholining huquqiy hushyorligini tekshirish maqsadida qiziqarli "Huquqiy eksperiment" o‘tkazildi.

Eksperimentda 40 nafar hamyurtimiz ishtirok etdi

Hech qachon, hech qanday holatda telefoningizga kelgan SMS-kodlarni, maxsus parollarni begona shaxslarga aytmang!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM