#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚔️ Sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishdan oldin korrupsiyaga qarshi xulosa olish tartibi tasdiqlandi
📑 Adliya vazirligi sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan xulosa olish bo‘yicha idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3894, 2026-yil 8-iyul).
📌 Mazkur hujjat “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
📌 Bunda, nazorat ostida bo‘lgan tashkilot sobiq davlat xizmatchisini ishga qabul qilmoqchi bo‘lsa, kadrlar bo‘limi bir ish kuni ichida ichki nazorat bo‘linmasiga murojaat qiladi.
📝 Ichki nazorat bo‘linmasi uch xil xulosa beradi:
🟢 ijobiy — ishga qabul qilish mumkin;
🟡 cheklovli ijobiy — ayrim cheklovlar bilan ishga qabul qilinadi;
🔴 salbiy — ishga qabul qilish rad etiladi.
❗️ Ushbu xulosa olinmagan yoki salbiy xulosa berilgan taqdirda nomzodni ishga qabul qilish taqiqlanadi.
📋 Cheklovli ijobiy xulosa berilganda, xodimga quyidagi choralar belgilanadi:
✔️ 3 oy davomida avval nazorat qilgan tashkilot bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok eta olmaydi;
✔️ manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan vazifalari qayta taqsimlanadi;
✔️ faoliyati ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan monitoring qilinadi.
✅ Agar sobiq davlat xizmatchisi ichki nazorat bo‘linmasining xulosasidan norozi bo‘lsa, u yuqori turuvchi tashkilotga yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga shikoyat qilish huquqiga ega.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, ushbu Qonunda davlat organi yoki tashkilotida ishlagan xodim ishdan bo'shaganidan keyin 2 yil davomida uni o‘zi nazorat qilgan tashkilotga ishga olishdan oldin avvalgi ish joyining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan majburiy xulosa olinishi belgilangan.
📌 Bunda, nazorat ostida bo‘lgan tashkilot sobiq davlat xizmatchisini ishga qabul qilmoqchi bo‘lsa, kadrlar bo‘limi bir ish kuni ichida ichki nazorat bo‘linmasiga murojaat qiladi.
📝 Ichki nazorat bo‘linmasi uch xil xulosa beradi:
🟢 ijobiy — ishga qabul qilish mumkin;
🟡 cheklovli ijobiy — ayrim cheklovlar bilan ishga qabul qilinadi;
🔴 salbiy — ishga qabul qilish rad etiladi.
❗️ Ushbu xulosa olinmagan yoki salbiy xulosa berilgan taqdirda nomzodni ishga qabul qilish taqiqlanadi.
📋 Cheklovli ijobiy xulosa berilganda, xodimga quyidagi choralar belgilanadi:
✔️ 3 oy davomida avval nazorat qilgan tashkilot bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok eta olmaydi;
✔️ manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan vazifalari qayta taqsimlanadi;
✔️ faoliyati ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan monitoring qilinadi.
✅ Agar sobiq davlat xizmatchisi ichki nazorat bo‘linmasining xulosasidan norozi bo‘lsa, u yuqori turuvchi tashkilotga yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga shikoyat qilish huquqiga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1
#qonunchilikdagi_yangiliklar
⚔️ Geografik ko‘rsatkichlarni rivojlantirish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi “Geografik ko‘rsatkichlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
375-son qarori qabul qilindi.
✔️ Mazkur hujjat geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy muhofaza qilish, ularni tijoratlashtirish va xalqaro miqyosda targ‘ib etishning yangi bosqichini boshlab beradi.
🔹 Qarorga muvofiq:
🏛 “oriGIn Uzbekistan” nodavlat-notijorat tashkiloti tashkil etiladi.
Uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
⚖️ tadbirkorlar va hunarmandlarga geografik ko‘rsatkichlarni aniqlash hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bepul huquqiy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
🌍 milliy geografik ko‘rsatkichlarni xorijiy mamlakatlarda targ‘ib qilish choralarini ko‘rish;
📢 aholining geografik ko‘rsatkichlar bo‘yicha huquqiy xabardorligini oshirish;
🤝 geografik ko‘rsatkichlardan foydalanuvchi ishlab chiqaruvchilar birlashmalarini tashkil etishga ko‘maklashish;
💼 geografik ko‘rsatkichlarni tijoratlashtirishni qo‘llab-quvvatlash;
📚 geografik ko‘rsatkichlarni rivojlantirish va huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
🎉 2026-yildan boshlab har yili Geografik ko‘rsatkichlar festivali o‘tkaziladi.
Festival mahalliy mahsulotlarni keng targ‘ib qilish, hududlarning o‘ziga xos brendlarini rivojlantirish hamda ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
⚖️ Qaror bilan intellektual mulk sohasida ham qator muhim yangiliklar joriy etildi. Jumladan:
💻 Apellyatsiya kengashi faoliyati raqamlashtiriladi;
🏛 Intellektual mulk obyektlariga oid ariza va talabnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyati yaratiladi;
📈 Intellektual mulkdan foydalanishni tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda inobatga olinadi;
📑 Intellektual mulk huquqlarini garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilanadi;
🧬 Biologik aktiv moddalarni olib kirish va ishlab chiqarish jarayonlarida intellektual mulk huquqlariga rioya etilishi ta’minlanadi.
✅ Mazkur qaror geografik ko‘rsatkichlar institutini rivojlantirish, intellektual mulk sohasida zamonaviy mexanizmlarni joriy etish hamda O‘zbekistonning milliy mahsulotlari va hududiy brendlarining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

👍4❤3🔥1