ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ Yoshlar uchun tarixiy maskanlarga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi

📍"Yoshlar kuni" doirasida Xorazm viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Xiva shahrining Qiyot mahallasida yoshlar uchun tarixiy maskanlarga bir kunlik ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

🏺 Sayohat davomida ishtirokchilar Ogohiy uy muzeyiga tashrif buyurib, muzeydagi eksponatlar va ko‘rgazmalar bilan tanishdilar hamda uning tashkil etilish tarixi va tarixiy ahamiyati haqida ma’lumot oldilar.

🤝 Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mamlakatimizning ichki turizm salohiyati, tarixiy obidalarni asrab-avaylash va davlat muhofazasiga olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Yoshlarning turizmni rivojlantirishga oid fikr va takliflari ham tinglandi.

Tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda tarixiy merosimizga hurmat va qiziqishni kuchaytirish hamda Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

⚔️ Mingbuloqda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan
Mingbuloq tumanida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi hamda sayyor qabul tashkil etildi.

👥 Uchrashuvda maktab va texnikum bitiruvchilari, band bo‘lmagan yoshlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi.

📚 Muloqot davomida yoshlarga ta’lim olish, kasb-hunar egallash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

💬 Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, huquqiy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar nazoratga olindi.

🪪 Tadbir davomida bir guruh yoshlarga ilk bor rasmiylashtirilgan ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.

⚖️ Ochiq muloqot sayyor qabul bilan davom ettirildi. Qabulda yoshlarning kredit olish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda boshqa huquqiy masalalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.

📊 Kelib tushgan murojaatlarning 8 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish uchun tuman adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.

🏭 Shundan so‘ng viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini ta’minlayotgan tadbirkor faoliyati bilan tanishdi. Muloqot davomida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda faoliyatni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️Sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishdan oldin korrupsiyaga qarshi xulosa olish tartibi tasdiqlandi

📑 Adliya vazirligi sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan xulosa olish bo‘yicha idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3894, 2026-yil 8-iyul).

📌 Mazkur hujjat “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, ushbu Qonunda davlat organi yoki tashkilotida ishlagan xodim ishdan bo'shaganidan keyin 2 yil davomida uni o‘zi nazorat qilgan tashkilotga ishga olishdan oldin avvalgi ish joyining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan majburiy xulosa olinishi belgilangan.


📌 Bunda, nazorat ostida bo‘lgan tashkilot sobiq davlat xizmatchisini ishga qabul qilmoqchi bo‘lsa, kadrlar bo‘limi bir ish kuni ichida ichki nazorat bo‘linmasiga murojaat qiladi.

📝 Ichki nazorat bo‘linmasi uch xil xulosa beradi:

🟢 ijobiy — ishga qabul qilish mumkin;
🟡 cheklovli ijobiy — ayrim cheklovlar bilan ishga qabul qilinadi;
🔴 salbiy — ishga qabul qilish rad etiladi.

❗️ Ushbu xulosa olinmagan yoki salbiy xulosa berilgan taqdirda nomzodni ishga qabul qilish taqiqlanadi.

📋 Cheklovli ijobiy xulosa berilganda, xodimga quyidagi choralar belgilanadi:

✔️ 3 oy davomida avval nazorat qilgan tashkilot bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok eta olmaydi;
✔️ manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan vazifalari qayta taqsimlanadi;
✔️ faoliyati ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan monitoring qilinadi.

Agar sobiq davlat xizmatchisi ichki nazorat bo‘linmasining xulosasidan norozi bo‘lsa, u yuqori turuvchi tashkilotga yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga shikoyat qilish huquqiga ega.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1