ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

❗️Toshloq tumanida tadbirkorlar va aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Toshloq tumanidagi 22-sonli musiqa va san’at maktabida Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida 40 dan ortiq tadbirkorlar va aholining yer-mulk munosabatlari, meros huquqi, kredit olish, notarial xizmatlar hamda sud-huquq sohasidagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning 20 dan ortig'iga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 dan ortiq muammo o'z o'rnida bartaraf etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 15 ga yaqin murojaat nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2👏1
🇺🇿 O‘zbekiston va Koreya Respublikasi intellektual mulk sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlamoqda

📍 Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tayotgan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ga a’zo davlatlar Assambleyalarining 68-seriyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Adliya vaziri o‘rinbosari – intellektual mulk masalalari bo‘yicha milliy organ rahbari Muzraf Ikramov boshchiligida Koreya Respublikasi Intellektual mulk vaziri Kim Yong Sun bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida:

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida intellektual mulk sohasidagi strategik hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi;

KOICA dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi yuqori baholanib, uni samarali davom ettirish bo‘yicha fikr almashildi;

Intellektual mulk huquqlari buzilishi natijasida yetkazilgan zararni baholash va qoplash mexanizmlarini takomillashtirish, mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda ilg‘or Koreya tajribasini joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🌐 Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Koreya Respublikasi Intellektual mulk vazirligi o‘rtasida intellektual mulk sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumini imzolash bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishdilar.

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar intellektual mulk sohasida institutsional hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni izchil amalga oshirish hamda tajriba almashishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥2
#Adliya_aralashgach

⚔️Adliya aralashuvi bilan bir oilaning 6 nafar farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirildi

📍Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Bektemir tuman hokimligi hamkorligida tumandagi "Iyk ota" mahallasida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlash maqsadida xatlov o‘tkazildi.

🔍 Xatlov davomida mazkur mahallada yashovchi fuqaroning 6 nafar farzandi tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega emasligi va shu sababli oila uzoq yillar davomida huquqiy muammolarga duch kelib kelayotgani aniqlandi.

⚖️ Adliya organlari hamda tuman hokimligi tomonidan ko‘rilgan huquqiy va amaliy choralar natijasida muammo ijobiy hal etildi.

Natijada 6 nafar bolaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berildi.

🤝 Fuqarolarning huquqlarini ta’minlash hamda ularni qiynayotgan huquqiy muammolarga yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53👏3👍1
#Adliya_xabari

⚔️Davlat xizmatchilarining kasbiy motivatsiyasi va barqarorligini oshirishga qaratilgan trening boshlandi

📍Samarqand shahrida davlat organlari xodimlari uchun “Davlat xizmatida kasbiy motivatsiya va barqarorlik” mavzusida trening o‘z ishini boshladi.

👥 Treningda mamlakatning turli hududlaridan 35 nafardan ortiq davlat organlari vakillari ishtirok etmoqda.

📚 Dastur davomida ishtirokchilar kasbiy motivatsiyani oshirish, stressni boshqarish, hissiy barqarorlikni mustahkamlash, samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy charchashning oldini olish bo‘yicha amaliy bilim va tajribalarni o‘zlashtiradilar.

⚖️ Ta’kidlanganidek, fuqarolarga sifatli va qulay davlat xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda, o‘zgarishlarga moslasha oladigan, mas’uliyatli va yuqori motivatsiyaga ega davlat xizmatchilarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Mazkur trening Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Tadbir davlat boshqaruvi tizimida inson kapitalini rivojlantirish, davlat xizmatchilarining kasbiy salohiyati va xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1