#Adliya_xabari
⚔️ So‘x tumanida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi
📍Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i hamda So‘x tumani hokimi tomonidan tumanning "Oftobru" mahallasida joylashgan texnikum binosida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
⚖️ Qabul davomida fuqarolarning huquqiy masalalar, meros, yer va mulk munosabatlari, davlat xizmatlaridan foydalanish, notarial harakatlar hamda sud-huquq sohasiga oid murojaatlari tinglandi.
📊 Sayyor qabulda 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan 22 nafar murojaatchiga amaldagi qonunchilik yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
✅ Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 8 ta murojaat nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
🤝 Sayyor qabul fuqarolarni qiynayotgan huquqiy masalalarni joyida o‘rganish, ularning murojaatlariga tezkor yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga xizmat qildi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Adliya vaziri o‘rinbosari – intellektual mulk masalalari bo‘yicha milliy organ rahbari Muzraf Ikramov boshchiligida ishtirok etmoqda.
Uchrashuv davomida:
Shuningdek, Habip Asan 2025-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “IP for Women” loyihasining yakuniy bosqichi yuqori saviyada tashkil etilganini alohida e’tirof etib, O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.
🤝Tomonlar O‘zbekiston va BIMT o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytirish hamda intellektual mulk sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni izchil amalga oshirishga kelishib oldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4❤2
#Adliya_xabari
💼 Biznes muammolari endi e’tiborsiz qolmaydi: Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi amalda
📌 Oradan ikki oy o‘tdi. Shu vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi o‘z faoliyatini izchil yo‘lga qo‘ymoqda.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
💼 Biznes muammolari endi e’tiborsiz qolmaydi: Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi amalda
📌 Oradan ikki oy o‘tdi. Shu vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi o‘z faoliyatini izchil yo‘lga qo‘ymoqda.
❓ Ko‘pchilik “yangi agentlik nima bilan shug‘ullanadi?” degan savolni beradi. Aslida uning asosiy vazifasi moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni imkon qadar saqlab qolish, ularning faoliyatini tiklash va tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berishdan iborat.
📈 Ilgari korxona iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolsa, bu ko‘pincha faqat sud jarayoni yoki tugatilish bilan bog‘liq masala sifatida qaralardi. Endilikda esa yondashuv o‘zgarmoqda. Asosiy e’tibor korxonani yopishga emas, balki uni tiklashga, ish o‘rinlarini saqlab qolishga va biznesning faoliyatini davom ettirishiga qaratilmoqda.
🤝 Agentlik o‘tgan ikki oy davomida ushbu yo‘nalishda tizimli ishlarni boshladi. Davlat organlari, ekspertlar, tadbirkorlik subyektlari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etilib, mavjud muammolar ochiq muhokama qilinmoqda.
📍 Xususan, 8-iyul kuni iqtisodiy nochor va zarar ko‘rib faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan masalalarni bevosita bayon qildilar, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.
⚖️ Bunday uchrashuvlar oddiy muloqot bilangina cheklanmaydi. Ularning asosiy maqsadi – qonunchilikni yanada takomillashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, biznes uchun qulay va shaffof mexanizmlarni yaratish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik bilan bog‘liq jarayonlarni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etishdir.
🌍 Bugungi kunda dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy qiyinchilikka uchragan korxonani qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyot uchun ham, davlat uchun ham, tadbirkorning o‘zi uchun ham eng maqbul yechim hisoblanadi. Chunki bu ishlab chiqarish quvvatlarini, ish o‘rinlarini va investitsiyalarni saqlab qolishga xizmat qiladi.
🔄 Shu bois Agentlik faoliyati ham aynan ochiq muloqot, hamkorlik va muammolarni joyida o‘rganish tamoyiliga asoslanmoqda. Har bir uchrashuv yangi takliflar, yangi yechimlar va biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tashabbuslar uchun muhim maydonga aylanmoqda.
✅ To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi o‘z faoliyatining dastlabki oylaridanoq biznes bilan bevosita muloqotni ustuvor yo‘nalish sifatida belgiladi. Bu esa kelgusida tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalarni sog‘lomlashtirish va mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👏2🔥1
#Sayyor_qabul
❗️ Toshloq tumanida tadbirkorlar va aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Toshloq tumanidagi 22-sonli musiqa va san’at maktabida Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul davomida 40 dan ortiq tadbirkorlar va aholining yer-mulk munosabatlari, meros huquqi, kredit olish, notarial xizmatlar hamda sud-huquq sohasidagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning 20 dan ortig'iga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 dan ortiq muammo o'z o'rnida bartaraf etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 15 ga yaqin murojaat nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Toshloq tumanidagi 22-sonli musiqa va san’at maktabida Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul davomida 40 dan ortiq tadbirkorlar va aholining yer-mulk munosabatlari, meros huquqi, kredit olish, notarial xizmatlar hamda sud-huquq sohasidagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning 20 dan ortig'iga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 dan ortiq muammo o'z o'rnida bartaraf etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 15 ga yaqin murojaat nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2🔥2👏1
Uchrashuv davomida:
🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar intellektual mulk sohasida institutsional hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni izchil amalga oshirish hamda tajriba almashishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3🔥2
#Adliya_aralashgach
⚔️ Adliya aralashuvi bilan bir oilaning 6 nafar farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirildi
📍Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Bektemir tuman hokimligi hamkorligida tumandagi "Iyk ota" mahallasida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlash maqsadida xatlov o‘tkazildi.
🔍 Xatlov davomida mazkur mahallada yashovchi fuqaroning 6 nafar farzandi tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega emasligi va shu sababli oila uzoq yillar davomida huquqiy muammolarga duch kelib kelayotgani aniqlandi.
⚖️ Adliya organlari hamda tuman hokimligi tomonidan ko‘rilgan huquqiy va amaliy choralar natijasida muammo ijobiy hal etildi.
✅ Natijada 6 nafar bolaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berildi.
🤝 Fuqarolarning huquqlarini ta’minlash hamda ularni qiynayotgan huquqiy muammolarga yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🔥5❤3👏3👍1