ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tanlov jarayonidan lavhalar
🔥87🙏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bos, adliyada bir kunda ko‘rinasan" — bu tavsiya hayotimni o‘zgartirdi

Nuridin Shermatov — Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti yetakchi maslahatchisi

Adliyaga kelganimga endigina ikki oy bo'ldi, bu joydan taklif bo'lgan paytda ustozlarimning birinchi aytgan gaplari "bos, ikki yil ishlading ko'rinmading, lekin adliyada bir kunda ko'rinasan" deyishdi. Ularning tavsiyasiga amal qilib keldim. 10 kun 15 kun ichida rahbarimizning ko'ziga ko'rindim, keyingi oyning o'zidayoq vazirimizga bir nechta loyihamizni taqdimot qildik. Shundan so'ng, Prezident Administratsiyasi ishchi guruhiga jalb qilinib, loyihaning muallifi sifatida ishlayapmiz.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥7😢2
#1_kun_1_yechim

💡 Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li — inson omilini kamaytirish

⚖️ Adliya organlarida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish hamda murojaatlarni onlayn qabul qilish orqali korrupsion holatlarning oldi olinmoqda.

📱 Bugungi kunda ko‘plab davlat xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazlari orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Natijada:
🔹 ortiqcha qog‘ozbozlik qisqarmoqda;
🔹 fuqarolar va mansabdor shaxslar o‘rtasidagi bevosita aloqa kamaymoqda;
🔹 xizmatlar ko‘rsatish jarayoni shaffoflashmoqda;
🔹 korrupsion xavf omillari bartaraf etilmoqda.

📌 Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazolash bilan emas, balki uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish orqali samarali natija beradi.

🤝 Shaffoflik va qonun ustuvorligi — korrupsiyasiz jamiyatning eng muhim poydevoridir.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍52
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

💻 Davlat xizmatlari markazlarida tashkil etilgan “O‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish burchagi” fuqarolarga davlat xizmatlaridan mustaqil va qulay foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.

📌 Ushbu burchakda elektron davlat xizmatlariga ariza yuborish, ma’lumotnomalar olish hamda boshqa ko‘plab xizmatlardan foydalanish mumkin.

👨‍💼 Markaz xodimlari tomonidan zarur yo‘riqnoma va amaliy yordam ko‘rsatilishi esa xizmatlardan yanada oson foydalanishga xizmat qiladi.

Vaqtingizni tejang, ortiqcha ovora bo‘lmang va davlat xizmatlaridan zamonaviy usulda foydalaning!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍6
⚖️ Adliya Plus — oson, qulay va tezkor davlat xizmatlari!

📱 Adliya Plus ilovasi orqali endilikda tug‘ilishni barcha hayotiy vaziyatlarda qayd etish mumkin:
Xususan:
🔹 Yolg‘iz ona tomonidan tug‘ilishni rasmiylashtirish;
🔹 Otalikni belgilashni onlayn rasmiylashtirish.

Afzalliklari:

🔸 FHDYga borish zarurati mavjud emas;
🔸 Arizalar inson aralashuvisiz elektron shaklda rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi;
🔸 Ortiqcha qog‘ozbozlik va navbat kutishlarga hojat qolmaydi;
🔸 Xizmatlardan istalgan joyda va qulay vaqtda foydalanish mumkin;
🔸 Jarayon tezkor va foydalanuvchi uchun qulay tarzda amalga oshiriladi.

📥 Ilovani yuklab oling va xizmatdan foydalaning:
Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.adliya.plus
iOS:
https://apps.apple.com/us/app/adliya-plus/id6754625896
👍42
#Sayyor_qabul
#Navoiy_viloyati

Navoiy viloyati Karmana tumanida adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi...

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari qatnashgan mazkur qabul davomida mehnat yarmarkasi, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi hamda sport bellashuvlari o‘tkazildi.

Bugungi kunda tumanda 39 ta MFY faoliyat yuritmoqda. Aholi soni esa 150 mingga yaqin. Karmanaliklar asosan fuqarolik faktini tiklash, nogironlikni belgilash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalarda adliya organlariga murojaat qilishadi. Sayyor qabul davomida ham mazkur yo‘nalishdagi muammolar kun tartibiga qo‘yildi.

Qabulga kelgan inson bir muammosiga yechim topib savoliga javob olsa, tashrifidan ko‘ngli to‘ladi.
📝Fuqaro Aynazova Shaxnoza Gulshanova ham ana shu maqsadda sayyor muloqotda ishtirok etdi. Uning masalasi farzandining tug‘ilish guvohnomasini yangilash bilan bog‘liq. Tegishli mutaxassislar ko‘magida fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, murojaatni ijobiy qanoatlantirish uchun kerakli hujjatlar hozirlandi.

📝 Fuqaro Tursunov Baxtiyor Pardayevich kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda mas'ullardan yordam so'radi. Fuqaroning ishi tegishli tartibda o‘rganilib amaliy yordam ko‘rsatildi.

Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti, yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyaqtini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi. Aholining 20 ga yaqin muammosi ijobiy hal etish maqsadida adliya organlariga ish yurituviga qabul qilindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍7🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️ "Adolat sayili" — aholi bilan ochiq muloqot,  amaliy yordam va huquqiy targ‘ibot tadbiri

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Adolat sayili” - huquqiy, madaniy va maʼrifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir Qo‘qon shahridagi O‘rda maydonida bo‘lib o‘tdi. Unda shahardagi davlat organlari va tashkilotlari jalb etildi.

Tadbir doirasida fuqarolarning huquqiy muammolarini yechishda amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi, aholiga bepul huquqiy maslahatlar berildi.

Davlat xizmatlari markazi va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatildi. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Adliya mening nigohimda" mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Shuningdek, talabalar va maktab o'quvchilari o‘rtasida "Zakovat" hamda  "Huquqiy bilimlar bellashuvi" tadbirlari tashkillandi. Sayil ko‘ngilochar dasturlar bilan qiziqarli va mazmunli o‘tdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6🔥5👍32
#Adliya_xabari

❗️Farg'onada sayyor qabul: fuqarolarning muammolari va murojaatlari joyida hal etilmoqda

Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari tomonidan Qo'shtepa tumanidagi mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya olish, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar nazoratga olindi.

Shuningdek, aholiga 20 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥4👏3