#Adliya_va_yoshlar
🏆 “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovining hududiy bosqichlari yakunlandi
⚖️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O'zbekiston yoshlari — 2030” strategiyasini 2026–2027-yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-148-son qarori ijrosi doirasida Adliya organlari va muassasalarida “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovining hududiy bosqichlari o‘tkazildi.
📍 Tanlovning saralash bosqichlarida ishtirokchilar “Men haqimda”, “Tashabbuskorlik va faollik” hamda “Huquqiy muammoli holat (kazus)” shartlari bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdi.
🎓 Tanlov davomida yosh xodimlarning kasbiy bilimlari, huquqiy tafakkuri, tashabbuskorligi hamda amaliy ko‘nikmalari baholandi.
🚀 Hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
📅 Tanlovning respublika bosqichi joriy yilning 25–26-iyun kunlari Adliya vazirligida bo‘lib o‘tadi.
✨ Mazkur tanlov adliya tizimining eng faol, bilimli va tashabbuskor yosh xodimlarini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tajriba almashish muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🤝 Respublika bosqichi ishtirokchilariga omad tilaymiz!
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

👍7❤6👏3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Vijdon...

❤2👏2
#Adliya_xabari
Adliya vaziri Yashnobod tumanida mahalla tizimi va jamoat xavfsizligiga oid taqdimotlar bilan tanishdi
📍20-iyun kuni adliya vaziri Akbar Tashkulov Yashnobod tumanida mahalla tizimi faoliyatini takomillashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🏢 Dastlab, Yashnobod tumani prokuraturasida aholi bilan manzilli ishlash, mahalla tizimi samaradorligini oshirish hamda fuqarolar murojaatlarini samarali hal etishga qaratilgan takliflar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
📋 Muhokamalar davomida mahalla institutining aholiga yaqinligini kuchaytirish, ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish, mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda hududlarda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, adliya vaziri Yashnobod tumanining “Navro‘zobod” mahallasida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashib, hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
⚖️ Muloqot chog‘ida profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, aholi xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda mahallalarda osoyishtalikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
✅ Yakunda adliya vaziri tomonidan mas’ul tashkilotlar vakillariga mavjud muammolarni bartaraf etish, huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

❤9🔥5👍1😢1
#Adliya_xabari
📚Xorijiy til o‘qituvchilari uchun qulaylik: imtihon xarajatlarini qoplash osonlashmoqda! (Loyiha)
🎓Xorijiy til bo‘yicha xalqaro sertifikat olgan o‘qituvchilar uchun yana bir qulaylik yaratilmoqda. Endi imtihon xarajatlarini qoplab berish jarayonini soddalashtirish va to‘liq raqamlashtirish rejalashtirilmoqda.
📌Amaldagi tartibda kamida C1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilarga kompensatsiya to‘lovlarini ajratishning aniq va shaffof mexanizmi mavjud emas. Natijada pedagoglar mablag‘larini qaytarib olish uchun yozma murojaat qilishga va ortiqcha byurokratik jarayonlardan o‘tishga majbur bo‘lmoqda.
⚖️Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Hukumatning yangi qarori loyihasiga koʻra, xalqaro til sertifikatlaridan yuqori ball (kamida C1) olgan pedagoglarga imtihon pullarini qaytarish bilan bog‘liq ortiqcha qogʻozbozlik va sarsongarchiliklarga, shuningdek korrupsion xavflarga chek qoʻyish hamda ushbu jarayonni to‘liq raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda.
💻Endilikda oʻqituvchilar ariza berish uchun idorama-idora yurishga majbur boʻlmaydi. Jarayon toʻliq shaffof va onlayn koʻrinishga keltirilmoqda.
📋 Yangi tizim oʻqituvchilarga qanday afzalliklar beradi?
🔹Xizmat ko‘rsatish raqamlashtiriladi: arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali uydan chiqmagan holda yoki istalgan Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib elektron tarzda yuboriladi.
🔹Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi: ariza beruvchidan hech qanday to‘lov talab etilmaydi.
🔹Kompensatsiya mablag‘lari ariza beruvchining xohishiga ko‘ra naqd yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanadi.
🔹Ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi: imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi kvitansiya va maxsus sertifikat (pdf formatda) taqdim etiladi.
📌Kompensatsiya olishning asosiy shartlari:
✅ xalqaro imtihondan kamida C1 yoki undan yuqori natija qayd etilgan bo‘lishi;
✅ maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun ichida murojaat qilinishi;
✅ sertifikatning haqiqiyligi tegishli organ tomonidan tasdiqlanishi lozim.
⌛️Loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
👉Muhokama bu yerda: https://regulation.adliya.uz
💬Ushbu loyiha yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni kutib qolamiz.
📚Xorijiy til o‘qituvchilari uchun qulaylik: imtihon xarajatlarini qoplash osonlashmoqda! (Loyiha)
🎓Xorijiy til bo‘yicha xalqaro sertifikat olgan o‘qituvchilar uchun yana bir qulaylik yaratilmoqda. Endi imtihon xarajatlarini qoplab berish jarayonini soddalashtirish va to‘liq raqamlashtirish rejalashtirilmoqda.
📌Amaldagi tartibda kamida C1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilarga kompensatsiya to‘lovlarini ajratishning aniq va shaffof mexanizmi mavjud emas. Natijada pedagoglar mablag‘larini qaytarib olish uchun yozma murojaat qilishga va ortiqcha byurokratik jarayonlardan o‘tishga majbur bo‘lmoqda.
⚖️Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Hukumatning yangi qarori loyihasiga koʻra, xalqaro til sertifikatlaridan yuqori ball (kamida C1) olgan pedagoglarga imtihon pullarini qaytarish bilan bog‘liq ortiqcha qogʻozbozlik va sarsongarchiliklarga, shuningdek korrupsion xavflarga chek qoʻyish hamda ushbu jarayonni to‘liq raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda.
💻Endilikda oʻqituvchilar ariza berish uchun idorama-idora yurishga majbur boʻlmaydi. Jarayon toʻliq shaffof va onlayn koʻrinishga keltirilmoqda.
📋 Yangi tizim oʻqituvchilarga qanday afzalliklar beradi?
🔹Xizmat ko‘rsatish raqamlashtiriladi: arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali uydan chiqmagan holda yoki istalgan Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib elektron tarzda yuboriladi.
🔹Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi: ariza beruvchidan hech qanday to‘lov talab etilmaydi.
🔹Kompensatsiya mablag‘lari ariza beruvchining xohishiga ko‘ra naqd yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanadi.
🔹Ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi: imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi kvitansiya va maxsus sertifikat (pdf formatda) taqdim etiladi.
📌Kompensatsiya olishning asosiy shartlari:
⌛️Loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
👉Muhokama bu yerda: https://regulation.adliya.uz
💬Ushbu loyiha yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni kutib qolamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15❤12👍5
#DavlatXizmatiKuni #23Iyun
📣 23-iyun — Davlat xizmati kuni
🖥 Mazkur sana davlat xizmatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tirof etish, davlat xizmatchilarining mas’uliyatli mehnatini keng targ‘ib qilish hamda samarali, ochiq va fuqarolarga yo‘naltirilgan davlat boshqaruvi tamoyillarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
⚖️ Adliya organlari faoliyati ham qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda davlat xizmatlari sifatini yuksaltirishga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Davlat xizmati fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash, sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda mamlakatning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashuvchi muhim institut hisoblanadi.
⚖️ Adliya organlari faoliyati ham qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda davlat xizmatlari sifatini yuksaltirishga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥4
#Mening_ish_joyim_iftixorim
#Men_davlat_xizmatchisiman
Davlat xizmatchisi bo‘lish — bu shunchaki kasb emas, balki yuksak mas’uliyatdir
Har bir hujjat ortida inson taqdiri, har bir murojaat ortida fuqarolarning ishonchi turadi.
Adliya organlari xodimlari qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida sidqidildan xizmat qilmoqda.
Davlat xizmati – sharafli, mas’uliyatli va mashaqqatli yo‘l. Ushbu yo‘lni tanlagan har bir xodim Vatanga va xalqimizga xizmat qilishni o‘zining eng oliy burchi deb biladi.
Men davlat xizmatchisiman va bundan faxrlanaman!

🔥6❤4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatchilari xalq orasida
📍Haqiqiy davlat xizmatchisi kabinetda emas, xalq ichida bo‘lishi, odamlarning quvonch va tashvishi bilan yashashi kerak.
✅Zero, ushbu xalqaro sana jamiyat rivojida davlat xizmatining o‘rni va qadrini oshirish, boshqaruv organlari faoliyatini aynan oddiy insonlar manfaatiga yo‘naltirish maqsadida ta’sis etilgan.
✅Navoiyda ham adliya organlari mas’ul xodimlar chekka qishloqlarga borib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot olib borishmoqda. Mavjud muammolar, kundalik tashvishlarni shu yerning o‘zida ochiq-oydin muhokama qilishayapti. Eng muhimi, bunday muloqotlar shunchaki suhbat bo‘lib qolmay, uzoq yillik tajriba almashish va muammolarga birgalikda eng to‘g‘ri yechim topish maydoniga aylanmoqda.
✅BMT xalqaro hamjamiyat oldiga qo‘ygan global maqsadlar kabi, mamlakatimizdagi islohotlar ham inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan. Bugun qishloq ahlining dardini eshitib, unga ko‘mak bergan davlat xizmatchisi ertaga xalqning eng yaqin ko‘makchisiga aylanadi.
📱|Telegram 📱|Facebook 📱|Instagram

Ayni kunlarda hayotga tatbiq etilayotgan “Davlat xizmatchisi — xalq orasida” loyihasi aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda. Mazkur xayrli tashabbus har yili dunyo miqyosida keng nishonlanadigan 23-iyun — Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Davlat xizmati kuni g‘oyalari bilan ham har jihatdan uyg‘undir.
✅Zero, ushbu xalqaro sana jamiyat rivojida davlat xizmatining o‘rni va qadrini oshirish, boshqaruv organlari faoliyatini aynan oddiy insonlar manfaatiga yo‘naltirish maqsadida ta’sis etilgan.
✅Navoiyda ham adliya organlari mas’ul xodimlar chekka qishloqlarga borib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot olib borishmoqda. Mavjud muammolar, kundalik tashvishlarni shu yerning o‘zida ochiq-oydin muhokama qilishayapti. Eng muhimi, bunday muloqotlar shunchaki suhbat bo‘lib qolmay, uzoq yillik tajriba almashish va muammolarga birgalikda eng to‘g‘ri yechim topish maydoniga aylanmoqda.
✅BMT xalqaro hamjamiyat oldiga qo‘ygan global maqsadlar kabi, mamlakatimizdagi islohotlar ham inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan. Bugun qishloq ahlining dardini eshitib, unga ko‘mak bergan davlat xizmatchisi ertaga xalqning eng yaqin ko‘makchisiga aylanadi.
📱|Telegram 📱|Facebook 📱|Instagram
❤10👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
❗️Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Farg'ona tumanidagi "Langar" MFYda aholining mavjud huquqiy muammolarini o'rganish maqsadida "Sayyor qabul" va bo'sh ish o'rinlari "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida, 10 ta murojaat joyida hal etildi, 15 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va o‘rganilishi talab etilayotgan holatlar bo‘yicha 2 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

👍4❤2🔥1👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatchisi_xalq_orasida
❗️ Davlat xizmati — bu yuksak ishonch, katta masʼuliyat va xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qilish demakdir
Bu yo‘lni tanlagan har bir davlat xizmatchisi Vatan ravnaqi, qonun ustuvorligi va fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini taʼminlashni o‘zining sharafli burchi,deb biladi.
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilari ham har kuni ana shu masʼuliyatni chuqur his etgan holda, xalqimizga sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatish va adolat tamoyillarini qaror toptirish yo‘lida sidqidildan mehnat qilmoqda.
Quyida ularning kundalik ish faoliyatidan qisqacha lavhalar bilan tanishing.

👍5❤4🔥3👏1🎉1
#Adliya_xabari
📍Andijonda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolar rasman 7429 nafarga yetdi.
✅ Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 2289 nafar fuqarolarning mulk huquqlari e'tirof etildi.
✅ Sessiyada so'zga chiqqan viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Isakov deputatlar va sessiya ishtirokchilariga 2026-yil 15-iyundagi O‘RQ–1153-sonli Qonun mazmun-mohiyati shuningdek, mulklarni e'tirof etish jarayonlarini tezlashtirish, hamda fuqarolarga yaratilgan qo‘shimcha qulayliklarga alohida to'xtalib o'tdi.
✅ Xususan, e’tirof etishning umumiy muddati qisqartirilganligi, ortiqcha egallangan yerga nisbatan ijara huquqi va undagi imoratga huquqni e’tirof etish, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar, fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida yangi qulay mexanizmlar va boshqa muhim o'zgarishlar ta'kidlandi.

🔥7👏3❤2