ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#PQ_1

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatidagi xizmat safari davomida Jomboy tumani “Axmadjon Qurbonov” MFYda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti tinglandi. Unda nizoli oilalar bilan ishlash, shuningdek, firibgarlik va kiberjinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar raqamlar kesimida tahlil qilindi.

Shuningdek, yosh oilalar o'rtasida ajrimlar sonini kamaytirish maqsadida e-nikoh elektron tizimini joriy etish bo‘yicha eksperiment tartibida olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun bir maqsad, bir yurak, bir bayroq ostida jam bo‘ldik.

Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining ilk uchrashuvini birgalikda tomosha qilmoqda. Futbol – bu shunchaki o‘yin emas, balki xalqni birlashtiradigan, Vatanga muhabbat va g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydigan kuchdir.

Biz terma jamoamizga ishonamiz, ularni qo‘llab-quvvatlaymiz va g‘alabaga birgalikda ishonamiz!

Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿
17👍8🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistonning Jahon chempionatidagi ilk goliga birgalikda guvoh bo’ldik
👍3715🔥3
🇺🇿 Bugungi natija biz kutgandek bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Ammo bu terma jamoamizning tarixiy yutug‘iga soya sola olmaydi.

34 yil deganda O‘zbekiston ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l oldi. Eng muhimi, bu yo‘lda terma jamoamiz butun xalqni birlashtirdi, millionlab yurtdoshlarimizga quvonch, hayajon va unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.

Bugungi o‘yin yakunlandi, ammo xalqimiz qalbida uyg‘ongan g‘urur va ishonch davom etadi.

Rahmat, yigitlar! Sizlar allaqachon tarix yozib bo‘ldingiz.

Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿⚽️
👍4313🔥7
#jamoa

🇺🇿 Bir jamoa. Bir maqsad. Bir yurak.


Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi Adliya vazirligi jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining uchrashuvini birgalikda tomosha qilib, futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatladi.

Bu nafaqat futbol tomoshasi, balki jamoaviylik, hamjihatlik va birdamlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. Birgalikda quvondik, birgalikda hayajonlandik va terma jamoamizga birgalikda muxlislik qildik.

Chunki futbolning eng katta kuchi ham shunda — u insonlarni birlashtiradi. Bugun terma jamoamiz maydonda kurashgan bo‘lsa, millionlab yurtdoshlarimiz, jumladan Adliya vazirligi jamoasi ham ular bilan birga bo‘ldi.

34 yil kutilgan orzuning ro‘yobga chiqqani esa barchamiz uchun eng katta g‘alabadir.

Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍29🔥139
Forwarded from Poytaxt_adliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Huquqiy_eksperiment

❗️ “Mashina yutdingiz!” desa ishonasizmi?
Yashnobod tumanidagi "Aviasozlar dehqon bozori"da “Huquqiy eksperiment” tashkil etildi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan adliya boshqarmasi tomonidan kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va aholining huquqiy hushyorligini tekshirish maqsadida qiziqarli "Huquqiy eksperiment" o‘tkazildi.

Eksperimentda 62 nafar hamyurtimiz ishtirok etdi va natijalar barchamizni hushyor torttirishi kerak!

Natijalar qanday bo‘ldi?
🛑 45 foiz (taxminan 28 nafar fuqaro) — telefoniga kelgan maxsus tasdiqlash kodini so‘rovga asosan hech qanday shubhasiz taqdim etdi.
🔒 47 foiz (taxminan 29 nafar fuqaro) — kodni berishdan bosh tortdi. 
🤷‍♂️ 8 foiz (taxminan 5 nafar fuqaro) — telefondagi amallarni bajarish tartibini mutlaqo tushunmadi.


Hech qachon, hech qanday holatda telefoningizga kelgan SMS-kodlarni, maxsus parollarni begona shaxslarga aytmang!

📍 Bizning rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
2👍2😢1
ADLIYA YANGILIKLARI
#xalqaro_anjuman 📚 Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida 2026-yil 18-iyun kuni “Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish: global tajriba va milliy yondashuvlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. 🇺🇿 Anjuman…
❗️Hurmatli anjuman ishtirokchilari! Sizni ayni damda Zoom platformasi orqali o‘tkazilayotgan konferensiyaga taklif etamiz.

🔖Mavzu: “Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish: global tajriba va milliy yondashuvlar”.

📎Zoom konferensiyasiga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin:
https://us06web.zoom.us/j/82368649448?pwd=Us5kvEEebMjfusljzTorxJdcpPamx2.1

▪️Konferensiya identifikatori: 823 6864 9448
▪️Kirish kodi: 388264
3🔥2👍1