ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Qo'qon shahar musiqali drama teatrida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

🔵Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar, ijodkorlar va mutaxassislar ishtirokida mualliflik va turdosh huquqlariga nisbatan hurmat hissini uygʻotish va yanada rivojlantirish maqsadida mazkur uchrashuv tashkil etildi.

🔵Uchrashuvda ishtirokchilarga mualliflik nima, uni qanday himoya qilish kerak, asardan qanday doimiy daromad topish mumkin, plagiatga qarshi kurashish hamda plagiatning huquqiy oqibatlari, mualliflik huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik masalalari batafsil ma'lumotlar berildi.

🔵Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1080-sonli Qonuni bilan Jinoyat kodeksiga muhim o‘zgartirishlar kiritilganligi, endilikda mualliflik va turdosh huquqlarni nafaqat o‘zlashtirib olganlik, balki noqonuniy foydalanganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilanganligi yuzasidan huquqiy tushuntirish berib o'tildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥31👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_eksperiment

Navoiy bozoridagi eksperiment: 167 nafar yurtdoshimizdan qanchasi firibgarlarga aldanib qolishi mumkin edi?


Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va aholining huquqiy hushyorligini tekshirish maqsadida qiziqarli "Huquqiy eksperiment" o‘tkazildi. Mazkur tadbir Navoiy shahridagi markaziy bozorda bo'lib o'tdi.

Eksperimentda 167 nafar hamyurtimiz ishtirok etdi va natijalar barchamizni hushyor torttirishi kerak!

📊 Natijalar qanday bo‘ldi?
🛑 60 foiz (taxminan 100 nafar fuqaro) — telefoniga kelgan maxsus tasdiqlash kodini so‘rovga asosan hech qanday shubhasiz taqdim etdi. Bugungi kunda bu eng xavfli holat bo‘lib, real hayotda firibgarlar shu kod orqali plastik kartadagi pullarni osongina yechib olishi yoki sizning nomingizdan onlayn kredit rasmiylashtirishi mumkin!
🔒 30 foiz (taxminan 50 nafar fuqaro) — kodni berishdan bosh tortdi. Ular o‘z shaxsiy ma’lumotlari va xavfsizligini himoya qila olishdi.
🤷‍♂️ 10 foiz (taxminan 17 nafar fuqaro) — telefondagi amallarni bajarish tartibini mutlaqo tushunmadi. Bu qatlam raqamli texnologiyalardan foydalanishda yaqinlarining yordamiga muhtoj.
⚖️ Adliya vazirligi ogohlantiradi:
Hech qachon, hech qanday holatda telefoningizga kelgan SMS-kodlarni, maxsus parollarni begona shaxslarga aytmang! Bank yoki davlat tashkiloti xodimlari hech qachon sizdan bunday kodlarni so‘ramaydi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥3
#Adliya_va_yoshlar

🏆 “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi o‘tkaziladi


⚖️ Adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyati, tashabbuskorligi va ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi tashkil etilmoqda.

📅 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
🔹 Saralash bosqichi – 18–19-iyun kunlari hududiy adliya organlari va muassasalarida;
🔹 Respublika bosqichi – 25–26-iyun kunlari Adliya vazirligida.

🎯 Ishtirokchilar quyidagi shartlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etadi:
🔸 “Men haqimda” taqdimoti;
🔸 “Tashabbuskorlik va faollik”;
🔸 “Huquqiy muammoli holat (kazus)”.

💰 Tanlov g‘oliblari diplom, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlov yosh xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, tajriba almashish muhitini mustahkamlash hamda adliya tizimining eng faol yoshlarini aniqlashga xizmat qiladi.

🚀 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
5👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

❗️H.Olimova: Ko‘p yillar davomida farzandimning vafot etganlik fakti belgilanmaganligi bois moddiy yordam olish va pensiyaga chiqishda muammolarga uchradim

Uchko'prik tumani adliya bo'limi tomonidan tumandagi Yangiyo'l MFY da yashovchi  H.Olimovaning 1993-yil 20-yanvarda tug'ilgan farzandi N.Meliqo'ziyevaga 1993-yil 20-sentyabrda vafot etganlik faktini belgilashda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

Gap shundaki, uning farzandiga vafot etganlik fakti belgilanmaganligi sababli X.Olimova turli xildagi moddiy yordam olishda, pensiyaga chiqishda muammolar yuzaga kelgan.

O'rganishlar davomida X.Olimovaning murojaati yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'qon tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi va da'vo arizasi qanoatlantirib berildi.

Batafsil 👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥31👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥2
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Adliya vazirligi hamda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan seminar boshlandi.
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Seminar davomida Adliya vazirligi Intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Amir Kadirov intellektual mulk obyektlarining iqtisodiy muomaladagi o‘rniga e’tibor qaratdi.

Qayd etilganidek, patentlar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlari amaliyotda hali ham to‘laqonli mulkiy aktiv sifatida qabul qilinmayapti. Xususan, ularni kredit ta’minoti sifatida bank amaliyotiga keng joriy etish mexanizmlari yetarli darajada shakllanmagan.

Ta’kidlanishicha, intellektual mulkni iqtisodiy aktiv sifatida to‘liq e’tirof etish innovatsiyalarni rag‘batlantirish va bilimga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍5🔥3👏21
#Sayyor_qabul

📣 Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublikа mаhаllаlаridа xаvfsiz muhitni yarаtish yo‘nаlishidа yaxlit mаnzilli ishlаsh tizimini joriy etishgа qаrаtilgаn qo‘shimchа chorа-tаdbirlаr to‘g‘risidа”gi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan Urganch shahridagi “Yuqoribog‘” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i, “mahalla yettiligi” hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🔰 Qabul davomida profilaktik hisobda turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, huquqbuzarliklarni oldini olish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.


🔹Sayyor qabul davomida, 10 ta murojaat joyida hal etildi, 12 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va o‘rganilishi talab etilayotgan holatlar bo‘yicha 8 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

Ⓜ️ 2 nafar fuqaroning bolani bog'chaga joylashtirish hamda yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni eʼtirof etish yuzasidan xatlov masalasi shu joyni o'zida hal etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍2