ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🇺🇿🇺🇸 Adliya vaziri A.Tashkulov Kerolin Lemm bilan uchrashdi

📍Adliya vazirligida White & Case xalqaro yuridik firmasi hamkori, AQSH–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikning bugungi holati hamda istiqboldagi yo‘nalishlari muhokama qilindi.

🤝 Muloqot davomida xalqaro investitsiya arbitraji sohasidagi hamkorlik hamda yuridik xizmatlar bozoridagi zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.

🎓 Tomonlar yuridik ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, talabalar va yosh mutaxassislar uchun xalqaro arbitraj va investitsiya huquqi yo‘nalishlarida seminarlar, mahorat darslari hamda stajirovka dasturlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

🌐 Shuningdek, xalqaro huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6👍5🔥4
#Hamdardlik

Adliya vazirligi jamoasi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Mamadjonov Sarvarjon Soliyevich hamda uning oila a’zolariga onasi — Xosiyatxon ona Hamidovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
🙏38😢84
#Adliya_aralashgach

⚖️ Adliya aralashuvi bilan xodimning mehnat huquqlari tiklandi

🚑 Tez tibbiy yordam tizimida uzoq yillar mehnat qilgan fuqaro M.Boyquvatov ish staji uchun qonunchilikda belgilangan ustama pullari to‘lanmayotganligi yuzasidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

🔎 Murojaat adliya organlari tomonidan o‘rganilib, fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida sudga da’vo arizasi kiritildi.

👨‍⚖️ Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro foydasiga 10 million 839 ming 898 so‘m miqdoridagi mablag‘lar undirib berildi.

Natijada fuqaroning mehnat huquqlari tiklanib, qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
5🔥1
#Hamdardlik

Adliya vazirligi jamoasi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi katta maslahatchisi Kudyarova Sarbinaz Sarsenbayevna hamda uning oila a’zolariga akasi — Yesmurza Aytjanovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
1😢9🙏81
#Adliya_aralashgach

❗️Adliya aralashuvi bilan sud qarori asosida 195 mln soʻm kompensatsiya pullari undirib beriladigan bo'ldi

Rishton tumani Bo'ston MFYda yashovchi M.Sh. tuman Adliya boʻlimiga murojaat qildi.
Arizada keltirilishicha, uning turmush o'rtog'i Sh.B. nomidagi uy-joy hududdan kesib o'tuvchi Farg'ona-Qo'qon katta avtomobil yo'li chetida joylashgan.
 
Shu sababli yer maydonining bir qismi yoʻl kengayishi hisobiga Davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qo'yilgan. Ustiga ustak, olib qoʻyilgan yer maydonidagi uy-joylari hech bir qonuniy hujjatlarsiz buzib tashlangan.
 
Shu munosabat bilan fuqaro M.Sh. yetkazilgan zarar va olib qoʻyilgan yer maydoni uchun kompensatsiya pullarini undirib berishni so'rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan tuman adliya bo'limi jarayonlarni o'rganib chiqdi. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan yer maydoni hamda buzib tashlangan uy-joylarning kompensatsiya pullarini undirib berish haqida Fuqarolik ishlari boʻyicha Rishton tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritildi.


2026-yil 3-iyun kunidagi sudning hal qiluv qarori bilan fuqaro M.Sh. foydasiga 195. mln 814 ming soʻm kompensatsiya undirish to'g'risidagi hal qiluv qarori chiqarilib fuqaro murojaati qanoatlantirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥1👏1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Tarixiy lahzalar, unutilmas hissiyotlar!

34 yil davomida millionlab yurtdoshlarimiz qalbida yashagan orzu nihoyat ushaldi — O‘zbekiston Milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Bu nafaqat sportdagi yutuq, balki butun xalqimizning birdamligi, ishonchi va g‘alabasidir.

Adliya vazirligi jamoasi milliy terma jamoamizni Jahon chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildiradi.

Olg‘a, O‘zbekiston! ⚽️🇺🇿

#FIFAWorldCup #OlgʻaOʻzbekiston #BirJamoaBirMaqsad
25👏20🔥16😢5🎉4
#Adliya_xabari

❗️Qo'qon shahar musiqali drama teatrida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

🔵Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar, ijodkorlar va mutaxassislar ishtirokida mualliflik va turdosh huquqlariga nisbatan hurmat hissini uygʻotish va yanada rivojlantirish maqsadida mazkur uchrashuv tashkil etildi.

🔵Uchrashuvda ishtirokchilarga mualliflik nima, uni qanday himoya qilish kerak, asardan qanday doimiy daromad topish mumkin, plagiatga qarshi kurashish hamda plagiatning huquqiy oqibatlari, mualliflik huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik masalalari batafsil ma'lumotlar berildi.

🔵Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1080-sonli Qonuni bilan Jinoyat kodeksiga muhim o‘zgartirishlar kiritilganligi, endilikda mualliflik va turdosh huquqlarni nafaqat o‘zlashtirib olganlik, balki noqonuniy foydalanganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilanganligi yuzasidan huquqiy tushuntirish berib o'tildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥31👏1