ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚖️ Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍Toshkent shahridagi “Renessans” kino uyida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, shu jumladan mualliflik haqi bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹 Ma’lumki, joriy yil 1-iyun kuni Prezidentimiz rahbarligida madaniyat, san’at va adabiyot sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

🔹 Tadbirda Prezident Administratsiyasi vakillari, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Adliya vazirligi mas’ullari, ijodkorlar, san’at va madaniyat sohasi vakillari, huquqshunoslar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

💬 Muloqot davomida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilishning amaldagi mexanizmlari, ijodkorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mualliflik haqini hisoblash va to‘lash tizimini takomillashtirish, shuningdek, raqamli platformalarda mualliflik huquqlarini muhofaza qilish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

📝 Ishtirokchilar tomonidan amaliyotda uchrayotgan muammolar, mavjud to‘siqlar hamda qonunchilikni takomillashtirishga oid taklif va mulohazalar bildirildi. Mutaxassislar tomonidan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

📚 Ta’kidlanganidek, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning ishonchli himoya qilinishi ijodkorlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish hamda mamlakatimizning intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Ochiq muloqot mualliflik huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, ijodkorlar bilan davlat organlari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash hamda mavjud muammolarga yechimlar ishlab chiqish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

🔴 Farg‘onada yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🔹“Yoshlar kuni” munosabati bilan Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida turli tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

🔹Ochiq muloqotda yoshlar huquqiy sohadagi yangiliklar, davlat xizmatlaridan foydalanish, mehnat va ta’limga oid huquqlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldi.

🔹Shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

💡 Tadbir davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarga muvaffaqiyatli brendlar asoschilari tomonidan amaliy tajribalar ham ulashildi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni yangi g‘oyalar sari ruhlantirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍42🔥2👏2
#Adliya_xabari

🌏 O‘zbekiston delegatsiyasi CALI seminarida ishtirok etdi


📍Joriy yilning 10–11-iyun kunlari Tailand Qirolligining Bangkok shahrida Osiyo qonunchilik institutlari kengashi (CALI)ning navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari ishtirok etdi.

⚖️ Seminar doirasida Kengashga a’zo davlatlar, jumladan O‘zbekiston, Janubiy Koreya va Tailandning investitsiya sohasidagi qonunchiligi, investitsiyalarni himoya qilishning huquqiy mexanizmlari hamda mazkur yo‘nalishdagi qonunchilikni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Tadbir davomida a’zo davlatlar o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

📚 Seminar investitsiya faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasida xalqaro tajribani o‘rganish, qonunchilikni takomillashtirish va davlatlar o‘rtasidagi professional hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2👍1🔥1
#Adliya_xabari

📍Adliya vazirligi tomonidan “Chust oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi


Fargʻona vodiysining eng qadimiy goʻshalaridan biri bo‘lgan Chust nafaqat hunarmandchiligi, balki o‘ziga xos palov tayyorlash an’analari bilan ham mashhur. Bu yerda osh pishirish ko‘p asrlik tajriba, mahorat va milliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan oshpazlik san’ati hisoblanadi.

🔥 “Chust oshi” asosan ochiq havoda, baland olovda, alyumin qozonlarda tayyorlanadi. Taomning o‘ziga xos to‘q oltin-jigarrang rangi sun’iy bo‘yoqlarsiz, suyakli go‘sht va piyozning baland olovda qovurilishi natijasida hosil bo‘ladi.

🌿 Hududning o‘ziga xos mikroiqlimi, shuvoq va kiyiko‘t bilan boqilgan qora qo‘chqor go‘shti hamda Gavasoy va Kosonsoy havzalarining tabiiy yumshoq buloq suvi “Chust oshi”ning betakror ta’mi va sifatini ta’minlaydi.

⚖️ “Chust oshi”ga geografik ko‘rsatkich maqomining berilishi uning nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiladi.

Shu bilan birga, mazkur maqom mahsulot sifatining oziq-ovqat mahsulotlari uchun belgilangan davlat me’yorlariga muvofiqligini kafolatlaydi hamda hududning gastronomik brendini xalqaro miqyosda targ‘ib etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

🌍 Bugungi kunda “Chust oshi” gastronomik turizmni rivojlantirish, mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va o‘zbek milliy madaniyatini dunyoga tanitishda muhim o‘rin tutmoqda.

📝 Ma’lumot uchun: Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum bir hududga mansubligini, uning sifati, o‘ziga xos xususiyatlari yoki obro‘-e’tibori aynan shu hududning tabiiy-iqlimiy hamda ijtimoiy-madaniy omillariga bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1
#Adliya_aralashgach

💼 Adliya aralashuvi bilan fuqaroning ishdan bo‘shatish nafaqasi va kompensatsiyasi undirib berildi

⚖️ Namangan tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.A.ning ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmaganligi yuzasidan yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

🔍 Murojaatni o‘rganish davomida fuqaroning mehnat huquqlari buzilgani hamda qonunchilikda nazarda tutilgan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani aniqlandi.

📝 Holat yuzasidan adliya organlari tomonidan tegishli huquqiy choralar ko‘rilib, fuqaroning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Natijada fuqaroning ishdan bo‘shatish nafaqasi hamda to‘lovlarni kechiktirganlik uchun hisoblangan kompensatsiya mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.

📌 Adliya organlari fuqarolarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

Batafsil👈

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍1
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

💡 Yoshlar va tadbirkorlar uchrashuvi: yangi g‘oyalar sari muhim qadam

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari hamda Yuridik texnikum o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🚀 Uchrashuvda tajribali tadbirkorlar ishtirok etib, biznes-g‘oyalarni shakllantirish, startap loyihalarni yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

📈 Yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda biznesni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishning muhim jihatlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

💬 Ochiq muloqot davomida talabalar va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, amaliy tavsiyalar hamda foydali maslahatlar oldi.

Tadbir yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni innovatsion fikrlash va yangi tashabbuslarni amalga oshirishga rag‘batlantirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6👍2🔥1