ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
#Bolalar_huquqlari

Bolalar huquqlari — doimiy e’tiborda

📍Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Qashqadaryo viloyatidagi “Yosh alangachi” bolalar oromgohida bolalar va yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

⚖️ Tadbir davomida ishtirokchilarga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va bullingning salbiy oqibatlari, ularning oldini olish mexanizmlari hamda bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

💬 Ochiq muloqot davomida bolalarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

🧠 Shuningdek, huquqiy viktorina tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Faollik ko‘rsatgan bolalar rag‘batlantirildi.

Bunday tadbirlar bolalarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni o‘z huquqlarini biladigan va himoya qila oladigan shaxslar sifatida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
5👍1