ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Ayollar huquqi - doim e’tiborda

Adliya vazirligining "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi tomonidan Yangihayot tumanida ayollar huquqlari bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda xotin-qizlar, shu jumjadan ta'lim va tibbiyot xodimlari uchun joriy etilgan imtiyozlar, ularning mehnat huquqlari hamda ular uchun qonunchilikdagi so'nggi yangiliklar yuzasidan ma'lumotlar hamda qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi .

Mazkur targ'ibot tadbirlari aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda, ularni qonunchilikka oid yangiliklardan xabardor qilib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👍42😢1
#Adliya_xabari

🌍 Inklyuziv davlat xizmatlari va ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish yo‘lida

🇱🇻 Latviyada tashkil etilgan o‘quv dasturi doirasida Davlat xizmatlari markazlari huzuridagi Xotin-qizlar maslahat guruhlari ekspertlari gender tengligi, bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish hamda fuqarolarga yo‘naltirilgan xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdi.

🔹Dastur davomida Latviya Adliya vazirligida gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olish, jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari va ushbu yo‘nalishdagi huquqiy mexanizmlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.


🔹Shuningdek, bolalarni himoya qilish, inqiroz holatlarida psixologik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan yetakchi davlat va nodavlat tashkilotlar tajribasi o‘rganildi.

Olingan bilim va amaliy tajribalar O‘zbekistonda inklyuziv davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda Xotin-qizlar maslahat guruhlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

🤝 Mazkur o‘quv dasturi Yevropa Ittifoqi ko‘magida, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

❗️Yosh kadrlarga to'la adliya jamoasi 35 yillik muammoyimni sud orqali “yechib” berishdi”

Marg'ilonlik D.Ismatovaning O'zbekistonda yashayotganiga 35 yil bo'ldi. Uning 4 nafar farzandlari ham O'zbekistonda tug'ilgan.
 
-Fuqaroligim bo'lmaganligi bois, 35 yil davomida mavjud qonuniy talablarga asosan mamlakatdan tashqariga chiqmadim. Rahmatli qaynonam ham meni Tojikistonga ketib qolmasin deb, menga bu yerda barcha sharoitlarni yaratib berdi, ko'nglimga qarashdi. Xullas, meni bu mamlakatda juda yaxshi qabul qilishgan. Faqat bir armonim - qo'shnilarimga o'xshab men ham saylovlarda, referendumlarda qatnashishni orzu qilganman. Shukr, adliya vakillarining yordami bilan shu orzularim ushlanadigan bo'ldi, - deydi D. Ismoilova.

 Marg'ilon shahar adliya bo'limiga qilingan ushbu murojaat sud tartibida ijobiy hal etildi. D.Ismoilovaga fuqarolik beriladigan bo'ldi.

Davomi videolavhada...

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍32👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Farzandingiz dunyoga keldimi? Endi tug‘ilganlikni rasmiylashtirish uchun navbat kutish yoki ortiqcha vaqt sarflash shart emas.

📲 Adliya+ mobil ilovasi orqali bir necha daqiqada farzandingizning tug‘ilishini qayd ettirishingiz va tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini onlayn rasmiylashtirishingiz mumkin.

Shunchaki ilova App Store yoki Google playdan yuklab oling, ilovadan ro'yxatdan o'ting va "FHDY xizmatlari" bo'limiga kiring, “Tug‘ilishni qayd etish” xizmatini tanlang va kerakli ma’lumotlarni kiriting. Qolgan jarayonlar elektron tarzda amalga oshiriladi.

⚖️ Farzandingizning ilk huquqiy hujjati — tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish endi yanada oson!

Adliya+ — hayotingizdagi muhim voqealarni rasmiylashtirishda ishonchli yordamchi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
9🔥2
#Adliya_xabari

🎥 Jurnalist va blogerlar uchun media-trening boshlandi

📍Urganch shahrida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan 25 nafardan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirokida “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi ikki kunlik o‘quv treningiga start berildi.

🤝 Tadbir Yevropa Ittifoqi ko‘magida, BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.


📊 Trening davomida ishtirokchilar:
sun’iy intellekt vositalaridan foydalanib kontent yaratish;
raqamli hikoyachilik;
mobil jurnalistika;
faktcheking va feyk axborotlarni aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.

🤝 Trening Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etilib, media vakillarining davlat xizmatlari, raqamli transformatsiya va ochiq ma’lumotlar mavzularini sifatli yoritish bo‘yicha salohiyatini oshirishga qaratilgan.


📌 Mazkur trening davlat xizmatlari sohasidagi islohotlar va raqamli transformatsiya jarayonlarini aholiga sodda, tushunarli va fuqaroga yo‘naltirilgan shaklda yetkazish bo‘yicha media vakillarining salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6👍4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🌱 “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda

🔹Adliya organlari va muassasalarida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda.

🔹Mazkur tashabbus doirasida har oyning ikkinchi dushanba kuni hujjatlar almashinuvi va ish yuritish jarayonlarini to‘liq elektron shaklda tashkil etish, qog‘oz sarfini kamaytirish hamda ekologik madaniyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹Ekoaksiya davomida xodimlar tomonidan elektron hujjat almashinuvi tizimlaridan samarali foydalanish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

📌 “Qog‘ozsiz bir kun” tashabbusi ekologiyani asrash, zamonaviy ish yuritish tizimini rivojlantirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3👍1👏1