ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#PQ_1

❗️ Avval ta'kidlaganidek, Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh bu gal nizoli oilalar bilan ishlashda mediatsiyaning ahamiyati hamda mahalla raislarini mediatorlik kurslarida o'qitish yuzasidan o'quv seminarida ishtirok etdi.

➡️ Andijon davlat universtitetida tashkil etilgan seminarda Adliya vazirligi hamda viloyat adliya boshqarmasi mas'ullari, Mahalla uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari, viloyatdagi mahallalar raislari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirok etib, profilaktika ishlarini manzilli va samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, TDYU dotsenti, yuridik fanlar doktori A.Xaqberdiyev "Oilaviy nizolarni mediatsiya yo'li bilan hal qilish" mavzusida ma'ruza qilib, meditsiyaning ahamiyati, bugungi kunda qo'llanish sohasi hamda amaliyotdagi yangiliklar bo'yicha yig'ilish qatnashchilariga huquqiy tushunchalar berib o'tdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥2👏1
#Adliya_xabari

📍 Adliya vaziri A. Tashkulov aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdi

🔹Yashnobod tumanida aholi, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda onlayn va kiberfiribgarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

🔹Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan 30-son umumta’lim maktabida tajriba-sinov tariqasida amalga oshirilgan “Axloqiy yuksalish sari 7 qadam” loyihasining natijalari muhokama qilindi.

🔹Tadbir davomida loyiha doirasida erishilgan natijalar, yoshlar tarbiyasi va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan amaliy yondashuvlar hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

💻 Alohida e’tibor kiberfiribgarliklarning oldini olish, yoshlarni axborot xurujlari va turli firibgarliklardan himoya qilish masalalariga qaratildi.


📌 Yakunda kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish hamda “Axloqiy yuksalish sari 7 qadam” loyihasini Yashnobod tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍75
#Tayinlov

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Norboev Anvar Abdisalimovich Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Anvar Norboev 1992-yilda Samarqand viloyati Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 3-darajali adliya maslahatchisi. 2017-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Ingliz va rus tillarini biladi.

Mehnat faoliyati:

— 2017-yilda Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi 2-toifali ish yurituvchi kotibi;

— 2017–2018-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida katta maslahatchi, yetakchi maslahatchi;

— 2018–2019-yillarda Adliya vazirligi Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasida yetakchi maslahatchi, bosh maslahatchi;

— 2019–2021-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi bosh maslahatchisi;

— 2021–2023-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi islohotlar natijadorligini tahlil qilish bo‘limining bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Adliya vazirligi jamoasi Anvar Abdisalimovich Norboevni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍2810
“O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Joriy yilning 4-iyun kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Ramadan” hamda “Kiyikchi” mahallasidan biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda har bir yoshning ma’lumoti, amaliy ko‘nikmalari hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga oid maqsadlari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, ularning ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolari batafsil o‘rganildi.

Tahlillar asosida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish, malaka oshirish kurslariga jalb etish hamda manzilli amaliy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

Belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.


“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
4