ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📌 Adliya vaziri A.Tashkulov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

📍O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Yashnobod tumanidagi “Barkamol” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari, huquqiy muammolari hamda ularni qiynayotgan masalalar tinglanib, har bir murojaat yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Jami 30 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi.
🔹3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi;
🔹5 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi;
🔹18 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.

📌 Sayyor qabul davomida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

⚖️ Inson manfaatlari — eng oliy qadriyat.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍52🔥1
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

📚 O‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta’lim maktabida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘quv yili yakunlangani bilan tabriklanib, ularning kelgusidagi ta’lim yo‘li va shaxsiy rivojlanishiga oid ezgu tilaklar bildirildi.

🔹Shuningdek, yoshlarga kundalik hayotda uchraydigan huquqiy munosabatlar, o‘z huquq va majburiyatlarini bilishning ahamiyati hamda huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

⚖️ Uchrashuvda advokatlar va huquqiy yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, o‘quvchilarning savollariga javob berdi hamda bepul huquqiy maslahatlar taqdim etdi.

🎮 Tadbir doirasida Markaz tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy o‘yinlar amaliy sinovdan o‘tkazilib, o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

💬 Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, faol ishtirok etgan o‘quvchilar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📌 Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning faolligini oshirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
👍6🔥21
#Adliya_aralashgach

⚖️ Adliya aralashuvi bilan 101 nafar talabaning ta’lim olish huquqi tiklandi

🔹Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakultetining Davolash ishi va Pediatriya ishi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bir guruh talabalar kursdan-kursga qoldirilganidan norozi bo‘lib, adliya organlariga murojaat qildi.

🔹Mazkur murojaat Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan atroflicha o‘rganilib, talabalar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritildi.

🔹Sud muhokamalari natijasida universitet rektori buyrug‘ining tegishli bandlari bekor qilinib, jami 101 nafar talabaning o‘z kurslarida ta’limni davom ettirish huquqi tiklandi.

🎓 Mazkur holat yoshlarning ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini qaror toptirish yo‘lidagi amaliy ishlarning yana bir natijasi bo‘ldi.

📌 Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
8👍5🎉1
#Adliya_xabari

⚖️ Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

📍Qamashi tumanining Chim mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash hamda ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida fuqarolarga murojaatlar bilan ishlash tizimi, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda notinch oilalar bilan ishlash masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔹Shuningdek, sayyor qabulda 50 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.

Qabul davomida 16 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi, 8 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.

📝 Qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan 21 ta murojaat belgilangan tartibda ish yurituviga olinib, ijrosi nazoratga qo‘yildi.

📌 Bunday sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
👍43