ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1👏1
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Adliya vaziri A.Tashkulov ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta'minlash, aholi muammolarini o'rganish hamda bandlikni ta'minlash maqsadida Yashnobod tumani “Barkamol” MFYda sayyor qabul bo’lib o’tmoqda.
👍82
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni

❗️Marg‘ilon shahridagii "Hunarmandlar markazi" da "Rahbar va yoshlar " uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda

Tadbirda hunarmand yoshlarga qonunchilikdagi mavjud imkoniyatlar, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6🔥3👏2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahalla_huquqshunosi

“Mahalla huquqshunosi”
loyihasi

Navbatdagi manzil: Namangan viloyati, Pop tumani, “Mustaqillik” mahallasi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥3
#Tayinlov

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Kudratov Inomjon Sattorqulovich Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Inomjon Kudratov 1978-yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetini, 2003-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

— faoliyatini 1997-yilda Sirdaryo viloyati Texnologik jihozlash boshqarmasi huquqshunosi lavozimida boshlagan.

— 2007–2009-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Notariat, FHDY va advokatura bo‘limining yetakchi maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i;

— 2009–2010-yillarda Adliya vazirligi Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasining yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi;

— 2010–2012-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va FHDY organlari bo‘limi boshlig‘i;

— 2012–2015-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;

— 2015–2017-yillarda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – advokatura bo‘limi boshlig‘i;

— 2017–2020-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;

— 2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi, qo‘mita raisining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Tayinlovga qadar (2025-yildan) Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Adliya vazirligi jamoasi Inomjon Kudratovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍218😢1
#Tayinlov

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Zohidov Jahongir Erkinovich Adliya vazirligi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Jahongir Zohidov 1987-yilda Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 2-darajali adliya maslahatchisi. 2011-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

— 2012-yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasida ish yurituvchi;

— 2013–2016-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limida katta maslahatchi, yetakchi maslahatchi;

— 2016–2018-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi;

— 2018-yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i;

— 2018–2020-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i;

— 2020–2023-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

— 2023–2024-yillarda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Tayinlovga qadar (2024-yildan) Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Adliya vazirligi jamoasi Jahongir Erkinovich Zohidovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍372👏1
#Tayinlov

Toshkent shahar adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Sodikov Ulugbek Igamberdiyevich Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Ulugbek Sodikov 1986-yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2006-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

— 2007–2008-yillarda Adliya vazirligi Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasida 2-toifali ish yurituvchi kotib;

— 2008–2017-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida katta maslahatchi, bosh maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i;

— 2017–2019-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

— 2019–2020-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i;

— 2020–2022-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Tayinlovga qadar (2022-yildan) Adliya vazirligi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Adliya vazirligi jamoasi Ulugbek Sodikovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍46🔥1311👏4
#yoshlar_kuni

⚖️ Yoshlar murojaatlari va takliflari e’tibor markazida


📍“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Namangan tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berishga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Ochiq muloqotda kredit va subsidiya olish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kasb-hunar egallash, uy-joy hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

🔹Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari, mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berilib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar bildirildi.

Tadbir davomida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa mas’ul tashkilotlar nazoratiga olindi.

🎓 Shuningdek, joriy yilda oliy ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlar bilan alohida uchrashuv o‘tkazilib, ularning bandligini ta’minlash, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar yuzasidan tavsiyalar berildi.

📌 Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
3
Forwarded from Rasmiy axborot
“Strategik maqsadimiz – 2030-yilga qadar yurtimiz reytingini investitsiyaviy darajaga olib chiqish”
– Saida Mirziyoyeva


⚡️ Global beqarorlik va moliya bozorlaridagi noaniqliklarga qaramay, Prezidentimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xalqaro maydonda yuksak e’tirof etilmoqda.

“Ushbu o‘zgarishlarni xalqaro hamkorlarimiz e’tirof etayotgani biz uchun alohida ahamiyatga ega. “Fitch” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga yaxshiladi.

Bu xalqaro investorlar tomonidan mamlakatimizga bildirilgan yuksak ishonch belgisidir. Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish bo‘yicha ishchi guruh rahbari sifatida alohida ta’kidlamoqchimanki, biz hamkorlarimiz bilan faol aloqalarni davom ettiramiz”, -
deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


Mazkur qaror O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorligi, olib borilayotgan islohotlarning natijadorligi va mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi tobora ortib borayotganining yana bir xalqaro e’tirofi bo‘ldi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ADOLAT MEZONI" KO‘RSATUVI
👍2🔥1
#Adliya_xabari

📌 Adliya vaziri A.Tashkulov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

📍O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Yashnobod tumanidagi “Barkamol” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari, huquqiy muammolari hamda ularni qiynayotgan masalalar tinglanib, har bir murojaat yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Jami 30 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi.
🔹3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi;
🔹5 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi;
🔹18 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.

📌 Sayyor qabul davomida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

⚖️ Inson manfaatlari — eng oliy qadriyat.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍52🔥1