ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

🔹Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Bitiruvchi yoshlar — Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida bitiruvchi talabalar hamda ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish hamda amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Adliya vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔹Mazkur memorandum tomonlar o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, kadrlar tayyorlash, amaliyot va malaka oshirish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

📌 Adliya vazirligi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda malakali kadrlarni tayyorlash borasidagi tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2👏1
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Toshkent_shahar

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

🔹Bugun Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi 4-majlisi tashkil etildi.

🔹Unda Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi, hududiy kengash a’zolari, tuman hokimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🔹Yig‘ilish davomida “E-qaror” tizimi orqali qabul qilingan qarorlar yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan axborot taqdim etildi.

🔹Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

📌 Majlis yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolar hamkorligini yanada mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42
⚖️ Advokatlar hamjamiyatida “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi

🔹Bugun O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Adliya vazirligi hamda advokatlar hamjamiyati vakillari ishtirokida “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va uni amaliyotda qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Savol-javob shaklida tashkil etilgan muloqot davomida jismoniy va yuridik shaxslarni sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topish tartibida uchrayotgan ayrim tizimli muammolar, ularning huquqiy oqibatlari hamda mavjud masalalarni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, uchrashuvda advokatlik faoliyatini yanada takomillashtirish, yosh advokatlar salmog‘ini oshirish, sohaga malakali kadrlarni keng jalb etish hamda advokatura institutining jozibadorligini kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

📌 Tadbir davomida amaldagi qonunchilik hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan ilgari surilgan asoslantirilgan takliflar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Jizzax viloyatida “Namunali adliya bo‘limi” loyihasi doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

🔹Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublikaning har bir hududidan bittadan adliya bo‘limi tanlab olinib, ularda “Namunali adliya bo‘limi” loyihasi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

🔹Mazkur loyiha doirasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, adliya bo‘limlarida qulay va zamonaviy muhit yaratish, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda huquqiy targ‘ibotning samarali va proaktiv shakllarini keng qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹Hozirda ushbu loyiha Baxmal tuman adliya bo‘limida amalga oshirilib, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

🔹Shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini uyg‘unlashtirish, faoliyat samaradorligini oshirish hamda tashabbuslarni amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan aniq tavsiya va mexanizmlar ishlab chiqilmoqda.

📌 “Namunali adliya bo‘limi” loyihasi aholiga yanada sifatli va zamonaviy huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍1