ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Plagiat uchun qanday jazo bor?

Ijod mahsuloti kimga tegishli? Mualliflik huquqi qachon paydo boʻladi va uni qanday himoya qilish mumkin? “Uzreport” TVda “Huquqiy nigoh”ning navbatdagi sonida intellektual mulk, mualliflik huquqi buzilishi, plagiat, kontentdan qonuniy foydalanish hamda ijodkorlarning huquqiy himoyasi haqida soʻz bor bordi.

#MualliflikHuquqi #IntellektualMulk #IjodHimoyasi #Plagiat #Copyright #UzbekYoutube

📹Toʻliq video👉🏻 https://youtu.be/96kRuovanv0?si=KePRyIk-wBBBU6F9
https://www.facebook.com/share/v/18jHLX5egD/
🔥4👍31
#Adliya_xabari

Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi

🟢Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 22-may kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 17 nafar (2 nafari onlayn tarzda) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarining notariat, advokatura, mehnat qonunchiligi, tadbirkorlik faoliyati, davlat xizmatlari va kadastr masalalariga oid murojaatlari tinglandi.


🟢Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 4 tasi joyida hal etilib huquqiy tushuntirish berildi. 13 ta murojaat esa ijro uchun qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🟢Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥2
#Adolat_sayli

Nukus shahrida “Adolat sayli” tadbiri o‘tkazildi


🔹Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-fevraldagi PQ–70-son qarori ijrosini ta’minlash, "Qizilqum" mahallasini namunaviy mahallaga aylantirish, aholini yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatidan xabardor qilish hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

🔹Sayl davomida aholiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish, huquqiy maslahat olish, advokat, notarius, mediator va psixolog xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.

🔹Tadbir doirasida 22 ta davlat tashkiloti tomonidan sayyor qabul o‘tkazilib, 48 ta murojaat qabul qilindi hamda 67 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi.

📌 “Adolat sayli” aholining huquqiy muammolarini joyida o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va davlat organlari bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍51