ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adolat_sayli
#Adliya_xabari

🔴 Taxtako‘pir tumanida “
Adolat sayli” huquqiy loyihasi doirasida keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etildi

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir tumanida “Adolat sayli” huquqiy loyihasi doirasida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni rivojlantirish hamda ijtimoiy profilaktikani kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirning ochilish marosimida tuman hokimligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi rahbariyati ishtirok etib, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va xalq bilan ochiq muloqotni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

🔹Adolat sayli” doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi, “Rangli surat” loyihasi, maktab o‘quvchilarining hunarmandchilik va qo‘l mehnati ko‘rgazmalari, “Salomatlik uchun besh ming qadam” aksiyasi tashkil etildi.

🔹Shuningdek, fuqarolar uchun sayyor sud va sayyor qabullar o‘tkazilib, bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi hamda aholining murojaatlari tinglanib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

🔹Tadbir davomida FHDY bo‘limi tomonidan fuqaroga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi. Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlari esa tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

🔹Yakunda faol ishtirok etgan yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, madaniyat xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3🔥2