ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🔴 Buxoroda mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

🔹Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari rahbarligidagi Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi yuzasidan Buxoro viloyatida olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

🔹Jumladan, shtab a’zolari tomonidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga biriktirilgan Vobkent tumanidagi “Cho‘rikalon” mahallasida adliya organlari hamda mahalla “yettiligi” vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Muloqot davomida jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan ijtimoiy va oila-turmush munosabatlariga oid muammolarni bartaraf etish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, yoshlar, ayollar va ishsiz fuqarolar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, mahalla faollarining mediatsiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

📌 Tadbir yakunida “mahalla yettiligi” a’zolarining mas’uliyatini oshirish hamda hududlarda osoyishtalik va xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1👍1
#yoshlar

🔴 Navbahorda yoshlar bilan sayyor qabul tashkil etildi

🔹Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi “Yoshlar markazi”da yoshlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Qabul davomida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda imtiyozli kreditlar ajratish masalalari yuzasidan amaliy yechimlar muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, yoshlarning murojaatlarini nazoratga olish, bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📌 Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini manzilli hal etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1
#Adliya_xabari

“Huquqiy o‘yinlar” loyihasi Prezident e’tiborida

🔹Prezident Shavkat Mirziyoyev “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi doirasida saralab olingan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

🔹Mazkur loyihalar orasida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tashabbusi bilan yaratilgan 14 ta interaktiv “Huquqiy o‘yinlar” ham o‘rin oldi.

🔹Ushbu o‘yinlar 7 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga huquqiy bilimlarni sodda, qiziqarli va zamonaviy usulda o‘rgatishga qaratilgan bo‘lib, yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

🔹Davlatimiz rahbari tashabbuslarning amaliy natijasiga alohida e’tibor qaratib, har bir loyiha odamlar uchun foydali, hayotiy va iqtisodiy samara beradigan yechimga aylanishi zarurligini ta’kidladi.

📌 Mazkur loyiha bolalarga huquqiy bilimlarni innovatsion yondashuv asosida yetkazish borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
#Adliya_hudud

🔴 Uzun tumanida sayyor qabul va mehnat yarmarkasi tashkil etildi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini o‘rganish hamda bandlikni ta’minlash maqsadida hududlarda manzilli ishlar davom ettirilmoqda.

🔹Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Uzun tumanining “Do‘stlik” mahallasida sayyor qabul hamda mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning huquqiy muammolari yuzasidan amaliy yordam va huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ish izlovchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda bandlik imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

🔹Ochiq muloqot jarayonida ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Bunday tadbirlar aholining muammolarini joyida hal etish, fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda ularning bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍31
#Adolat_sayli

Qorao‘zak va Amudaryo tumanlarida “Adolat sayli” tadbirlari bo‘lib o‘tdi

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak hamda Amudaryo tumanlarida “Adolat sayli” huquqiy loyihasi doirasida keng qamrovli tadbirlar tashkil etildi.

🔹Tadbirlarning tantanali ochilish marosimida mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda davlat organlari bilan xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni kuchaytirish borasidagi islohotlar alohida ta’kidlandi.

🔹“Adolat sayli” doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi, “Rangli surat” loyihasi, maktab o‘quvchilarining qo‘l mehnati va hunarmandchilik ko‘rgazmalari hamda “Salomatlik uchun besh ming qadam” loyihalari tashkil etildi.

🔹Shuningdek, sayyor sud va sayyor qabullar o‘tkazilib, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi hamda bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

🔹Tadbir davomida FHDY bo‘limi tomonidan bir nafar fuqaroga farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi topshirildi. Yoshlar uchun tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlari esa tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

🔹Yakunda faol ishtirok etgan yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, madaniy konsert dasturi namoyish etildi.

📌 “Adolat sayli” aholining huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlar faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar muammolarini joyida hal etishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot